РУССКИЙ  |  O'ZBEKCHA  |  ENGLISH                          

       O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING 2015 YIL 6 MARTDAGI 2313-PQ-SONLI YILLARDA QARORI TASDIQLANGAN TADBIRLARI IJROSI BO’YICHA MA’LUMOT

21
Iyun 2016
1257 marta ko'rildi

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING 2015 YIL 6 MARTDAGI 2313-PQ-SONLI YILLARDA QARORI TASDIQLANGAN TADBIRLARI IJROSI BO’YICHA MA’LUMOT

Mamlakatimizda transport kommunikatsiyalari, zamonaviy telekommunikatsiya tizimlarini rivojlantirish, muhandislik-infratuzilma ob‘ektlarini barpo etish bo‘yicha izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Mamlakatimiz Prezidentining bugungi kundagi odilona siyosati, hususan “Sog‘lom ona va bola yili” davlat dasturi doirasida Respublika aholisi turmush darajasini oshirish, yashash uchun munosib turar joy, ijtimoiy-maishiy infratuzilmani yaratish, yangi turar joy binolarini qurish, zamonaviy yo‘llarni va muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish borasida izchil chora-tadbirlar ko‘rilmoqda.

Bugungi kunda, Prezidentimiz tomonidan mamlakatimizda ijtimoiy, transport va muhandislik infratuzilmasini rivojlantirish, shaharlarning arxitekturaviy-rejali qurilishini tubdan yangilash kompleks chora-tadbirlari dasturini belgilab beradigan “2015 – 2019 yillarda injenerlik-kommunikatsiyasi va yo‘l-transport infratuzilmalarini modernizatsiyalash va rivojlantirish dasturi to‘g‘risida” gi Qarori (06.03.2015 yil, PQ-2313-sonli) qabul qilingan.

Mazkur dastur avtomobilь yo‘llarini qurish va rekonstruktsiya qilish, temir yo‘l va havo transportini yanada rivojlantirish, elektr va suv ta‘minoti tizimlarini modernizatsiyalash, iqtisodiyot tarmoqlariga ilg‘or axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish kabi keng ko‘lamli maqsad va vazifalarni qamrab olgan.

Dastur doirasida 4,0 ming.km.dan ziyod xo‘jaliklararo yo‘llar, qariyb 2,0 ming.km. shahar, qishloq va tuman markazlari ko‘chalari ta‘mirlanishi rejalashtirilgan.

Prezidentimiz qarori bilan tasdiqlangan Dasturlar ijrosini sifatli bajarilishini ta‘minlash maqsadida, 2016 yil davlat byudjeti parametrlarida mahalliy hokimliklar balansida bo‘lgan ichki yo‘llarni mukammal va joriy ta‘mirlash ishlari uchun 
jami 141,2 mlrd.so‘m mablag‘ ajratish ko‘zda tutildi.

Bugungi kunda, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shaxar hokimliklari ichki yo‘llarni ta‘mirlash ishlariga mutasaddi idoralar, loyiha institutlari, davlat ekspertizasining hududiy boshqarmalari bilan birgalikda 2016 yil davlat byudjeti parametrlarida ko‘zda tutilgan mablag‘lar doirasida jami 1 363,7 km.uzunlikdagi ichki yo‘llarni ta‘mirlash bo‘yicha manzilli ro‘yxatlar shakllantirib, Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda tasdiqlandi.

2015-2019 yillarda muhandislik-kommunikatsiya va yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirish va modernizatsiya qilish dasturi pirovard natijada mamlakatimiz sanoat salohiyatini va aholi farovonligini yanada oshiradi.
 

Oxirgi o'zgartirish Seshanba, 21 Iyun 2016 16:35

Izoh qoldiring

Make sure you enter the (*) required information where indicated. HTML code is not allowed.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

Ishonch telefoni bo'yicha murojaatlar statistikasi

Paris

Vazirlikka kelgan xatlar holatini ko'rish

Yangiliklar taqvimi

« Aprel 2020 »
Dush Sesh Chor Pay Jum Shan Yak
    1 2 3 4 5
6 7 8 9 10 11 12
13 14 15 16 17 18 19
20 21 22 23 24 25 26
27 28 29 30      

Axborot-hisoblash markazining tezkor aloqa raqami (0-371) 202 03 02

Moliya vazirligi Axborot-hisoblash markazining "UzASBO va "DMBAT" dasturiy majmualari bo'yicha "Tezkor aloqasi"

Statistika

Hozir birgina mehmon va ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchi yo'q saytda

Arxiv

Ishonch telefonlariga bo'lgan qo'ng'iroqlarni baholash statistikasi

Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, sichqoncha bilan belgilab, administratorni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

© 2020 O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan olingan
ma'lumotlardan foydalanilganda O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining rasmiy veb sayti 
www.mf.uz ko‘rsatilishi shart. Saytni ishlab chiqish va qo'llab-quvvatlash Moliya vazirligi AHM tomonidan amalga oshiriladi

Our website is protected by DMC Firewall!