РУССКИЙ  |  O'ZBEKCHA  |  ENGLISH                          

       O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil  18 dekabrdagi PQ-2450 sonli qarorini ijro etish va bajarish bo'yicha

28
Yan 2016
514 marta ko'rildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil  18 dekabrdagi PQ-2450 sonli qarorini ijro etish va bajarish bo'yicha

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 18 dekabrdagi PQ-2450 sonli “Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari tarkibini yanada takomillashtirish va xodimlari sonini optimallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorini so‘zsiz bajarish maqsadida vazirliklar, idoralar va xo‘jalik birlashmalarida davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari tomonidan yangi shtat jadvali tuzilganada, xodimlar soni Prezident qarorida belgilangan sonidan oshmagan holda tasdiqlash kerak.

Qarorga asosan uch kun muddat ichida vazirlik, idora va xo‘jalik birlashmalarida xodimlarni qisqartirish komissiyasini tashkil etish, 2016 yil 1 yanvardan qisqartirilayotgan lavozimlar ro‘yxatini tasdiqlash va ushbu xodimlar belgilangan tartibda ogohlantirilishi zarur. Vazirliklar va idoralar o‘ziga bo‘ysunuvchi tashkilotlar bo‘yicha qisqartirilishi lozim bo‘lgan xodimlar sonini belgilab, o‘rnatilgan tartibda yuqori turuvchi tashkilotning tegishli bo‘yrug‘ini chiqarishi kerak.

2016 yilning 1 martigacha qisqartirilgan lavozimlar bilan bog‘liq xodimlar majburiyatlari bo‘yicha lavozim yo‘riknomalariga tegishli o‘zgartirishlar kiritish va qayta tasdiqlash belgilangan. Ya‘ni har bir tuzilma bo‘linmasining rahbari tomonidan bo‘ysunuvchi xodimlarning funktsional lavozim majburiyatlarini qayta ko‘rib chiqib, qisqargan lavozimga biriktirilgan ish hajmini aniqlab qolgan lavozimlarga taqsimlab, tuzilma bo‘linmasining lavozim majburiyatlarini rahbar yoki rahbar o‘rinbosari tomonidan tasdiqlashi va har bir xodimi o‘z lavozim majburiyatlari bilan belgilangan tartibda tanishtirilishi lozim.

Mazkur qaror bilan oshqaruv xodimlarining belgilab qo‘yilgan cheklangan sonini davlat va xo‘jalik boshqaruv organlarining tomonidan rioya qilinishi ustidan doimiy monitoring Moliya vazirligi va Davlat statistika qo‘mitasiga yuklatilgan bo‘lib, monitoring natijalari to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga axborot taqdim etish belgilangan. Ushbu topshiriqni bajarish maqsadida davlat va xo‘jalik boshqaruv organlarining tomonidan har yili 20 yanvargacha va har chorakda hisobot davridan keyingi oyning 15 sanasigacha kechikmasdan Moliya vazirligiga taqdim qilishi shart.

Afsuski ko‘p holatlarda davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari tomonidan ushbu ma‘lumotlar kechiktirib beriladi yoki umuman yo‘naltirmaydi. Moliya vazirligi tomonidan ushbu ma‘lumotlarni bermagan idora va tashkilotlarni ro‘yxatlarini Vazirlar Mahkamasiga berishga majbur. 

Shuning uchun ushbu holatlarni takrormasligini oldini olish uchun ma‘lumotlarni tayyerlash va Moliya vazirligiga yo‘naltirish bo‘yicha bitta javobgar xodimning lavozim majburiyatiga kiritib, mazkur topshiriqni bajarmagan holda intizomiy jazo choralarni qo‘llashni xamda Vazirlar Mahkamasiga ushbu qullangan choralar to‘g‘risida ma‘lumot berishni taklif qilamiz.

Qulaylik uchun va qog‘ozni tejash maqsadida, davlat va xo‘jalik boshqaruv organlar raxbarlari elektron raqamli imzosi mavjud bo‘lsa, ushbu hisobotlarni elektron shaklida Moliya vazirligiga jo‘natish mumkin.

Shu masala bilan bog‘liq barcha savollar bo‘yicha Moliya vazirligining mas‘ul xodimi Rustam Ergashevga murojaat qilish mumkin:

Elektron pochta: Этот адрес электронной почты защищен от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра. 

Telefon: (+998 71) 239-13-37, faks: (+998 71) 239-15-30

Izoh qoldiring

Make sure you enter the (*) required information where indicated. HTML code is not allowed.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

Ishonch telefoni bo'yicha murojaatlar statistikasi

Paris

Vazirlikka kelgan xatlar holatini ko'rish

Yangiliklar taqvimi

« Aprel 2020 »
Dush Sesh Chor Pay Jum Shan Yak
    1 2 3 4 5
6 7 8 9 10 11 12
13 14 15 16 17 18 19
20 21 22 23 24 25 26
27 28 29 30      

Axborot-hisoblash markazining tezkor aloqa raqami (0-371) 202 03 02

Moliya vazirligi Axborot-hisoblash markazining "UzASBO va "DMBAT" dasturiy majmualari bo'yicha "Tezkor aloqasi"

Statistika

Hozir 394 mehmonlar va ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchi yo'q saytda

Arxiv

Ishonch telefonlariga bo'lgan qo'ng'iroqlarni baholash statistikasi

Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, sichqoncha bilan belgilab, administratorni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

© 2020 O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan olingan
ma'lumotlardan foydalanilganda O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining rasmiy veb sayti 
www.mf.uz ko‘rsatilishi shart. Saytni ishlab chiqish va qo'llab-quvvatlash Moliya vazirligi AHM tomonidan amalga oshiriladi

DMC Firewall is developed by Dean Marshall Consultancy Ltd