РУССКИЙ  |  O'ZBEKCHA  |  ENGLISH                          

       O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGIDA EVROPA TIKLANISH VA TARAQQIYOT BANKI DELEGATSIYASI BILAN UCHRASHUV BO’LIB O’TDI

27
Sen 2018
493 marta ko'rildi

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGIDA EVROPA TIKLANISH VA TARAQQIYOT BANKI DELEGATSIYASI BILAN UCHRASHUV BO’LIB O’TDI

Concrete

Joriy yilning 27 sentyabr kuni O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligida Evropa tiklanish va taraqqiyot banki (ETTB) delegatsiyasi bilan uchrashuv bo’lib o’tdi.

Uchrashuvda Evropa tiklanish va taraqqiyot banki (ETTB) bilan hamkorlikning bugungi holati va istiqbollari muhokama qilindi. Ta’kidlanganidek, O’zbekiston va ETTB o’rtasida hamkorlik rivojlanib bormoqda. Xususan, 2017 yilning 16 mart va 2018 yilning 1 avgust kunlarida O’zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev Evropa tiklanish va taraqqiyot banki prezidenti Suma Chakrabartini ikki bor qabul qildi. Muloqotlarda O’zbekiston va ETTB o’rtasidagi o’zaro manfaatli hamkorlik yuksak sur’atlar bilan rivojlanib borayotganini mamnuniyat bilan qayd etdi.

Oliy darajadagi mazkur muloqotlarning samarasi o’laroq 2017 yilning noyabr oyida Toshkent shahrida bank vakolatxonasi o’z faoliyatini qayta tikladi. Hozirda mamlakatimiz hududlarida uning filiallarini tashkil etish ko’zda tutilgan. O’tgan davrda mazkur bank tomonidan mamlakatimizda tadbirkorlikni rivojlantirishga qaratilgan loyihalarni moliyalashtirish uchun umumiy qiymati 190 million dollardan ortiq kredit liniyalari ajratildi.

Ayni payda ETTB ekspertlari mamlakatimizda xorijiy moliyaviy institutlar ishtirokidagi investitsiya loyihalarini tayyorlash va hayotga tatbiq etish samaradorligini oshirishga qaratilgan yangi tartibni ishlab chiqishda faol ishtirok etdi. O’zbekiston Respublikasi bilan Evropa tiklanish va taraqqiyot banki o’rtasida hamkorlik to’g’risida memorandum va Tabiatni muhofaza qilish sohasiga texnik ko’maklashish loyihasini amalga oshirish bo’yicha bitim imzolandi.


Uchrashuvda hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Xususan, Evropa tiklanish va taraqqiyot banki bilan hamkorlikda qonunchilik bazasi mustahkamlash, davlat va xususiy sektor hamkorligi mexanizmlarini joriy etish, O’zbekiston milliy qonunchiligini amalga oshirishga moslashish maqsadida tadqiqotlar o’tkazish bo’yicha “Yo’l xaritasi”ni ishlab chiqish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, davlat xususi sherikchilik mexanizmlarini takomillashtirish, borasida fikr almashildi.

Moliya vazirligi
Matbuot xizmati

Oxirgi o'zgartirish Payshanba, 27 Sentyabr 2018 18:47

Izoh qoldiring

Make sure you enter the (*) required information where indicated. HTML code is not allowed.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

Ishonch telefoni bo'yicha murojaatlar statistikasi

Paris

Vazirlikka kelgan xatlar holatini ko'rish

Yangiliklar taqvimi

« Dekabr 2019 »
Dush Sesh Chor Pay Jum Shan Yak
            1
2 3 4 5 6 7 8
9 10 11 12 13 14 15
16 17 18 19 20 21 22
23 24 25 26 27 28 29
30 31          

Axborot-hisoblash markazining tezkor aloqa raqami (0-371) 202 03 02

Moliya vazirligi Axborot-hisoblash markazining "UzASBO va "DMBAT" dasturiy majmualari bo'yicha "Tezkor aloqasi"

Statistika

Hozir 513 mehmonlar va ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchi yo'q saytda

Arxiv

Ishonch telefonlariga bo'lgan qo'ng'iroqlarni baholash statistikasi

Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, sichqoncha bilan belgilab, administratorni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

© 2019 O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan olingan
ma'lumotlardan foydalanilganda O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining rasmiy veb sayti 
www.mf.uz ko‘rsatilishi shart. Saytni ishlab chiqish va qo'llab-quvvatlash Moliya vazirligi AHM tomonidan amalga oshiriladi

DMC Firewall is a Joomla Security extension!