РУССКИЙ  |  O'ZBEKCHA  |  ENGLISH                          

       O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGIDA AQSHNING WILLIAMS COLLEGE DELEGATSIYASI BILAN UCHRASHUV BO’LIB O’TDI

27
Sen 2018
569 marta ko'rildi

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGIDA AQSHNING WILLIAMS COLLEGE DELEGATSIYASI BILAN UCHRASHUV BO’LIB O’TDI

Concrete

Joriy yilning 27 sentyabr kuni O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligida AQShning Williams Collegening Reychel Jey Luiz boshchiligidagi delegatsiyasi bilan uchrashuv bo’lib o’tdi.

Uchrashuvda ta’kidlanganidek, O’zbekistonda keyingi yillarda Prezident Shavkat Mirziyoev tomonidan iqtisodiyot tarmoqlari uchun malakali kadrlarni tayyorlash, katta ilmiy salohiyatga ega olimlar, mutaxassislar va iste’dodli yoshlarni qo’llab-quvvatlash borasida keng ko’lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Bu boradagi aniq va ustuvor vazifalar davlatimiz rahbarining 2017 yil 7 fevraldagi “O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasi to’g’risida”gi Farmonida belgilab qo’yilgan.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev tomonidan 2018 yilning 25 sentyabr kuni imzolangan “O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish bo’yicha “El-yurt umidi” jamg’armasi faoliyatini tashkil etish to’g’risida”gi Farmon bu ishlarni sifat jihatdan yangi bosqichga ko’tarishda muhim hujjat bo’ldi.

O’zbekiston malakali mutaxassislar tayyorlash borasida xorijning etakchi ta’lim muassasalari bilan ham samarali hamkorlik olib borilmoqda. Buni O’zbekistonda bir qator etakchi universitet va institutlarning filiallari ochilgani, shuningdek, qo’shma fakultetlar tashkil etilayotgani ham ko’rsatib turibdi.

Malakali kadrlar tayyorlash borasida O’zbekiston AQShning Williams College bilan ham hamkorlikni yo’lga qo’ygan. Jumladan, 2000 yildan beri o’zbekistonlik 11 nafar mutaxassis ushbu ta’lim muassasasida bilim va malakasini oshirdi.

Uchrashuvda Reychel Jey Luiz xonim 2019 iyun oyidan 2020 yil avgust oylari mobaynida Williams College magistrlik dasturida o’qitish bo’yicha maxsus dastur haqida batafsil ma’lumot berdi.

Concrete

Reychel Jay Luiza xonimning aytishicha, ushbu tashrif kelajakda malakali iqtisodchi va moliyachilar tayyorlash borasidagi hamkorlikni yanada kengaytirishga qaratilgan. Bu esa O’zbekistonning iqtisodiy sektorini yanada rivojlantirishga uchun xizmat qiladi.

Uchrashuvda Williams College magistrlik dasturida ishtirok etadigan nomzodlar, ularga qo’yiladigan talablar, nomzodlarning bilim va malakasini aniqlash borasida o’tkaziladigan sinovlar haqida ma’lumot berildi.

Ma’lumot uchun: Williams Collegega 1793 yilda AQShning Massachusets shtatida asos solingan. Ushbu ta’lim muassasasida ta’lim uch yo’nalishda olib boriladi: gumanitar fanlar, tabiiy va ijtimoiy fanlar. Forbes jurnali mazkur kollejni AQShning eng yaxshi kollejlari orasida 9-o’ringa qo’ygan.

Moliya vazirligi
Matbuot xizmati

 

Oxirgi o'zgartirish Payshanba, 27 Sentyabr 2018 19:10

Izoh qoldiring

Make sure you enter the (*) required information where indicated. HTML code is not allowed.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

Ishonch telefoni bo'yicha murojaatlar statistikasi

Paris

Vazirlikka kelgan xatlar holatini ko'rish

Yangiliklar taqvimi

« Dekabr 2019 »
Dush Sesh Chor Pay Jum Shan Yak
            1
2 3 4 5 6 7 8
9 10 11 12 13 14 15
16 17 18 19 20 21 22
23 24 25 26 27 28 29
30 31          

Axborot-hisoblash markazining tezkor aloqa raqami (0-371) 202 03 02

Moliya vazirligi Axborot-hisoblash markazining "UzASBO va "DMBAT" dasturiy majmualari bo'yicha "Tezkor aloqasi"

Statistika

Hozir 385 mehmonlar va ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchi yo'q saytda

Arxiv

Ishonch telefonlariga bo'lgan qo'ng'iroqlarni baholash statistikasi

Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, sichqoncha bilan belgilab, administratorni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

© 2019 O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan olingan
ma'lumotlardan foydalanilganda O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining rasmiy veb sayti 
www.mf.uz ko‘rsatilishi shart. Saytni ishlab chiqish va qo'llab-quvvatlash Moliya vazirligi AHM tomonidan amalga oshiriladi

DMC Firewall is developed by Dean Marshall Consultancy Ltd