РУССКИЙ  |  O'ZBEKCHA  |  ENGLISH                          

       O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI VA ISLOM TARAQQIYOT BANKI (ITB) HAMKORLIK REJALARI

19
Sen 2018
1116 marta ko'rildi

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI VA ISLOM TARAQQIYOT BANKI (ITB) HAMKORLIK REJALARI

Concrete

Moliya vazirligida Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari, Moliya vaziri Jamshid Qoʻchqorov va ITB Guruhi hamda Arab muvofiqlashtiruvchi guruhi (AMG) delegatsiyasi oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi. 

ITB prezidenti mamlakatimizda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev rahbarligida amalga oshirilayotgan oʻzgarishlar va ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarga yuqori baho berdi.

Bandar Asad al-Hajar oʻz nutqida: “Islom taraqqiyot banki va mening kasbdoshlarim nomidan minnatdorchilik izhor etib, bizni eʼtirofimiz va Oʻzbekiston bilan hamkorlikka sodiqligimizni taʼkidlashni istardim. Bizning tashrifimiz maqsadi aloqalarni yanada mustahkamlashtirishdir.

Concrete

Biz ITB guruhi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasidagi  loyihalarni moliyalashtirishni boshlangandan soʻng jami portfel qiymati 1,9 mlrd. AQSh dollarini tashkil etganidan mamnunmiz. Moliyalashtirish mamlakat hayotining barcha sohalarini o'z ichiga oladi:  qishloq xoʻjaligi, uy-joy va yoʻl qurilishi, suv taʼminoti, taʼlim va koʻplab boshqa sohalar. Bizni qiziqtirgan va ishonchga asoslangan uzoq muddatli va manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirishga ishonamiz”, – deb taʼkidlab oʻtdi.

Joriy yilning 18 sentyabr kuni Islom taraqqiyot banki va O'zbekiston hukumati o’rtasida 2018-2021 yillar davomida 1,3 milliard dollar mablagʻ ajratiladigan Hamkorlik strategiyasi imzolandi.

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligida boʻlib oʻtgan uchrashuvda delegatsiya aʼzolariga oldinda turgan ishbilarmonlik va investitsiya muhiti yanada yaxshilashga qaratilgan iqtisodiy islohotlar, soliq tizimini rivojlantirish, xususiy tadbirkorlikni qoʻllab quvvatlash, shuningdek davlat xususiy hamkorligini rivojlantirishga haqida reja va vazifalar haqida maʼlumot berildi.

Delegatsiya aʼzolari amalga oshirilayotgan islohotlar, jumladan qonunchilikni rivojlantirish, xususiy sektorga imtiyoz va preferensiyalar berilishi muhimligini taʼkidladilar. Bu oʻz oʻrnida Oʻzbekistonning investitsion jozibadorligini oshirib,  mamlakatning iqtisodiy oʻsishiga turtki beradi.
 

Concrete

Tashrif yakunida tomonlar uchrashuvning yuqori mahsuldorligini qayd etib, oʻzaro manfaatli hamkorlikni davom ettirish va mustahkamlash niyatida ekanliklarini taʼkidladilar.

Ma'lumot uchun: Islom taraqqiyot banki (ITB)1973-yil 18 dekabrda Islom Konferensiyasi Tashkilotining aʼzo davlatlar moliya vazirlari yigʻilishida tashkil etilgan va 1975-yil oktabr oyida oʻz faoliyatini boshlagan.

Oʻzbekiston va ITB o'rtasida hamkorlik 1991 yil boshlangan. Shu yil ITB Buxoro shahridagi bir qator tarixiy obidalar rekonstruksiyasi uchun grantlar ajratgan.
 

 

Oxirgi o'zgartirish Chorshanba, 19 Sentyabr 2018 15:48

1 izoh qoldirish uchun

  • Djobborov Zokirbek
    Djobborov Zokirbek Comment Link 11 Sentyabr, 2019 1:13 pm

    Asalomu Alayko'm men kiridit olsam bo'ladm o'zmn hunarm Kandisaner haladenik ustasman men mevalarn saqlash uchun haladenik qurmoqchman shunga ITB dan kiridit qay tartibda olsam bo'lad jovob uchun rahmat oldindan.

    Report

Izoh qoldiring

Make sure you enter the (*) required information where indicated. HTML code is not allowed.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

Ishonch telefoni bo'yicha murojaatlar statistikasi

Paris

Vazirlikka kelgan xatlar holatini ko'rish

Yangiliklar taqvimi

« Dekabr 2019 »
Dush Sesh Chor Pay Jum Shan Yak
            1
2 3 4 5 6 7 8
9 10 11 12 13 14 15
16 17 18 19 20 21 22
23 24 25 26 27 28 29
30 31          

Axborot-hisoblash markazining tezkor aloqa raqami (0-371) 202 03 02

Moliya vazirligi Axborot-hisoblash markazining "UzASBO va "DMBAT" dasturiy majmualari bo'yicha "Tezkor aloqasi"

Statistika

Hozir 442 mehmonlar va ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchi yo'q saytda

Arxiv

Ishonch telefonlariga bo'lgan qo'ng'iroqlarni baholash statistikasi

Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, sichqoncha bilan belgilab, administratorni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

© 2019 O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan olingan
ma'lumotlardan foydalanilganda O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining rasmiy veb sayti 
www.mf.uz ko‘rsatilishi shart. Saytni ishlab chiqish va qo'llab-quvvatlash Moliya vazirligi AHM tomonidan amalga oshiriladi

Our website is protected by DMC Firewall!