Print this page
28
Mart 2019
893 marta ko'rildi

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI TOMONIDAN 2019 YIL 27 MARTDA “AUDITORLIK FAOLIYATI TO’G’RISIDAGI QONUN HUJJATLARNI TAKOMILLASHTIRISHNING ASOSIY JIHATLARI” MAVZUSIDA DAVRA SUHBATI O’TKAZILDI

Concrete

Tadbirning asosiy maqsadi yangi tahrirdagi “Auditorlik faoliyati to’g’risida” gi Qonun loyihasini bevosita respublika jamoat birlashmalari va auditorlik tashkilotlari vakillari bilan atroflicha va kompleks muhokama qilish bo’ldi. 

O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi mutaxassislari qonun loyihasi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 19.09.2018 yil sanasida qabul qilingan PQ-3946 sonli va O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 11.02.2019 sanasida qabul qilingan “2019 yilda qonun loyihalarini ishlab chiqish va O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish dasturini tasdiqlash to’g’risida” gi 113-sonli qarorlari ijrosini ta’minlash maqsadida ishlab chiqilganligi va quyidagi vazifalarni amalga oshirishni nazarda tutuvchi to’g’ridan-to’g’ri amal qiladigan normalarni kiritishga qaratilganligini ta’kidladilar:

  • auditorlik faoliyatini litsenziyalash tartibini soddalashtirish va auditorlik faoliyatini amalga oshirish uchun beriladigan litsenziyaning qog’oz shaklidan voz kechish;
  • auditorlik faoliyatini faqat auditning xalqaro standartlari asosida amalga oshirish;
  • Moliya vazirligi auditorlarning respublika jamoat birlashmalari bilan birgalikda auditorlik tashkilotlari ishi sifatini, ularning moliyaviy-xo’jalik faoliyatiga aralashmasdan tashqi sifat nazoratidan o’tkazish;
  • majburiy auditorlik tekshiruvidan o’tadigan ijtimoiy ahamiyatga ega tashkilotlar ro’yxatini shakillantirish;
  • manfaatlar to’qnashuvini oldini olishga qaratilgan auditorlarning kasb faoliyatiga tegishli ahloq qoidalariga rioya qilish;
  • auditning xalqaro standartlarini joriy etishda eng yaxshi jahon tajribasini qo’llash bo’yicha auditorlarning respublika jamoat birlashmalarining faoliyatini faollashtirish;
  • auditorlik faoliyatini tartibga soluvchi normalarni bitta normativ-hujjatda unifikatsiya qilish va tizimlashtirsh.

Davra suhbati davomida auditorlik tashkilotlari ishi sifatini tashqi nazoratdan o’tkazishning samarali tizimini yaratish va auditorlarni malalakasini oshirishning amaldagi amaliyotini qayta ko’rib chiqish bo’yicha masalalar muhokama qilindi.

Shuningdek, auditorlik tashkilotlari rahbarlarining auditorlik tashkilotlari qo’rsatayotgan xizmatlari sifati hamda auditorlik faoliyati to’g’risidagi qonun qoidalarini buzilishi bo’yicha javobgarliklarini oshirishga tegishli takliflari eshitildi.

Concrete

Auditorlarning respublika jamoat birlashmalari vakillari tomonidan, auditning xalqaro standartlarini o’rnatuvchi va ushbu standartlarni ilg’or jahon tajribasi asosida joriy etishni tarqatuvchi, xalqaro tashkilotlar bilan o’zaro hamkorlik qilish bo’yicha ma’lumotlar taqdim etildi.

Davra suxbati ishtirokchilariga qonun loyihasi muhokamasi yakunlari bo’yicha audit sohasiga tegishli qonunchilikni takomillashtirishga doir asoslangan takliflar taqdim etildi.

Concrete

Oxirgi o'zgartirish Payshanba, 28 Mart 2019 15:14
DMC Firewall is a Joomla Security extension!