РУССКИЙ  |  O'ZBEKCHA  |  ENGLISH                          

       O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI POYTAXTIMIZNING TALABALARI VA YOSH BITIRUVCHILARIGA VAZIRLIKDA AMALIYOT O’TISH IMKONIYATINI YARATISH MAQSADIDA TANLOV E’LON QILADI

08
Fev 2019
427 marta ko'rildi

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI POYTAXTIMIZNING TALABALARI VA YOSH BITIRUVCHILARIGA VAZIRLIKDA AMALIYOT O’TISH IMKONIYATINI YARATISH MAQSADIDA TANLOV E’LON QILADI

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 21 iyuldagi PQ-3877-son “Tashqi moliyalashtirish manbalarini diversifikatsiyalash bo’yicha chora-tadbirlar to’g’risida”gi qarori asosida O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligida tashkil etilgan Davlat suveren, korporativ (bank) qarz majburiyatlari va davlat qarzi boshqarmasi Toshkent shahrida joylashgan Oliy o’quv yurtlarining moliya va moliyani boshqarish, iqtisodiyot (makroG’mikro), bank ishi, statistika va shunga yaqin yo’nalishlari bo’yicha *bakalavriaturaning kunduzgi bo’limi so’nggi ikki kursida hamda magistraturaning 1-2-kurslarida ta’lim olayotgan talabalarni boshqarmada amaliyot o’tash uchun taklif etadi:
 

Xalqaro reyting agentliklari, moliya va yuridik konsultantlar bilan o’zaro munosabatlar bo’limi -1 nafar
Statistik va makroiqtisodiy axborotlar bilan ishlash bo’limi -1 nafar
Davlat qarzi hisobi va hisoboti bo’limi -4 nafar

Amaliyotchilar o’z amaliyotlari davomida Moliya vazirligi tizimida doimiy ish bilan ta’minlanish imkoniyatiga ega bo’lishlari mumkin.

1.    QUYIDAGILAR NOMZODLARGA QO’YILADIGAN ASOSIY MALAKA TALABLARI HISOBLANADI

  1. 1 Moliya va moliyani boshqarish, iqtisodiyot (makroG’mikro), bank ishi, statistika va shunga yaqin yo’nalishlar bo’yicha bakalavriaturaning kunduzgi bo’limi so’nggi *3-4-kurs talabasi ekanligi to’g’risidagi ma’lumotnoma;
  2. 2 O’qish joyidan magistraturaning1-2-kursida ta’lim olayotganligini tasdiqlovchi ma’lumotnoma;
  3. 3 O’quv jarayonida (so’nggi semestr natijalariga ko’ra) yuqori reyting ko’rsatkichlariga ega bo’lishi;
  4. 4 O’zbek va ingliz tilini yaxshi darajada bilishi. Ingliz tilini bilish darajasini tasdiqlovchi IELTS sertifikati egalariga imtiyoz beriladi;
  5. 5 MS Word, Excel, Power Point va boshqa dasturlarda ishlash.
  1. SHAXSIY TALABLAR
     
  2. 1 Vatanparvarlik va mamlakat rivojiga hissa qo’shish xohishi;
  3. 2 Professional etiket, hamkasblarga hurmat bilan qarash;
  4. 3 Muomala madaniyati;
  5. 4 Jamoada ishlash qobiliyati.
     
  6. NOMZODLARNI TANLASH JARAYONI QUYIDAGI TARTIBDA AMALGA OSHIRILADI:

Tanlov jarayoni O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2018 yil 14 iyundagi 108-sonli “Kadrlar zaxirasini tashkillashtirish va O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tizimiga xodimlarni tanlov asosida ishga qabul qilish tartibini yanada takomillashtirish to’g’risida”gi buyruq tartib-qoidalari asosida maxsus tuzilgan ishchi guruhi tomonidan 3 bosqichda amalga oshiriladi:

1-bosqich: yuqoridagi talablarga javob beradigan nomzodlar o’zlarining ma’lumotnomalarini (CV) o’zbek va ingliz tillarida yozishlari va qisqacha nima uchun Moliya vazirligida amaliyot o’tash istagi hamda ular uchun ushbu amaliyot keyinchalik qanday yordam berishi haqida qisqacha insho yozib, 2019 yilning 20 fevraliga qadar Moliya vazirligining Этот адрес электронной почты защищен от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра. elektron manziliga jo’natishlari talab etiladi.
25 fevraliga qadar ishchi guruh tomonidan nomzodlar o’rganib chiqiladi va talablarga javob bergan nomzodlar keyingi bosqichga o’tganliklari haqida Moliya vazirligining veb-sahifasida rasmiy e’lon beriladi.

2-2019 yilning 27 fevral kuni 9-00 dan boshlab nomzodlar bilan suhbat bo’lib o’tadi.

3-Shu yilning 4 mart kuni ishchi guruh yig’ilib, nomzodlarning kuchli va kuchsiz taraflarini muhokama qilib, kerakli nomzodlarni tanlaydilar va 3 kun muddatda tanlov natijalari to’g’risida ma’lumot beradilar.

Oxirgi o'zgartirish Dushanba, 11 Fevral 2019 10:54

Izoh qoldiring

Make sure you enter the (*) required information where indicated. HTML code is not allowed.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

Ishonch telefoni bo'yicha murojaatlar statistikasi

Paris

Vazirlikka kelgan xatlar holatini ko'rish

Yangiliklar taqvimi

« Dekabr 2019 »
Dush Sesh Chor Pay Jum Shan Yak
            1
2 3 4 5 6 7 8
9 10 11 12 13 14 15
16 17 18 19 20 21 22
23 24 25 26 27 28 29
30 31          

Axborot-hisoblash markazining tezkor aloqa raqami (0-371) 202 03 02

Moliya vazirligi Axborot-hisoblash markazining "UzASBO va "DMBAT" dasturiy majmualari bo'yicha "Tezkor aloqasi"

Statistika

Hozir 257 mehmonlar va ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchi yo'q saytda

Arxiv

Ishonch telefonlariga bo'lgan qo'ng'iroqlarni baholash statistikasi

Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, sichqoncha bilan belgilab, administratorni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

© 2019 O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan olingan
ma'lumotlardan foydalanilganda O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining rasmiy veb sayti 
www.mf.uz ko‘rsatilishi shart. Saytni ishlab chiqish va qo'llab-quvvatlash Moliya vazirligi AHM tomonidan amalga oshiriladi

Our website is protected by DMC Firewall!