РУССКИЙ  |  O'ZBEKCHA  |  ENGLISH                          

       O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI ISH HAQI TOʻLOVLARINING TOʻLANISh HOLATI YUZASIDAN AXBOROT BERADI

07
Iyun 2018
488 marta ko'rildi

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI ISH HAQI TOʻLOVLARINING TOʻLANISh HOLATI YUZASIDAN AXBOROT BERADI

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2018 yil may oyining ikkinchi yarmi uchun (iyun oyning dastlabki birinchi 5 ish kuni ichida) ish haqi toʻlovlarini toʻlanishi yuzasidan tizimli monitoring natijalari boʻyicha quyidagilarni maʼlum qiladi.

Joriy yilning 1 iyun kuni Moliya vazirligi tomonidan quyi moliya organlariga byudjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi toʻlovlarini oʻz vaqtida toʻlanishini taʼminlash maqsadida  622,4 mlrd. soʻm miqdorida maqsadli mablagʻlar ajratildi.
Natijada hududiy gʻazna hisob raqamlarida ish haqi toʻlovlarini respublika miqyosida oʻz vaqtida va toʻliq toʻlanishi uchun yetarli miqdorda mablagʻlar shakllantirildi.
Shu bilan birga byudjet tashkilotlari rahbarlari va bosh hisobchilari tomonidan gʻaznachilik organlariga taqdim etilgan toʻlov hujjatlari asosida joriy yilning 6 iyun holatiga may oyining ikkinchi yarmi uchun ish haqi toʻlovlarining toʻlanishi respublika boʻyicha 89,6 foizni tashkil etdi. Jumladan hududlar kesimida:

Qoraqalpogʻiston Respublikasi byudjeti - 88,7%
Andijon viloyati byudjeti -74,8%
Buxoro viloyati byudjeti - 95,9%
Jizzax viloyati byudjeti - 84,7%
Kashkadaryo viloyati byudjeti -77,3%
Navoiy viloyati byudjeti - 100,0%
Namangan viloyati byudjeti - 99,6%
Samarkand viloyati byudjeti - 90,6%
Surxondaryo viloyati byudjeti - 78,7%
Sirdaryo viloyati byudjeti - 88,2%
Toshkent viloyati byudjeti - 100,0%
Fargʻona viloyati byudjeti - 86,0%
Xorazm viloyati byudjeti - 77,3%
Toshkent shahri byudjeti - 100,0%
Jami    89,6%

Bunda, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan respublika byudjetidan moliyalashtiriladigan byudjet tashkilotlarida ish haqi toʻlanishi 94,8% tashkil etmoqda.
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va uning hududiy boshqarmalari tomonidan byudjet tashkilotlarining ish haqi toʻlovlari 5 ish kunidan kechiktirmay toʻlanishi boʻyicha chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda va tegishli toʻlov hujjatlarini gʻaznachilik organlariga oʻz vaqtida taqdim etilishi yuzasidan tegishli tarmoq vazirliklar hamda byudjet tashkilotlariga amaliy yordam koʻrsatish ishlari olib borilmoqda.
 

Izoh qoldiring

Make sure you enter the (*) required information where indicated. HTML code is not allowed.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

Ishonch telefoni bo'yicha murojaatlar statistikasi

O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ishonch telefoni orqali 2019 yil I chorak davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlarni ko'rib chiqish yuzasidan ma'lumot

Paris

Vazirlikka kelgan xatlar holatini ko'rish

Yangiliklar taqvimi

« Oktyabr 2019 »
Dush Sesh Chor Pay Jum Shan Yak
  1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31      

Axborot-hisoblash markazining tezkor aloqa raqami (0-371) 239 15 62

Moliya vazirligi Axborot-hisoblash markazining "UzASBO va "DMBAT" dasturiy majmualari bo'yicha "Tezkor aloqasi"

Statistika

Hozir 1048 mehmonlar va ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchi yo'q saytda

Arxiv

Ishonch telefonlariga bo'lgan qo'ng'iroqlarni baholash statistikasi

Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, sichqoncha bilan belgilab, administratorni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

© 2019 O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan olingan
ma'lumotlardan foydalanilganda O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining rasmiy veb sayti 
www.mf.uz ko‘rsatilishi shart. Saytni ishlab chiqish va qo'llab-quvvatlash Moliya vazirligi AHM tomonidan amalga oshiriladi

Our website is protected by DMC Firewall!