РУССКИЙ  |  O'ZBEKCHA  |  ENGLISH                          

       O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI HUZURIDAGI OROLBO’YI MINTAQASINI RIVOJLANTIRISH JAMG’ARMASI BO’YICHA 2018 YIL 1OKTYABR HOLATIGA AMALGA OSHIRILGAN ISHLAR TO’G’RISIDA MA’LUMOT

05
Okt 2018
537 marta ko'rildi

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI HUZURIDAGI OROLBO’YI MINTAQASINI RIVOJLANTIRISH JAMG’ARMASI BO’YICHA 2018 YIL 1OKTYABR HOLATIGA AMALGA OSHIRILGAN ISHLAR TO’G’RISIDA MA’LUMOT

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 18 yanvardagi PQ-2731-son “2017-2021 yillarda Orolbo’yi mintaqasini rivojlantirish Davlat dasturi to’g’risida”gi qarorining ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 27 martdagi “O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Orolbo’yi mintaqasini rivojlantirish Jamg’armasi faoliyatini tashkil etish to’g’risida”gi 159-sonli qarori qabul qilindi.

O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Orolbo’yi mintaqasini rivojlantirish jamg’armasi mablag’lari hisobidan moliyalashtiriladigan manzilli dasturlarni o’z vaqtida va sifatli amalga oshirishni ta’minlash bo’yicha ishlarni muvofiqlashtirish bo’yicha Komissiyaning 2017 yil 30 dekabrdagi 3-sonli yig’ilish bayoni bilan 2018 yil Orolbo’yi mintaqasini rivojlantirish manzilli dasturi hamda Jamg’arma daromadlari va xarajatlari istiqbolli ko’rsatkichlari tasdiqlandi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 3 fevraldagi “2018 yilga investitsiya va infrastruktura loyihalari ro’yxatini tasdiqlash to’g’risida”gi PQ-3507-sonli qarori bilan Orolbo’yi mintaqasini rivojlantirish jamg’armasi mablag’lari hisobidan amalga oshiriladigan 2018 yil qurilish, rekonstruktsiya, kapital ta’mirlash va aholi punktini obodonlashtirish manzilli dasturi tasdiqlandi.

O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Orolbo’yi mintaqasini rivojlantirish jamg’armasining daromadlar va xarajatlar rejasiga ko’ra 2018 yil daromadlari prognozi 319,1 mlrd.so’m, xarajatlari esa 234,7 mlrd.so’mni tashkil etadi.

Komissiyaning 2018 yil 30 apreldagi 37-sonli yig’ilish bayoni bilan 2017 yil yakunlari asosida Jamg’arma daromadlari va xarajatlariga aniqlik kiritildi, shunga asosan Jamg’armaning daromadlari 323,5 mlrd.so’m, xarajatlari prognozi esa
256,8 mlrd.so’mni tashkil etishi belgilandi.

Bunda, 2017 yil daromadlari va xarajatlarining ijrosi bo’yicha yil yakuniga, ya’ni 2018 yilning 1 yanvar holatiga Jamg’armaning o’tuvchi qoldiq mablag’ miqdori 66,5 mlrd.so’mni tashkil etdi.

2018 yilning 1 oktyabr holatiga Jamg’arma hisob raqamiga jami 251,1 mlrd.so’m mablag’ kelib tushdi, ushbu mablag’ning 236,1 mlrd.so’mi - O’zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg’armasiga o’tkaziladigan mablag’larning o’n foizi hisobidan, 15,0 mlrd. so’mi esa avtomobillarga gaz to’ldiradigan kompressor stantsiyalari tomonidan realizatsiya qilinadigan tabiiy gazga maxsus investitsiya ustamalarining o’n foizi hisobidan kelib tushgan.

2018 yilda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirish dasturiga binoan tasdiqlangan manzilli ro’yxatga asosan Orolbo’yi mintaqasini rivojlantirish jamg’armasi mablag’lari hisobidan 370 ta ob’ektlarda qurilish, rekonstruktsiya, kapital ta’mirlash va obodonlashtirish ishlari ko’zda tutilib, ushbu maqsadlarga 234,7 mlrd.so’m mablag’ xarajat qilinishi rejalashtirilgan, shu jumladan Qoraqalpog’iston Respublikasi bo’yicha 224 ta ob’ektlarga (qiymati 149,3 mlrd.so’m) va Xorazm viloyati bo’yicha 146 ta ob’ektlarga (qiymati 85,4 mlrd.so’m) yo’naltirilgan. 

Bundan tashqari, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 28 martdagi 240-F-sonli farmoyishiga asosan Orolbo’yi mintaqasini rivojlantirish jamg’armasi mablag’lari hisobidan Xorazm viloyati Urganch shahrida barpo etilayotgan “Rasmiy mehmonlar qabullar uyi” ob’ekti bo’yicha 9,9 mlrd.so’m mablag’ ajratilishi belgilab berildi. 

Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 15 iyuldagi (16 iyuldagi 24G’1-2264-sonli topshiriq) 6-sonli yig’ilish bayoni bilan Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi bo’yicha Orolbo’yi mintaqasini rivojlantirish manzilli dasturiga 32,5 mlrd.so’m mablag’ bilan 14 ta qo’shimcha ob’ekt qo’shildi. 

2018 yilning 1 oktyabr holatiga O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Orolbo’yi mintaqasini rivojlantirish jamg’armasi mablag’lari hisobidan qurilish, rekonstruktsiya, kapital ta’mirlash va aholi punktlarini obodonlashtirish bo’yicha 410 ta ob’ektlarga 235,9 mlrd.so’m mablag’ ajratish ko’zda tutilgan bo’lib, shu holatga 149,9 mlrd.so’m moliyalashtirib berildi, jumladan 55,6 mlrd.so’m O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi rivojlanish davlat dasturlarini moliyalashtirish jamg’armasiga o’tkazib berildi.

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O’zbekiston Respublikasining rivojlanish davlat dasturlarini moliyalashtirish jamg’armasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 274-sonli qaroriga asosan 2018 yil 1 avgustdan boshlab Orolbo’yi mintaqasini rivojlantirish jamg’armasi mablag’lari hisobidan amalga oshiriladigan 2018 yil qurilish, rekonstruktsiya, kapital ta’mirlash va aholi punktini obodonlashtirish manzilli dasturida ko’zda tutilgan ob’ektlarni moliyalashtirish O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi rivojlanish davlat dasturlarini moliyalashtirish jamg’armasi orqali amalga oshirilmoqda.

Jadval ilova etilmoqda.

ko'chirib olish:   0.3MB / 0.4MB / 0.15MB / 0.004MB /
 

 

Izoh qoldiring

Make sure you enter the (*) required information where indicated. HTML code is not allowed.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

Ishonch telefoni bo'yicha murojaatlar statistikasi

Paris

Vazirlikka kelgan xatlar holatini ko'rish

Yangiliklar taqvimi

« Yanvar 2020 »
Dush Sesh Chor Pay Jum Shan Yak
    1 2 3 4 5
6 7 8 9 10 11 12
13 14 15 16 17 18 19
20 21 22 23 24 25 26
27 28 29 30 31    

Axborot-hisoblash markazining tezkor aloqa raqami (0-371) 202 03 02

Moliya vazirligi Axborot-hisoblash markazining "UzASBO va "DMBAT" dasturiy majmualari bo'yicha "Tezkor aloqasi"

Statistika

Hozir 439 mehmonlar va ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchi yo'q saytda

Arxiv

Ishonch telefonlariga bo'lgan qo'ng'iroqlarni baholash statistikasi

Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, sichqoncha bilan belgilab, administratorni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

© 2020 O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan olingan
ma'lumotlardan foydalanilganda O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining rasmiy veb sayti 
www.mf.uz ko‘rsatilishi shart. Saytni ishlab chiqish va qo'llab-quvvatlash Moliya vazirligi AHM tomonidan amalga oshiriladi

DMC Firewall is a Joomla Security extension!