РУССКИЙ  |  O'ZBEKCHA  |  ENGLISH                          

       O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI HUZURIDAGI OROL BOʻYI MINTAQASINI RIVOJLANTIRISH JAMGʻARMASI MABLAGʻLARI HISOBIDAN MANZILLI DASTURLARNING IJROSI TOʻGʻRISIDA 2018 YIL 1 MAY HOLATIGA MAʼLUMOT

23
May 2018
386 marta ko'rildi

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI HUZURIDAGI OROL BOʻYI MINTAQASINI RIVOJLANTIRISH JAMGʻARMASI MABLAGʻLARI HISOBIDAN MANZILLI DASTURLARNING IJROSI TOʻGʻRISIDA 2018 YIL 1 MAY HOLATIGA MAʼLUMOT

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 18 yanvardagi “2017-2021 yillarda Orolboʻyi mintaqasini rivojlantirish Davlat dasturi toʻgʻrisida”gi PQ-2731-sonli Qaroriga asosan 2017-2021 yillarda Orolboʻyi mintaqasini rivojlantirish Davlat dasturi qabul qilindi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 18 yanvardagi “2017-2021 yillarda Orolboʻyi mintaqasini rivojlantirish Davlat dasturi toʻgʻrisida”gi PQ-2731-sonli Qarorining ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 27 martdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Orolboʻyi mintaqasini rivojlantirish Jamgʻarmasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi 159-sonli qarori qabul qilindi.

Komissiyaning 2017 yil 30 dekabrdagi yigʻilish bayoni bilan 2018 yil Orolboʻyi mintaqasini rivojlantirish manzilli roʻyxati hamda Jamgʻarma daromadlari va xarajatlari prognoz koʻrsatkichi tasdiqlandi. Shunga asosan Jamgʻarmaning 2018 yilgi daromadlari prognoz koʻrsatkichi 323,5 mlrd.soʻm, xarajatlari 246,9 mlrd.soʻm etib belgilandi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 3 fevraldagi “2018 yilga investitsion va infrastruktura loyihalari roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi PQ-3507-sonli qarori bilan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Orolboʻyi mintaqasini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan 2018 yilda Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyati boʻyicha obʼektlarni qurish, rekonstruktsiya qilish va kapital taʼmirlash manzilli dasturi tasdiqlandi.

Mazkur manzilli dasturga asosan 2018 yilda jami 370 ta obʼektlarda, jumladan Qoraqalpogʻiston Respublikasi boʻyicha 224 ta (umumiy qiymati – 149,3 mlrd.soʻm), Xorazm viloyati boʻyicha 146 ta (umumiy qiymati 85,4 mlrd.soʻm) obʼektlarda qurilish, rekonstruktsiya, kapital taʼmirlash va obodonlashtirish ishlari olib borilishi koʻzda tutilib, ushbu maqsadlar uchun jami 234,7 mlrd.soʻm mablagʻ ajratilishi rejalashtirilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 28 martdagi 240-F-sonli farmoyishiga asosan Orolboʻyi mintaqasini rivojlantirish Jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan Xorazm viloyati manzilli roʻyxatiga 1 ta obʼekt qoʻshilgan. Mazkur obʼekt hisobiga 2018 yil Orolboʻyi mintaqasini rivojlantirish jamgʻarmasi obʼektlari soni 371 tani tashkil etadi. 

2018 yil 1 may holatiga Moliya vazirligi huzaridagi Orolboʻyi mintaqasini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan 46,7 mlrd.soʻm mablagʻ moliyalashtirib berildi, jumladan Qoraqalpogʻiston Respublikasi obʼektlari uchun 37,9 mlrd.soʻm, Xorazm viloyati obʼektlari boʻyicha 8,8 mlrd.soʻm mablagʻ moliyalashtirib berildi.

Oxirgi o'zgartirish Chorshanba, 23 May 2018 17:40

Izoh qoldiring

Make sure you enter the (*) required information where indicated. HTML code is not allowed.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

Ishonch telefoni bo'yicha murojaatlar statistikasi

O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ishonch telefoni orqali 2019 yil I chorak davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlarni ko'rib chiqish yuzasidan ma'lumot

Paris

Vazirlikka kelgan xatlar holatini ko'rish

Yangiliklar taqvimi

« Oktyabr 2019 »
Dush Sesh Chor Pay Jum Shan Yak
  1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31      

Axborot-hisoblash markazining tezkor aloqa raqami (0-371) 239 15 62

Moliya vazirligi Axborot-hisoblash markazining "UzASBO va "DMBAT" dasturiy majmualari bo'yicha "Tezkor aloqasi"

Statistika

Hozir 494 mehmonlar va ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchi yo'q saytda

Arxiv

Ishonch telefonlariga bo'lgan qo'ng'iroqlarni baholash statistikasi

Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, sichqoncha bilan belgilab, administratorni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

© 2019 O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan olingan
ma'lumotlardan foydalanilganda O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining rasmiy veb sayti 
www.mf.uz ko‘rsatilishi shart. Saytni ishlab chiqish va qo'llab-quvvatlash Moliya vazirligi AHM tomonidan amalga oshiriladi

DMC Firewall is a Joomla Security extension!