РУССКИЙ  |  O'ZBEKCHA  |  ENGLISH                          

       O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi

AXBOROT TA’MINOTI VA TASHKILIY TAHLILIY ISHLAR BO’LIMI BO’LIM BOSHLIG’I LAVOZIMIGA TANLOV E'LON QILINMOQDA

26
Fev 2019
152 marta ko'rildi

AXBOROT TA’MINOTI VA TASHKILIY TAHLILIY ISHLAR BO’LIMI BO’LIM BOSHLIG’I LAVOZIMIGA TANLOV E'LON QILINMOQDA

AXBOROT TA’MINOTI 
VA  TASHKILIY TAHLILIY ISHLAR BO’LIMI

2.    BO’LIM BOSHLIG’I

Lavozimga mos asosiy talab va vazifalar
Talablar:

• iqtisodiyot, moliya, bank va shunga yaqin yo’nalishlarda hamda oliy o’quv yurtlari yoki ilmiy tadqiqot markazlarida kamida 3 yil ish tajribasiga ega bo’lish;
• tashkilot ish jarayonlarini muvofiqlashtirishning yangicha va samarali yondashuvlarini, xorij ilg’or tajribalarini qo’llagan holda axborot ta’minoti va tashkiliy tahliliy ishlarini tashkillashtirish, kreativ fikrlash qobiliyatiga ega bo’lish;
• jamoani bir maqsadga yo’naltira olish, o’z qarashlarini himoya qila olish va boshqaruv qarorlarini to’g’ri va tezkor qabul qila olish qobiliyatiga ega bo’lish;
• xodimlarni tanlash bo’yicha takliflar kiritish, ularni bir maqsad sari yo’naltira olish va ishlab chiqarish jarayonini samarali boshqarish qobiliyatiga ega bo’lish; 

Vazifalar:
1. Axborot ta’minoti va tashkiliy tahliliy ishlarni tashkillashtirirish va o’tkazish, vazirlik rahbar xodimlarini zarur moliyaviy, iqtisodiy va sohaga oid boshqa axborotlar bilan ta’minlash, mahalliy va xalqaro bozorlar tahlilini tashkillashtirish va monitoringi jarayonini amalga oshirish hamda bu jarayonning uslubiy va huquqiy asoslarini bilish, bo’lim faoliyatini takomillashtirish yuzasidan doimiy ravishda takliflar tayyorlash;
2. Ish jarayoni samaradorligini oshirish va natijaviyligini ta’minlash bo’yicha tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirish;
3. Vazirlik boshqarmalari bilan o’zaro hamkorlikda faoliyatini ta’minlash;
4. Sohaga oid ma’lumotlar bazasini tuzish, uning doimiy yangilanib borilishi ustidan tizimli monitoringini tashkil etish, hisobotlarini tuzish va ularning ochiqligini ta’minlash bo’yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish;
5. Vazirlik va xalqaro tashkilotlar o’rtasidagi o’zaro munosabatlar jarayonini muvofiqlashtirish, hamkorlik yo’nalishlari va joriy holati yuzasidan ma’lumotlar bazasini yaratish va yuritish;
6. Zarur hollarda jamoatchilik oldida chiqishlar qilish va ommaviy axborot vositalariga intervyular berish;
7. Talabchanlik, konstruktiv tanqid qilishni bilish, hamkasblar fikrini inobatga olish, manfaatlar to’qnashuvini keltirib chiqaradigan muammoli vaziyatlarni o’z vaqtida aniqlash va hal qilish;
8. Lavozimga yuklatilgan boshqa vazifalarni bajarish.

Oxirgi o'zgartirish Seshanba, 26 Fevral 2019 17:01

Izoh qoldiring

Make sure you enter the (*) required information where indicated. HTML code is not allowed.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

Ishonch telefoni bo'yicha murojaatlar statistikasi

Paris

Vazirlikka kelgan xatlar holatini ko'rish

Yangiliklar taqvimi

« Dekabr 2019 »
Dush Sesh Chor Pay Jum Shan Yak
            1
2 3 4 5 6 7 8
9 10 11 12 13 14 15
16 17 18 19 20 21 22
23 24 25 26 27 28 29
30 31          

Axborot-hisoblash markazining tezkor aloqa raqami (0-371) 202 03 02

Moliya vazirligi Axborot-hisoblash markazining "UzASBO va "DMBAT" dasturiy majmualari bo'yicha "Tezkor aloqasi"

Statistika

Hozir 267 mehmonlar va ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchi yo'q saytda

Arxiv

Ishonch telefonlariga bo'lgan qo'ng'iroqlarni baholash statistikasi

Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, sichqoncha bilan belgilab, administratorni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

© 2019 O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan olingan
ma'lumotlardan foydalanilganda O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining rasmiy veb sayti 
www.mf.uz ko‘rsatilishi shart. Saytni ishlab chiqish va qo'llab-quvvatlash Moliya vazirligi AHM tomonidan amalga oshiriladi

Our website is protected by DMC Firewall!