РУССКИЙ  |  O'ZBEKCHA  |  ENGLISH                          

       O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi

O’ZARO MANFAATLI HAMKORLIKNI KUCHAYTIRISH BO’YICHA YANGI QADAMLAR

27
Sen 2018
625 marta ko'rildi

O’ZARO MANFAATLI HAMKORLIKNI KUCHAYTIRISH BO’YICHA YANGI QADAMLAR

Concrete

O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan Rossiya Federatsiyasi Federal G’aznachiligi o’rtasida imzolangan Hamkorlik to’g’risidagi memorandum doirasida ikki tomonlama hamkorlikni yanada mustahkamlash va o’rta muddatli istiqbol uchun ustuvor yo’nalishlarni belgilab olish bo’yicha chora-tadbirlar qabul qilinayapti.

Xususan, O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G’aznachiligi taklifiga binoan Rossiya Federatsiyasi Federal G’aznachiligi boshlig’i o’rinbosari Aleksandr Mixaylik boshchiligidagi delegatsiya Toshkentga keldi.

Tashrif davomida sohaga g’aznachilik kuzatuvining yangi turlari va axborot texnologiyalarini joriy etish masalalari muhokama qilindi.

Concrete

Rossiya Federatsiyasi Federal G’aznachiligi vakillari g’aznachilik axborot texnologiyalari bazasida byudjetdan mablag’ oluvchilarning markazlashtirilgan buxgalteriyasini yaratish yo’li bilan g’aznachilik kuzatuvini olib borish tajribasi bilan o’rtoqlashishdi.

Shuningdek, bir necha kun davomida byudjet mablag’laridan foydalanish, moliyaviy nazoratning ilg’or uslublarini qo’llash ustidan monitoring o’tkazish samaradorligi, qolaversa, o’tkazilgan nazorat natijalarini qayta tekshirish va baholash yo’li bilan uning sifati uchun tekshiruvchilar mas’uliyatini oshirish masalalarini ko’rib chiqish rejalashtirilmoqda.

Rossiya Federatsiyasi Federal G’aznachiligining ushbu idora auditorlik faoliyati ustidan nazoratni amalga oshiruvchi mutaxassislari O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan “Auditorlik tashkilotlari ish sifatining tashqi nazorati samaradorligini oshirishda Rossiya Federal G’aznachiligi nazorat-tahlil faoliyatini takomillashtirishning asosiy yo’nalishlarini o’rganish” mavzusida tashkil etilgan davra suhbatida ishtirok etishdi.

Davra suhbati davomida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 19 sentyabrdagi “O’zbekiston Respublikasida auditorlik faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarorida belgilab berilgan ustuvor yo’nalishlar muhokama qilindi. Bu borada auditorlik xizmatlari sifatini oshirish va auditorlik tashkilotlari ish natijalariga nisbatan ishbilarmon doiralar ishonchini oshirish, shu maqsadda xalqaro standartlarga muvofiq auditorlik tashkilotlari ishi sifatini tashqi nazorat qilishning samarali tizimini shakllantirish dolzarb vazifa ekanligiga alohida urg’u berildi.

Concrete

Moliya vazirligi 
Axborot xizmati

 

Oxirgi o'zgartirish Juma, 28 Sentyabr 2018 16:31

Izoh qoldiring

Make sure you enter the (*) required information where indicated. HTML code is not allowed.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

Ishonch telefoni bo'yicha murojaatlar statistikasi

Paris

Vazirlikka kelgan xatlar holatini ko'rish

Yangiliklar taqvimi

« Dekabr 2019 »
Dush Sesh Chor Pay Jum Shan Yak
            1
2 3 4 5 6 7 8
9 10 11 12 13 14 15
16 17 18 19 20 21 22
23 24 25 26 27 28 29
30 31          

Axborot-hisoblash markazining tezkor aloqa raqami (0-371) 202 03 02

Moliya vazirligi Axborot-hisoblash markazining "UzASBO va "DMBAT" dasturiy majmualari bo'yicha "Tezkor aloqasi"

Statistika

Hozir 347 mehmonlar va ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchi yo'q saytda

Arxiv

Ishonch telefonlariga bo'lgan qo'ng'iroqlarni baholash statistikasi

Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, sichqoncha bilan belgilab, administratorni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

© 2019 O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan olingan
ma'lumotlardan foydalanilganda O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining rasmiy veb sayti 
www.mf.uz ko‘rsatilishi shart. Saytni ishlab chiqish va qo'llab-quvvatlash Moliya vazirligi AHM tomonidan amalga oshiriladi

DMC Firewall is a Joomla Security extension!