Print this page
29
Dek 2018
308 marta ko'rildi

MUOMALA DAVRI 12 OY BO’LGAN DAVLAT QIMMATLI QOG’OZLARNI JOYLASHTIRISH BO’YICHA 2018 YIL 27 DEKABRDA O’TKAZILGAN AUKTSION NATIJALARI HAQIDA MA’LUMOT

Joriy yilning 27 dekabr kuni Moliya vazirligi Markaziy bank bilan birgalikda O’zbekiston Respublika valyuta birjasida muomala davri 12 oy bo’lgan 1 mln.so’m nominal qiymatga ega, umumiy hajmi 200 mlrd.so’mlik 200 ming dona davlat qimmatli qog’ozlarini joylashtirish bo’yicha auktsion o’tkazildi. Qimmatli qog’ozlar bo’yicha foiz to’lovlar xar chorak amalga oshiriladi.

Auktsionda 8ta diler ishtirok etib, ular tomonidan 229,3 mlrd.so’m hajmidagi 225 760 dona obligatsiyani sotib olish uchun raqobatli buyurtmanomalar taklif etildi.

Auktsion davomida 203,1 mlrd.so’m miqdoridagi 200 000 dona qimmatli qog’ozlar joylashtirildi (chiqarilish umumiy hajmining 
100 foizi).

Qimmatli qog’ozlarni so’ndirish kuni (2019 yil 27 dekabr) auktsionda joylashtirilgan davlat qimmatli qog’ozlarning so’ndiriladigan umumiy hajmi 232 mlrd.so’mni tashkil etadi.

Qimmatli qog’ozlarning o’rtacha tortilgan daromadliligi yillik 14,22 foizni tashkil etdi, bunda minimal daromadlilik darajasi - 14,12 foizni va chegirish narx bo’yicha maksimal daromadlilik darajasi - 14,25 foizni tashkil etdi. 
 

Oxirgi o'zgartirish Shanba, 29 Dekabr 2018 10:31
DMC Firewall is a Joomla Security extension!