РУССКИЙ  |  O'ZBEKCHA  |  ENGLISH                          

       O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi

MOLIYA VAZIRI VA OSIYO TARAQQIYOT BANKI (OTB) VITSE-PREZIDENTI UCHRASHUVI BO’LIB O’TDI

24
Sen 2018
582 marta ko'rildi

MOLIYA VAZIRI VA OSIYO TARAQQIYOT BANKI (OTB) VITSE-PREZIDENTI UCHRASHUVI BO’LIB O’TDI

Concrete

Joriy yilning 19-sentabrida O’zbekiston Respublikasi Moliya vaziri, Moliya vaziri o’rinbosari va Osiyo Taraqqiyot banki (OTB) Vitse-prezidenti uchrashuvi bo’lib o’tdi. 

Uchrashuvda hozirda olib borilayotgan turli sohalardagi islohotlar va shu kungacha erishilgan natijalar batafsil bayon qilindi.
 
Mazkur islohotlarning asosiy maqsadi davlatning umumiy iqtisodiy ahvolini yaxshilanishini olib keladigan raqobatbardosh va xorijiy investorlarni  jalb qiladigan muhit yaratishdadir. O’z o’rnida, har bir insonning qilayotgan mehnatiga munosib mukofot olishini ta’minlashdan iboratligi ta’kidlandi. 

Concrete

Muzokaralar davomida asosiy e’tibor 2019-2023-yillarda bajarilishi rejalashtirilgan mamlakat hamkorlik strategiyasiga qaratildi. Ishlab chiqilgan iqtisodiyot boshqaruvini takomillashtirish loyihasi, iqtisodiyotning deyarli barcha muhim sohalarida ustunlikka ega bo'lgan davlat korxonalarida moliyaviy barqarorlikni ta'minlash, hamda davlat boshqaruvini takomillashtirishga qaratilgan hukumatning sa'y-harakatlarini qo'llab-quvvatlaydi. OTB tomonidan joriy yilning 26-iyunida 300 million AQSh dollari hisobidagi kredit mablag’lari O’zbekistonning makroiqtisodiy o’sishi va davlatdagi iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash choralariga qaratilgan iqtisodiy islohotlar dasturlariga ajratishni ta’kidlab o’tildi. Shu bilan birga hukumatning Iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish uchun  uch yil davomida 1 milliard AQSh dollari miqdorida investitsiaviy loyihalarga moliyaviy va texnik yordam kiritishi mumkinligini bildirildi. OTB vakillari mamlakat hamkorlik strategiyasi bank direktorlar kengashi tomonidan 2019-yilning birinchi choragida tasdiqlanishini ma’lum qilishdi. 

OTBni harakatlantiradigan asosiy g’oya, avvalambor, dunyodagi barcha mamlakatlari iqtisodiy ahvolini yaxshilash, qashshoqlikni batamom yo’qotish, qishloq muhitlarini rivojlantirish va ushbu mamlakatlarni savdo-sotiq hamda ishlab chiqarishning barqaror o’chog’iga aylantirishdir. OTB “O’zbekenergo” davlat korxonasi elektr energiyasini tarqatish tizimlarini o’zagartirish, jumladan, moliyaviy va iqtisodiy boshqaruvni modernizatsiyalash, zamonaviy kuchli elektr enegiyasi uskunalari bilan ta’minlash hamda korxonada yangi ish o’rinlarini yaratish loyihalarida faol ishtirok etish harakatida ekanligini sir emas. Bundan tashqari, bank qishloq xo’jaligi tizimlarini takomillashtirish chora tadbirlarga ham amalga oshirilishiga boshchilik qilishi mumkin. Tushuntirib aytganda, qishloq muhitlariga elektr energiyasini yetkazib berishda aqlli texnikalar (Artificial Intelligence, AI), zamonaviy moslamalar, yaxshilangan suv yetkazib berish va sanitariya xizmatlari kiradi. 
           

Concrete

OTB tomonidan berilgan yana bir taklif   aynan texnik va professional bilim va ko’nikma almashinuvi yordami masalasi bo’ldi. Tomonlar bu sohada ham qo’ldan kelgancha hamkorlikda ishlashga, shu o’rinda soha mutaxassislarini tajriba bo’lishgani yuborishga qarshi emasligini hamda makroiqtisodiyot sohasidagi islohotlarni amalga oshirishda Markaziy Bank bilan birgalikda texnik hamkorlik nomi ostidagi grant bilan ta’minlashga tayyorligini bildirdi. 
           
Iqtisodiy va moliyaviy islohotlarlar yo’lida bosilayotgan har bir qadam va qabul qilinayotgan har bir qaror katta ma’suliyat va mashaqqat talab qilishini hamda fuqarolarning barqaror kelajagi va Vatan ravnaqi yo’lida amalga oshirilayotganini ta’kidlasak mubolag’a bo’lmaydi. 
           
“Biz O’zbekiston bilan olib borilayotgan 25 yillik hamkorlikdan juda ham mamnunmiz va kelajakda ham shunday munosabatni saqlab qolish va yanada rivojlantirish uchun harakat qilamiz.” – deb fikr bildirdi OTB Vitse prezidenti Wencai Zhang. 
             
Osiyo Taraqqiyot banki rasmiylari yuqorida ko’rsatilgan islohotlar ijrosi va tatbiqi yo’lida O’zbekiston Respublikasiga har qanday kerakli ijtimoiy, iqtisodiy va texnik yordamga tayyor ekanliklarini aytishdi.
             
Muzokara so’ngida tomonlar kelgusida shu kabi suhbatlarni davom ettirishga, kerakli barcha qo’llab quvvatlash ishlarini amalga oshirishilishini ta’minlashga qaror qilishdi.


Moliya Vazirligi
Axborot Xizmati

 

Izoh qoldiring

Make sure you enter the (*) required information where indicated. HTML code is not allowed.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

Ishonch telefoni bo'yicha murojaatlar statistikasi

Paris

Vazirlikka kelgan xatlar holatini ko'rish

Yangiliklar taqvimi

« Dekabr 2019 »
Dush Sesh Chor Pay Jum Shan Yak
            1
2 3 4 5 6 7 8
9 10 11 12 13 14 15
16 17 18 19 20 21 22
23 24 25 26 27 28 29
30 31          

Axborot-hisoblash markazining tezkor aloqa raqami (0-371) 202 03 02

Moliya vazirligi Axborot-hisoblash markazining "UzASBO va "DMBAT" dasturiy majmualari bo'yicha "Tezkor aloqasi"

Statistika

Hozir 393 mehmonlar va ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchi yo'q saytda

Arxiv

Ishonch telefonlariga bo'lgan qo'ng'iroqlarni baholash statistikasi

Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, sichqoncha bilan belgilab, administratorni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

© 2019 O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan olingan
ma'lumotlardan foydalanilganda O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining rasmiy veb sayti 
www.mf.uz ko‘rsatilishi shart. Saytni ishlab chiqish va qo'llab-quvvatlash Moliya vazirligi AHM tomonidan amalga oshiriladi

DMC Firewall is a Joomla Security extension!