РУССКИЙ  |  O'ZBEKCHA  |  ENGLISH                          

       O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi

MOLIYA TIZIMINING 2018 YILDAGI FAOLIYATI TAHLIL ETILDI HAMDA ISTIQBOLDAGI USTUVOR VAZIFALAR BELGILAB OLINDI

29
Yan 2019
753 marta ko'rildi

MOLIYA TIZIMINING 2018 YILDAGI FAOLIYATI TAHLIL ETILDI HAMDA ISTIQBOLDAGI USTUVOR VAZIFALAR BELGILAB OLINDI

Concrete

Joriy yilning 28 yanvar kunida Moliya vazirligida Davlat byudjetining 2018 yilgi ijrosi va 2019 yilgi byudjet parametrlarini sifatli ijro etilishini ta’minlash hamda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 28 dekabrdagi Oliy Majlisga Murojaatnomasi davomida berilgan topshiriqlardan kelib chiqadigan moliya tizimi xodimlarining vazifalariga bag’ishlangan navbatdagi kengaytirilgan Hay’at yig’ilishi o’tkazildi.

Hay’at yig’ilishi videoselektor tarzida (respublika studiyasi hamda hududiy studiyalarda) o’tkazildi. Markaziy apparatning boshqarma boshliqlari, vazirlik huzuridagi tashkilotlar rahbarlari, shuningdek, Qoraqalpog’iston Respublikasi Moliya vaziri, viloyatlar va Toshkent shahar moliya bosh boshqarmalari boshliqlari, G’aznachilik boshqarmalari boshliqlari, Davlat moliyaviy nazorati boshqarmalari boshliqlari hamda Byudjetdan tashqari pensiya jamg’armasi boshqarmalari boshliqlaridan iborat jami 96 nafar rahbar hodimlar bevosita Respublika studiyasida, 656 nafar rahbar hodimlar esa tashkil etilgan hududiy studiyalarda ishtirok etdi.

Mazkur Hay’at yig’ilishida:

-    O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 28 dekabrdagi Oliy Majlisga Murojaatnomasi davomida berilgan topshiriqlardan kelib chiqadigan moliya tizimi xodimlarining zimmasiga yuklatilgan asosiy vazifalar;
-    O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 26 dekabrdagi PQ-4086-sonli «O’zbekiston Respublikasining 2019 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkichlari prognozi va Davlat byudjeti parametrlari hamda 2020-2021 yillarga byudjet mo’ljallari to’g’risida”gi qaroridan kelib chiqib byudjet–soliq siyosatining yo’nalishlari;
-    Davlat byudjeti, xususan mahalliy byudjetlar daromadlar 2018 yil ijrosi va 2019 yilda ko’riladigan chora-tadbirlari;
-    Davlat byudjeti, xususan mahalliy byudjetlar xarajatlar 2018 yil ijrosi va 2019 yilda ko’riladigan chora-tadbirlari;
-    Moliya tizimi faoliyatini yanada yaxshilashga qaratilgan boshqa masalalar ko’rib chiqildi.

Shuningdek, tadbirda, 2019 yilda ham iqtisodiyotimizning yuqori va barqaror o’sish sur’atlarini saqlab qolishda davlat byudjeti daromadlari tushumini ko’paytirish, bu borada qo’shimcha zaxiralarni izlab topish hamda byudjet xarajatlarining aniq maqsadlarda yo’naltirish bilan birga uning natijadorligini oshirish bilan bog’liq ustuvor-eng asosiy vazifalar belgilab olindi.

Concrete

Concrete

Izoh qoldiring

Make sure you enter the (*) required information where indicated. HTML code is not allowed.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

Ishonch telefoni bo'yicha murojaatlar statistikasi

Paris

Vazirlikka kelgan xatlar holatini ko'rish

Yangiliklar taqvimi

« Dekabr 2019 »
Dush Sesh Chor Pay Jum Shan Yak
            1
2 3 4 5 6 7 8
9 10 11 12 13 14 15
16 17 18 19 20 21 22
23 24 25 26 27 28 29
30 31          

Axborot-hisoblash markazining tezkor aloqa raqami (0-371) 202 03 02

Moliya vazirligi Axborot-hisoblash markazining "UzASBO va "DMBAT" dasturiy majmualari bo'yicha "Tezkor aloqasi"

Statistika

Hozir 385 mehmonlar va ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchi yo'q saytda

Arxiv

Ishonch telefonlariga bo'lgan qo'ng'iroqlarni baholash statistikasi

Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, sichqoncha bilan belgilab, administratorni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

© 2019 O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan olingan
ma'lumotlardan foydalanilganda O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining rasmiy veb sayti 
www.mf.uz ko‘rsatilishi shart. Saytni ishlab chiqish va qo'llab-quvvatlash Moliya vazirligi AHM tomonidan amalga oshiriladi

DMC Firewall is developed by Dean Marshall Consultancy Ltd