РУССКИЙ  |  O'ZBEKCHA  |  ENGLISH                          

       O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi

«MOLIYA BOZORI VA MOLIYA XIZMATLARI SOHASINI YANADA RIVOJLANTIRISHNING DOLZARB MUAMMOLARI VA ISTIQBOLLARI: MILLIY AMALIYOT VA XALQARO TAJRIBA” MAVZUIDAGI XALQARO DAVRA SUHBATI PRESS - RELIZI

30
Avg 2018
1180 marta ko'rildi

«MOLIYA BOZORI VA MOLIYA XIZMATLARI SOHASINI YANADA RIVOJLANTIRISHNING DOLZARB MUAMMOLARI VA ISTIQBOLLARI: MILLIY AMALIYOT VA XALQARO TAJRIBA” MAVZUIDAGI XALQARO DAVRA SUHBATI PRESS - RELIZI

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Byudjet va iqtisodiy islohotlar masalalari hamda Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qo‘mitalari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi bilan hamkorlikda “Moliya bozori va moliya xizmatlari sohasini yanada rivojlantirishning dolzarb muammolari va istiqbollari: milliy amaliyot va xalqaro tajriba” mavzuida xalqaro davra suhbati tashkil etildi.

Tadbirda senatorlar, xorijiy va milliy ekspertlar, mutasaddi vazirlik hamda idoralar, tijorat banklari vakillari, shuningdek ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.

Davra suhbatida O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi vakillari ham “Davlat qimmatli qog’ozlari bozori investitsiya loyihalarini moliyashtirishning manbasi sifatida” mavzusidagi ma’ruza bilan faol ishtirok etishdi. 

Tadbir davomida Moliya vazirligi vakillari boshqa ishtirokchilar birgalikda respublikada davlat qimmatli qog’ozlar bozorini rivojlantirish, bozor infratuzilmasini shakllantirish, davlat qimmatli qog’ozlari muomalasida moliyaviy institutlar, jumladan, tijorat banklari va sug’urta kompaniyalari faolligini oshirish, shuningdek davlat investitsiya dasturlarini moliyalashtirishda mazkur instrumentlardan foydalanish imkoniyatlariga oid masalalar muhokama qilindi.

Shuningdek, tadbirda so‘zga chiqqanlar iqtisodiyotning real sektori va moliya bozori o‘rtasidagi uzilish sababli korxonalar investitsiyaviy mablag‘larni jalb qilishda moliya bozori vositalaridan foydalanishda qiyinchiliklarga duch kelayotganini, minoritarlarning moliya bozoriga kirib borishi orqali qimmatli qog‘ozlar bozoridagi salmog‘ini oshirish masalasi yechimini kutayotgan dolzarb muammolardan biri bo‘lib qolayotganini ta’kidlab o‘tdilar.

Shu munosabat bilan moliya bozori sohasida malakali mutaxassislarni tayyorlash, aholining moliyaviy savodxonligini oshirish zarurligini, o‘z o‘rnida bu jarayon qimmatli qog‘ozlarni sotish orqali jismoniy va yuridik shaxslarning bo‘sh pul mablag‘larini mamlakat iqtisodiyotiga jalb etishning sinalgan usullaridan ekanligini rivojlangan davlatlar amaliyoti ham tasdiqlab turibdi.

Davra suhbati yakuni bo‘yicha amaldagi qonun hujjatlariga moliya bozori va moliyaviy xizmatlarni rivojlantirish, fond birjasi mexanizmlarini takomillashtirish hamda davlat qisqa muddatli qimmatli qog‘ozlarini chiqarish bilan bog‘liq o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqildi.

Izoh qoldiring

Make sure you enter the (*) required information where indicated. HTML code is not allowed.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

Ishonch telefoni bo'yicha murojaatlar statistikasi

Paris

Vazirlikka kelgan xatlar holatini ko'rish

Yangiliklar taqvimi

« Dekabr 2019 »
Dush Sesh Chor Pay Jum Shan Yak
            1
2 3 4 5 6 7 8
9 10 11 12 13 14 15
16 17 18 19 20 21 22
23 24 25 26 27 28 29
30 31          

Axborot-hisoblash markazining tezkor aloqa raqami (0-371) 202 03 02

Moliya vazirligi Axborot-hisoblash markazining "UzASBO va "DMBAT" dasturiy majmualari bo'yicha "Tezkor aloqasi"

Statistika

Hozir 295 mehmonlar va ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchi yo'q saytda

Arxiv

Ishonch telefonlariga bo'lgan qo'ng'iroqlarni baholash statistikasi

Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, sichqoncha bilan belgilab, administratorni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

© 2019 O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan olingan
ma'lumotlardan foydalanilganda O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining rasmiy veb sayti 
www.mf.uz ko‘rsatilishi shart. Saytni ishlab chiqish va qo'llab-quvvatlash Moliya vazirligi AHM tomonidan amalga oshiriladi

DMC Firewall is developed by Dean Marshall Consultancy Ltd