РУССКИЙ  |  O'ZBEKCHA  |  ENGLISH                          

       O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi

mf.ijro.uz dasturiy taʼminotiga ulanishning afzalliklari

24
Dek 2018
766 marta ko'rildi

mf.ijro.uz dasturiy taʼminotiga ulanishning afzalliklari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5 oktyabrdagi “Davlat organlari va tashkilotlarida ijro intizomini yanada mustahkamlash chora tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3962-sonli qarori ijrosi yuzasidan qabul qilingan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2018 yil 12 oktyabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tizimida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada takomillashtirish va ijro intizomini yanada mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 166-sonli buyrugʻiga muvofiq, 2018 yilning 2-30 oktyabr kunlari “mf.ijro.uz” dasturiy taʼminotiga ulandi va vazirlik markaziy apparati “test” jarayonida ishladi hamda joriy yilning 1 noyabrdan boshlab barcha hujjatlar aylanmasi butunlay “mf.ijro.uz” tizimiga oʻtkazildi.

Vazirlikning Ijro intizomi va murojaatlar bilan ishlash boshqarmasi tashabbusi bilan joriy qilingan hujjatlar aylanmasi afzallik va qulayliklari mavjud boʻlgan mazkur “mf.ijro.uz” elektron dasturiy taʼminot tizimiga oʻtkazilishi bugungi kunga kelib vazirlikka kirim qilinayotgan barcha hujjatlar tegishli mutasaddi rahbar va ijrochilarga yetkazilib qisqa vaqtlarda ijrolari taʼminlanishiga erishilmoqda.

Shu bilan birga vazirlikning hududiy moliya organlari va gʻaznachilik boʻlinmalari hamda vazirlik tizimidagi tashkilotlarida “mf.ijro.uz” tizimiga oʻtish jarayoni 2019 yilning yanvarь oyidan rejalashtirilgan.

Rejaga muvofiq hududiy moliya organlari va gʻaznachilik boʻlinmalari hamda vazirlik tizimidagi tashkilotlarni jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari bilan ishlash boʻyicha masʼul xodimlari, ish yurituvchilariga shu yilning 19-20-dekabr kunlari Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligida oʻquv seminari tashkil qilinib, ikki kun mobaynida“mf.ijro.uz” tizimidan hodimlarning toʻla qonli foydalanishlari, berilayotgan topshiriqlarni oʻz vaqtida sifatli bajarilishi va barcha hujjatlar aylanmasini toʻliq monitoringini yuritishlari yuzasidan nazariy va amaliy tushunchalar berildi.

Yuqorida taʼkidlab oʻtilgan Moliya vazirligining 166-buyrugʻiga asosan tashkil qilingan Ishchi guruh tomonidan “mf.ijro.uz” dasturiy taʼminotini yanada takomillashtirib borish yuzasidan taklif va tavsiyalarni ishlab chiqish hamda boshqarma, jamgʻarmalarning taklif, tavsiyalari asosida “UNICON-SOFT” MChJ mutaxassislari dasturga tegishli oʻzgartirishlarni kiritishmoqda va dastur yanada takomillashib bormoqda.

Izoh qoldiring

Make sure you enter the (*) required information where indicated. HTML code is not allowed.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

Ishonch telefoni bo'yicha murojaatlar statistikasi

Paris

Vazirlikka kelgan xatlar holatini ko'rish

Yangiliklar taqvimi

« Dekabr 2019 »
Dush Sesh Chor Pay Jum Shan Yak
            1
2 3 4 5 6 7 8
9 10 11 12 13 14 15
16 17 18 19 20 21 22
23 24 25 26 27 28 29
30 31          

Axborot-hisoblash markazining tezkor aloqa raqami (0-371) 202 03 02

Moliya vazirligi Axborot-hisoblash markazining "UzASBO va "DMBAT" dasturiy majmualari bo'yicha "Tezkor aloqasi"

Statistika

Hozir 538 mehmonlar va ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchi yo'q saytda

Arxiv

Ishonch telefonlariga bo'lgan qo'ng'iroqlarni baholash statistikasi

Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, sichqoncha bilan belgilab, administratorni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

© 2019 O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan olingan
ma'lumotlardan foydalanilganda O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining rasmiy veb sayti 
www.mf.uz ko‘rsatilishi shart. Saytni ishlab chiqish va qo'llab-quvvatlash Moliya vazirligi AHM tomonidan amalga oshiriladi

DMC Firewall is developed by Dean Marshall Consultancy Ltd