“Yagona reestr” АTni ishlab chiqish va joriy etish boʼyicha 2019-2020 yillarda Qoʼshma ikki yillik ish rejasi asosida UNICEFning Oʼzbekistondagi Vakolatxonasi granti asosida beriladigan moliyaviy, texnik va ekspert jihatidan qoʼllab-quvvatlashi hamda beriladigan kredit, shuningdek, Jahon bankining texnik va ekspert jihatidan qoʼllab-quvvatlashi hisobiga amalga oshirilishi belgilangan. Shuningdek, UNICEFning Oʼzbekistondagi Vakolatxonasi tomonidan “Yagona reestr” АTni ishlab chiqishga ixtisoslashtirilgan xalqaro kompaniya bilan kontrakt tuzilgan.
“Ijtimoiy himoya yagona reestri” axborot tizimini ishlab chiqish va joriy etish jarayonini texnik taʼminlash maqsadida UNICEFning Oʼzbekistondagi Vakolatxonasi tomonidan Pensiya jamgʼarmasi Sirdaryo viloyat boshqarmasi va tuman (shahar) boʼlimlariga 23 dona kompyuter, planshet va 11 dona lazerli printerlar ajratildi.Pensiya jamgʼarmasi Sirdaryo viloyati tuman (shahar) boʼlimlariga kam taʼminlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar tayinlash va ularning monitoringini amalga oshirish boʼyicha viloyat boshqarmasi va tuman (shahar) boʼlimlariga 12 nafar xodim ishga olindi.
UNICEFning Oʼzbekistondagi Vakolatxonasi tomonidan “Yagona reestr” АTni ishlab chiqishga ixtisoslashtirilgan xalqaro kompaniya bilan tuzilgan shartnoma boʼyicha dasturchi mutaxassislar, Moliya vazirligi va Pensiya jamgʼarmasi ijro etuvchi apparati xodimlari tomonidan “Yagona reestr” АTdan amaliyotda foydalanish tartib qoidalari hamda kam taʼminlangan oilalarga “Ijtimoiy himoya yagona reestri” axborot tizimi orqali ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam tayinlash va toʼlash tartibi toʼgʼrisidagi vaqtinchalik nizom muhokamasi hamda uning joylardagi ijrosiga bagʼishlangan oʼquv-amaliy seminarlari tashkil etildi.
Mazkur Qarorga muvofiq, Oʼzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʼarmasi “Yagona reestr” АTning egasi va foydalanuvchisi hisoblanib, joriy yilning bir oy mobaynida (2019 yil oktabr) yaʼni, 1 noyabr holatiga 2 103 nafar fuqarolarning oʼzini oʼzi boshqarish organlariga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam tayinlash yuzasidan ariza taqdim qilganliklari kuzatildi.
Yagona reestr” АT orqali kam taʼminlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam berishni koʼrib chiqish va tayinlash Sirdaryo viloyatida tajriba loyihasi doirasida 2019 yilning 1 oktyabridan boshlab amalga oshirilganligi sababli, amaliyotda hali ayrim kamchiliklar va muammolar mavjud ekanligidan koʼz yumib boʼlmaydi.
Bugungi kunga kelib, viloyatda ijtimoiy nafaqa va moddiy yordam uchun murojaat qilgan 2 103 nafar fuqarolarning taqdim qilgan hujjatlari boʼyicha barcha maʼlumotlari “Yagona reestr” АT dasturiga kiritilgan boʼlib, shundan: 1 691 nafar fuqarolarga ijtimoiy nafaqa va moddiy yordamlar tayinlangan. Shuningdek, ariza taqdim qilgan 313 nafar fuqarolarning dasturda moddiy ahvoli va boshqa maʼlumotlarini oʼrganish jarayonida turgan boʼlib, ularning maʼlumotlari saralashdan oʼtgandan keyin moddiy ahvoli qoniqarli toifalarining arizalari rad qilinishi mumkin. Bulardan tashqari, 99 nafar fuqarolarning murojaatlari kutish jarayonida turgan boʼlib, ularning hujjatlaridagi kamchiliklar va boshqa texnik sabablarga koʼra noyabr oyi toʼlov roʼyxatidan qoldirilgan. Ushbu murojaatlar boʼyicha mavjud kamchiliklar bartaraf etilgandan keyin, joriy oy davomida qayta oʼrganilib, hal etiladi.
Shuning uchun, Moliya vazirligi hamda Pensiya jamgʼarmasi ijro etuvchi apparatidan biriktirilgan masʼul xodimlar tomonidan joyiga chiqqan holda, muntazam ravishda “Yagona reestr” АT orqali ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordamlarni tayinlash va toʼlashdagi mavjud muammo va kamchiliklar oʼz vaqtida aniqlanib, ularni bartaraf qilish hamda mavjud muammolarni yechimini topish borasidan UNICEFning Oʼzbekistondagi Vakolatxonasi masʼullariga tegishli maʼlumotlar kiritib borilmoqda.
Yuqoridagilardan tashqari, shu yilning oktyabr oyida “Yagona reestr” АT va viloyatda kam taʼminlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam berish ishlari bilan yaqindan tanishish maqsadida Jahon banki vakillari viloyatga tashrif buyurdi. Jaxon banki vakillari Pensiya jamgʼarmasi Xovos tuman boʼlimida mutaxassislar bilan muloqot oʼtkazib, “Yagona reestr” axborot tizimiga arizalarni kiritish jarayoni bilan yaqindan tanishdilar.
Shuningdek, Jahon banki vakillari bilan birgalikda Moliya vazirligi va UNICEFning Oʼzbekistondagi Vakolatxonasi masʼul xodimlari ham ishtirok etishdi. Masʼullar tomonidan viloyatning Xovos tumani hamda Yangier, Guliston shaharlari, Guliston, Mirzaobod va Sirdaryo tumanlarida “Yagona reestr” АT va viloyatda kam taʼminlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam berish boʼyicha ish jarayonlari bilan tanishdilar hamda amaliyotdagi kamchiliklar va takliflarni yozib oldilar.
Jahon banki va UNICEF vakillari “Yagona reestr” АTdan amaliyotda foydalanish tartib qoidalari hamda kam taʼminlangan oilalarga “Ijtimoiy himoya yagona reestri” axborot tizimi orqali ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam tayinlash va toʼlash tartibi yuzasidan oʼzlarining tavsiya hamda maslahatlari bilan oʼrtoqlashishdi.
Pensiya jamgʼarmasi matbuot xizmati