РУССКИЙ  |  O'ZBEKCHA  |  ENGLISH                          

       O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi

“ENG YAXSHI AUDITOR–2016”, “ENG YAXSHI BUXGALTER–2016”, “ENG YAXSHI ICHKI AUDITOR–2016” RESPUBLIKA TANLOVLARINING YAKUNLARI

19
Dek 2016
3341 marta ko'rildi

“ENG YAXSHI AUDITOR–2016”, “ENG YAXSHI BUXGALTER–2016”, “ENG YAXSHI ICHKI AUDITOR–2016” RESPUBLIKA TANLOVLARINING YAKUNLARI

2016 yil 9 dekabr kuni “ENG YAXSHI AUDITOR–2016”, “ENG YAXSHI BUXGALTER–2016”, “ENG YAXSHI ICHKI AUDITOR–2016” tanlov natijalariga bagʻishlangan har yilgi tantanali tadbir boʻlib oʻtdi.  Unda anʼanaga koʻra, Respublika Tanlov Komissiyasining Tashkiliy qoʻmitasi barcha nominatsiyalar boʻyicha gʻoliblarni eʼlon qildi.

Mazkur tanlovlarning asosiy maqsadi buxgalter va auditorlik kasblarining nufuzini oshirish, ijtimoiy ahamiyatini kuchaytirish hamda uni yanada rivojlantirishdan iboratdir. Tanlov olti yildan buyon oʻtkazib kelinmoqda va u barcha kasb egalarini birgalikda toʻplab tanlov gʻoliblarini qutlash uchun ajoyib anʼanaga aylandi.  

Tanlov tashkilotchilari boʻlib, Oʻzbekiston buxgalterlar va auditorlar milliy assotsiatsiyasi, Oʻzbekiston auditorlar palatasi, Oʻzbekiston buxgalterlar federatsiyasi, “Soliq va bojxona xabarlari” haftalik moliyaviy-iqtisodiy gazetasi, “Soliq Info” haftalik ijtimoiy-iqtisodiy gazetasi hisoblanadi.

Tanlovlar Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi koʻmagida oʻtkazildi. 

Joriy yilda tanlovlarni oʻtkazish uchun masʼul tashkilot sifatida Oʻzbekiston buxgalterlar federatsiyasi faoliyat olib bordi.

Respublika tanlovlarining gʻoliblari 

I oʻrin: 
“Eng yaxshi auditor–2016” 

Boʻtayev Shohrux Shavkatovich, MChJ shaklidagi “PricewaterhouseCoopers” auditorlik tashkilotining auditori. 
“Eng yaxshi buxgalter–2016” 
Roʻzmamatov Anvar Qadamboyevich, “WENZHOU JINSHENG TRADE CO., LTD” kompaniyasi vakolatxonasining buxgalteri - moliyaviy maslahatchisi. 
“Eng yaxshi ichki auditor–2016” 
Yusupov Alisher Eshqoʻziyevich, “Sirdaryo hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” 
AJ ichki audit xizmati auditori. 

II oʻrin: 
 “Eng yaxshi auditor–2016” 

Hasanov Abror Narziqulovich, MChJ shaklidagi “FTF-AUDIT” auditorlik tashkilotining auditori. 
Berdiyev Feruz Volodyayevich, MChJ shaklidagi “FTF-AUDIT” auditorlik tashkilotining auditori. 
“Eng yaxshi buxgalter–2016” 
Tolmacheva Aleksandra Vladimirovna, “MEDIOFARM PLAST” XK bosh buxgalteri. 

III oʻrin: 
“Eng yaxshi auditor–2016” 

Nazarov Sher Mahkamovich, MChJ shaklidagi “PROGRESS AUDIT” auditorlik tashkilotining katta auditori. 
 “Eng yaxshi buxgalter–2016” 
Umarov Asomiddin Saidahmatovich, “Modellar Uyi Galereyasi” MChJ bosh buxgalteri. 
“Eng yaxshi ichki auditor–2016” 
Mamadaliyev Suhrob Rustamovich, “Oʻzmetkombinat” AJ ichki auditorlik xizmatining auditori. 

Tanlov gʻoliblariga turli darajadagi diplomlar va sovgʻa sertifikatlari bilan taqdirlandilar.

Oxirgi o'zgartirish Dushanba, 19 Dekabr 2016 11:59

Izoh qoldiring

Make sure you enter the (*) required information where indicated. HTML code is not allowed.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

Ishonch telefoni bo'yicha murojaatlar statistikasi

Paris

Vazirlikka kelgan xatlar holatini ko'rish

Yangiliklar taqvimi

« Yanvar 2020 »
Dush Sesh Chor Pay Jum Shan Yak
    1 2 3 4 5
6 7 8 9 10 11 12
13 14 15 16 17 18 19
20 21 22 23 24 25 26
27 28 29 30 31    

Axborot-hisoblash markazining tezkor aloqa raqami (0-371) 202 03 02

Moliya vazirligi Axborot-hisoblash markazining "UzASBO va "DMBAT" dasturiy majmualari bo'yicha "Tezkor aloqasi"

Statistika

Hozir 553 mehmonlar va ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchi yo'q saytda

Arxiv

Ishonch telefonlariga bo'lgan qo'ng'iroqlarni baholash statistikasi

Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, sichqoncha bilan belgilab, administratorni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

© 2020 O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan olingan
ma'lumotlardan foydalanilganda O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining rasmiy veb sayti 
www.mf.uz ko‘rsatilishi shart. Saytni ishlab chiqish va qo'llab-quvvatlash Moliya vazirligi AHM tomonidan amalga oshiriladi

DMC Firewall is a Joomla Security extension!