РУССКИЙ  |  O'ZBEKCHA  |  ENGLISH                          

       O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi

DAVLAT MOLIYAVIY NAZORATI BOSH BOSHQARMASI VA UNING HUDUDIY BOSHQARMALARI TOMONIDAN 2019 YIL 1-CHORAGIDA O’TKAZILGAN NAZORAT TADBIRLARI NATIJALARI TO’G’RISIDA MA’LUMOT

11
Apr 2019
2193 marta ko'rildi

DAVLAT MOLIYAVIY NAZORATI BOSH BOSHQARMASI VA UNING HUDUDIY BOSHQARMALARI TOMONIDAN 2019 YIL 1-CHORAGIDA O’TKAZILGAN NAZORAT TADBIRLARI NATIJALARI TO’G’RISIDA MA’LUMOT

Concrete

Moliya vazirligining Davlat moliyaviy nazorati bosh boshqarmasi o’z faoliyatida zamonaviy axborot texnologiyalari va ma’lumotlar bazasidan keng foydalangan holda kameral nazoratni amalga oshirish va byudjet muassasalarida qonun buzilish holatlarini oldini olish hamda davlat byudjeti va maqsadli jamg’armalar mablag’larining sarflanishida byudjet qonunchiligiga rioya etilishi ustidan moliyaviy nazorat tadbirlari sonini qisqartirish va samaradorligini oshirishga qaratilgan tizimli ishlarni amalga oshirmoqda.

2019 yil 1 - choragida Davlat moliyaviy nazorati bosh boshqarmasi va uning hududiy boshqarmalari tomonidan Ish rejasi, Hukumat va huquqni muhofaza qiluvchi organlarning topshiriqlari asosida 1 993 ta nazorat tadbirlari o’tkazildi. 

O’tkazilgan nazorat tadbirlari natijasida jami 70,2 mlrd.so’m miqdorida byudjet intizomini buzilish holatlari va boshqa noqonuniy xarajatlar aniqlandi. Shuni ta’kidlash joizki, 2019 yilning 1-choragida nazorat tadbirlari samaradorligi 2018 yil mos davriga nisbatan samaradorlik 2 martaga ortgan (2018 yil 1-chorakda 30 mlrd.so’m bo’lgan).

Nazorat tadbirlarining asosiy qismi (68,1%) byudjet intizomiga rioya etilishi va mablag’larning maqsadli foydalanishi yuzasidan o’tkazilgan bo’lib, nazorat tadbirlarida aniqlangan 23,4 mlrd so’m byudjet intizomini buzish, pul va tovar moddiy boyliklar kamomadi, maqsadsiz va asossiz xarajatlardan 19 mlrd.so’mi (81,2%)ni (2018 yilda 67,4%ni tashkil etgan) byudjetga tiklanishi ta’minlandi.

Vazirlik va idoralar kesimida eng ko’p miqdorda aniqlangan qonunbuzilish holatlari quyidagicha:

  • Oliy va o’rta maxsus ta’limi vazirligi tizimida qonunbuzilish holatlari miqdori 6,2 mlrd.so’mni tashkil etib, shundan 4,9 mlrd.so’mi (78%) byudjetga tiklandi;
  • Xalq ta’limi vazirligi tizimida qonunbuzilish holatlari miqdori 3,7 mlrd.so’mni tashkil etib, shundan 3 mlrd.so’mi (80%) byudjetga tiklandi;
  • Sog’liqni saqlash vazirligi tizimida qonunbuzilish holatlari miqdori 1,5 mlrd.so’mni tashkil etib, shundan 1,4 mlrd so’mi (89%) byudjetga tiklandi;
  • Maktabgacha ta’limi vazirligi tizimida qonunbuzilish holatlari 1,5 mlrd.so’mni tashkil etib, shundan 1,2 mlrd.so’mi (83%) byudjetga tiklandi.

Yirik miqdorda moliyaviy xato va kamchiliklar Jizzax (5,3 mlrd.so’m), Surxondaryo (2,5 mlrd.so’m), Farg’ona (2,1 mlrd.so’m), Samarqand (2,1 mlrd.so’m), Qashqadaryo (1,9 mlrd.so’m), Andijon (1,5 mlrd.so’m), Toshkent (1,3 mlrd.so’m) viloyatlarida va Toshkent shahrida (2,6 mlrd.so’m) aniqlangan. 

Byudjet intizomini buzilishiga yo’l qo’ygan byudjet tashkilotlarining 67 nafar mansabdor va mas’ul shaxslariga qonunchilikda belgilangan tartibda 47,8 mln.so’mlik ma’muriy jarimalar qo’llanildi. 

Bundan tashqari, 2019 yilning 1-choragida Toshkent viloyati mahalliy byudjetining tuzilishi va ijrosi yuzasidan keng qamrovli nazorat tadbiri o’tkazilib, unda xarajatlar smetalarida ortiqcha rejalashtirish, asossiz ish haqi to’lash, bajarilmagan ishlar uchun to’lovlarni amalga oshirish, tovar-moddiy boyliklarni hisobotga kirim qilmaslik hamda kamomad va o’zlashtirishlar kabi 6,6 mlrd.so’mlik moliyaviy xato-kamchiliklarga yo’l qo’yilganligi aniqlandi. 

Nazorat tadbiri davrida ko’rilgan chora-tadbirlar va ko’rsatilgan amaliy yordamlar natijasida asossiz sarflangan 4,5 mlrd. so’m mablag’larni byudjetga tiklanishi ta’minlanib, 0,7 mlrd.so’mlik asossiz xarajatlarning oldi olindi.

Davlat moliyaviy nazorati bosh boshqarmasi va uning hududiy boshqarmalari tomonidan byudjet mablag’larining maqsadli sarflanishi yuzasidan nazorat tadbirlarida zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalari va ma’lumotlar bazasi vositasida kameral nazoratdan keng foydalanildi.

Hisobot davrida 1 147 ta byudjet muassasalarining “Davlat moliyasini boshqarish axborot dasturi” va “UzASBO” dasturidagi mavjud ma’lumotlaridan foydalangan holda kameral nazorat tadbirlari o’tkazildi.

Kameral nazorat o’tkazilgan muassasalardan 205 tasida me’yoriy hujjatlarga amal qilmagan holda 8 mlrd.so’mlik xato va kamchiliklarga yo’l qo’yilganligi aniqlanib, nazorat tadbiri davomida asossiz va noo’rin xarajatlardan 1,3 mlrd.so’mini tiklanishi ta’minlandi va 2,7 mlrd.so’m mablag’larning asossiz sarflanishini oldi olindi hamda nazorat tadbirlarida aniqlangan 5,6 mlrd.so’m qonunbuzilish holatlari bo’yicha 92 ta nazorat tadbirlari hujjatlari huquqiy baho berish uchun huquqni muhofaza qilish organlariga yuborildi.

Bundan tashqari, Davlat moliyaviy nazorati bosh boshqarmasi tomonidan davlat maqsadli jamg’armalari va Moliya vazirligi huzuridagi jamg’armalar mablag’larini maqsadli sarflanishi yuzasidan o’tkazilgan 405 ta nazorat tadbirlarida 25,5 mlrd.so’mlik moliyaviy qonunbuzilish holatlari va asossiz xarajatlar aniqlangan bo’lib, shundan 20 mlrd.so’mni tiklanishi ta’minlandi.

Shuningdek, Hukumat tomonidan kafolatlangan kreditlarni maqsadli sarflanishi va Bolalar sportini rivojlantirish jamg’armasi mablag’larini maqsadli ishlatilishi yuzasidan o’tkazilgan 76 ta nazorat tadbirlarida 2,4 mlrd.so’m miqdorda noqonuniy xarajatlarga yo’l qo’yilganligi aniqlanib, shundan 664 mln.so’mni tiklanishi ta’minlandi.

Hukumat va huquqni muhofaza qilish organlarining qarorlari va topshiriqlariga asosan 164 ta xo’jalik yurituvchi sub’ektlarda moliyaviy xo’jalik faoliyati yuzasidan nazorat tadbiri o’tkazilgan bo’lib, aniqlangan 18,9 mlrd.so’m miqdoridagi moliyaviy qonunbuzilish holatlari bo’yicha nazorat tadbirlari hujjatlari qonuniy chora ko’rish uchun prokuratura organlariga yuborildi.

Oxirgi o'zgartirish Juma, 12 Aprel 2019 11:38

Izoh qoldiring

Make sure you enter the (*) required information where indicated. HTML code is not allowed.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

Ishonch telefoni bo'yicha murojaatlar statistikasi

Paris

Vazirlikka kelgan xatlar holatini ko'rish

Yangiliklar taqvimi

« Fevral 2020 »
Dush Sesh Chor Pay Jum Shan Yak
          1 2
3 4 5 6 7 8 9
10 11 12 13 14 15 16
17 18 19 20 21 22 23
24 25 26 27 28 29  

Axborot-hisoblash markazining tezkor aloqa raqami (0-371) 202 03 02

Moliya vazirligi Axborot-hisoblash markazining "UzASBO va "DMBAT" dasturiy majmualari bo'yicha "Tezkor aloqasi"

Statistika

Hozir 275 mehmonlar va ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchi yo'q saytda

Arxiv

Ishonch telefonlariga bo'lgan qo'ng'iroqlarni baholash statistikasi

Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, sichqoncha bilan belgilab, administratorni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

© 2020 O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan olingan
ma'lumotlardan foydalanilganda O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining rasmiy veb sayti 
www.mf.uz ko‘rsatilishi shart. Saytni ishlab chiqish va qo'llab-quvvatlash Moliya vazirligi AHM tomonidan amalga oshiriladi

DMC Firewall is developed by Dean Marshall Consultancy Ltd