РУССКИЙ  |  O'ZBEKCHA  |  ENGLISH                          

       O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING 2016 YIL 15 SENTYABRDAGI “2016-2020 YILLARDA CHARM-POYABZAL SANOATINI RIVOJLANTIRISHGA OID CHORA-TADBIR TOʻGʻRISIDA”GI PQ-2592-SONLI QARORI TOʻGʻRISIDA MAʼLUMOT

20
Dek 2016
2995 marta ko'rildi

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING 2016 YIL 15 SENTYABRDAGI “2016-2020 YILLARDA CHARM-POYABZAL SANOATINI RIVOJLANTIRISHGA OID CHORA-TADBIR TOʻGʻRISIDA”GI PQ-2592-SONLI QARORI TOʻGʻRISIDA MAʼLUMOT

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 15 sentyabrdagi “2016-2020 yillarda charm-poyabzal sanoatini rivojlantirishga oid chora-tadbir toʻgʻrisida”gi PQ-2592-sonli Qarori, iqtisodiyotda tarkibiy oʻzgartirishlarni chuqurlashtirish, charm-poyabzal sanoatini modernizatsiya va diversifikatsiyalash, teri xom ashyosini chuqur qayta ishlash asosida yuqori qoʻshilgan qymatga ega boʻlgan eksportbop tayyor mahsulotlarni ishlab chiqarish va ushbu maqsadlar uchun chet el investitsiyalarini keng jalb etish maqsadida qabul qilingan.  

Ushbu qaror bilan teri xom ashyosini qayta ishlash asosida, tashqi bozorda charm-poyabzal maxsulotlariga boʻlgan talabdan kelib chiqib, ishlab chiqarishni tashkil etish maqsadida topshiriq tasdiqlangan. 

Mazkur topshiriqda, 2016-2020 yillar mobaynida 1 683,5 mln. dollar evaziga sanoat maxsulotlararini ishlab chiqarishni tashkil etish koʻzda tutilgan. Jumladan, 29 157 ming juft poyabzal, 2 990,1 mln. kv. dm. Teri xom ashyosini qayta ishlash, shuningdek, 35,6 mln. dollar evaziga teri maxsulotlarini ishlab chiqarish koʻzda tutilgan. 

Bundan tashqari, 2016-2020 yillar mobaynida teri xom ashyosini chuqur qayta ishlash asosida tayyor eksportbop maxsulotlarni ishlab chiqarish uchun investitsiya loyihalari tasdiqlangan.

Investitsiya loyihalarini hayotga tadbiq etish maqsadida, 2016-2020 yillar mobaynida 76,5 mln. dollar evaziga 59 ta loyihani amalga oshirish koʻzda tutilgan, shundan 37 ta loyiha yangi ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etish boʻyicha (59,6 mln. dollar), mavjud ishlab chiqarish quvvatlarini modernizatsiya  va rekonstruktsiya qilish boʻyicha 22 ta loyiha (16,9 mln. dollar). 

Bugungi kunda, barcha tasdiqlangan loyihalar boʻyicha tarmoq jadvallari tasdiqlagan. Tasdiqlangan tarmoq jadvallariga koʻra, 2016 yilda teri xom ashyosini qayta ishlashga ixtisoslashgan va hozirda faoliyat yuritayotgan “MM Gudvill” MChJ korxonasini modernizatsiyalash boʻyicha investitsiya loyihasi amalga oshirildi hamda 1,0 mln. dollar miqdori mablagʻlar oʻzlashtiritildi, natijada 3,0 mln. kv.dm teri maxsulotlarini qayta ishlash quvvatlari yaratildi va 10 ta ish oʻrinlari yaratildi.

Yuqori qiymatga ega boʻlgan charm-poyabzal maxsulotlarini tashqi bozorga sotish boʻyicha 2017 yilda 6,7 mln. dollar evaziga 11 ta investitsiya loyihasi amalga oshirilishi natijasida 385 ish oʻrinlari yaratilishi koʻzda tutilgan.
 

Oxirgi o'zgartirish Seshanba, 20 Dekabr 2016 10:39

Izoh qoldiring

Make sure you enter the (*) required information where indicated. HTML code is not allowed.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

Ishonch telefoni bo'yicha murojaatlar statistikasi

Paris

Vazirlikka kelgan xatlar holatini ko'rish

Yangiliklar taqvimi

« Yanvar 2020 »
Dush Sesh Chor Pay Jum Shan Yak
    1 2 3 4 5
6 7 8 9 10 11 12
13 14 15 16 17 18 19
20 21 22 23 24 25 26
27 28 29 30 31    

Axborot-hisoblash markazining tezkor aloqa raqami (0-371) 202 03 02

Moliya vazirligi Axborot-hisoblash markazining "UzASBO va "DMBAT" dasturiy majmualari bo'yicha "Tezkor aloqasi"

Statistika

Hozir 584 mehmonlar va ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchi yo'q saytda

Arxiv

Ishonch telefonlariga bo'lgan qo'ng'iroqlarni baholash statistikasi

Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, sichqoncha bilan belgilab, administratorni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

© 2020 O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan olingan
ma'lumotlardan foydalanilganda O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining rasmiy veb sayti 
www.mf.uz ko‘rsatilishi shart. Saytni ishlab chiqish va qo'llab-quvvatlash Moliya vazirligi AHM tomonidan amalga oshiriladi

Our website is protected by DMC Firewall!