РУССКИЙ  |  O'ZBEKCHA  |  ENGLISH                          

       O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING 2013 YIL 3 DEKABRDAGI 315-SONLI QARORI TASDIQLANGAN TADBIRLARI IJROSI BO’YICHA MA’LUMOT

05
Iyul 2016
3150 marta ko'rildi

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING 2013 YIL 3 DEKABRDAGI 315-SONLI QARORI TASDIQLANGAN TADBIRLARI IJROSI BO’YICHA MA’LUMOT

Muhtaram Prezidentimiz tomonidan olib borilayotgan odilona siyosat negizida aholi turmush darajasini oshirish, yashash uchun munosib turar joy binolarini qurish, ijtimoiy-maishiy infratuzilmani yaratish, zamonaviy yo‘llarni va muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish borasida aniq tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Shuningdek, bugungi kunda, O‘zbekiston Respublikasi aholisiga qulay yashash sharoitlari yaratish, sanitariya-gigiyena normalariga rioya qilish, atrof-muhitni obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarini jadallashtirish, shuningdek, tabiatga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lish kabi xalq an‘analarini tiklash maqsadida izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Mamlakatimizda ijtimoiy, transport va muhandislik infratuzilmasini rivojlantirish, shaharlarning arxitekturaviy-rejali qurilishini tubdan yangilash kompleks chora-tadbirlari dasturini belgilab beradigan normativ-xuquqiy xujjatlar bilan bir qatorda aholining sog‘lig‘iga salbiy ta‘sir ko‘rsatuvchi omillarni kamaytirish va sanitariya-gigiyena normalariga rioya qilish kabi tadbirlarini nazarda tutuvchi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Respublika aholi punktlarida sanitariya jihatidan tozalash tizimini rivojlantirish va takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori (03.12.2013 yil № 315) qabul qilingan.

Mazkur qaror bilan Respublika aholi punktlarida sanitariya jihatidan tozalash tizimini yanada yaxshilash, shaharlar va tumanlarda aholining qattiq maishiy chiqindilarini tizimli ravishda tashib ketilishini tashkil etish, moddiy-texnika bazasini maxsus texnikalar bilan zarur miqdorda ta‘minlash, mavjud poligonlarni sanitariya qoidalari va normalari asosida tartibga keltirish borasida 6 ta dastur va 1 ta kompleks tadbirlar tasdiqlangan.

Ushbu qaror bilan belgilab berilgan dasturlar ijrosini ta‘minlash yuzasidan 2014-2015 yillarda mamlakatimizda bir qator tadbirlar amalga oshirildi. 

1. Mazkur qarorda belgilangan tadbirlar ijrosini ta‘minlash maqsadida 2014-2015 yillarda Davlat byudjeti hisobidan jami 226,5 mlrd.so‘m mablag‘ ajratildi (2014 yilda - 104,5 mlrd.so‘m, 2015 yilda - 122,0 mlrd.so‘m).

2. Obodonlashtirish boshqarmalari tomonidan aholi va ulgurji iste‘molchilarni sanitar tozalash xizmatlari bilan 100 % qamrab olinishini ta‘minlash maqsadida mamlakatimiz bo‘yicha jami 982 dona maxsus texnikalar (musorovoz) bilan ta‘minlandi.

3. Respublika bo‘yicha aholi yashash punktlarida 17 273 ta axlat to‘plash shaxobchalari qurildi va ular to‘liq konteynerlar bilan jihozlandi.

4. Respublikaning tuman obodonlashtirish boshqarmalari balansida bo‘lgan 102 ta chiqindi poligonlari devor bilan o‘rab olindi hamda ushbu poligonlar jami 330 dona maxsus texnikalar bilan jihozlandi.

Shuningdek, Respublikaning shahar va tumanlarida ushbu faoliyat bilan shug‘ullanuvchi ixtisoslashtirilgan sanitar tozalash korxonalari va obodonlashtirish boshqarmalarida jami 3 382 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi va aholi farovonligining oshirilishi ta‘minlandi.

Vazirlar Mahkamasining yuqoridagi qarori bilan belgilangan  dasturlar ijrosini sifatli nihoyasiga yetkazilishini ta‘minlash hamda Respublikamiz shaxar va tumanlarida obodonlashtirish ishlari ko‘lamining kengayishiga imkoniyat yaratish maqsadida 2016 yil mahalliy byudjet parametrlari hisobidan hududiy Obodonlashtirish boshqarmalariga jami 77,4 mlrd. so‘m mablag‘ ajratilishi ko‘zda tutildi. Ushbu mablag‘lar hisobidan quyidagi tadbirlarni amalga oshirish ko‘zda tutilmoqda.

Jumladan:

- respublika bo‘yicha tuman Obodonlashtirish boshqarmalarini 16 dona chiqindi tashish texnikalari va ular balansidagi chiqindi poligonlari uchun 277 dona (buldozer, avtopogruzchik, samosval, avtotarozi) maxsus texniklar bilan jihozlash;
- respublika bo‘yicha aholi yashash punktlarida 1 312 ta axlat to‘plash shaxobchalarini qurish va ularni 3 209 dona konteynerlar bilan jihozlash;
- respublika bo‘yicha tuman Obodonlashtirish boshqarmalariga tegishli bo‘lgan 134 ta chiqindi poligonlarini tartibga keltirish himoya devorlari bilan o‘rab olish.

Ushbu chora-tadbirlar dasturi ijrosi natijasida Respublikada istiqomat qiluvchi aholi va ijtimoiy soha ob‘ektlari sanitar tozalash xizmatlari bilan to‘liq qamrab olinib, barcha hududlarida sanitariya-gigiyenik ahvol yaxshilanishiga erishiladi.
 

Oxirgi o'zgartirish Seshanba, 05 Iyul 2016 16:20

Izoh qoldiring

Make sure you enter the (*) required information where indicated. HTML code is not allowed.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

Ishonch telefoni bo'yicha murojaatlar statistikasi

Paris

Vazirlikka kelgan xatlar holatini ko'rish

Yangiliklar taqvimi

« Aprel 2020 »
Dush Sesh Chor Pay Jum Shan Yak
    1 2 3 4 5
6 7 8 9 10 11 12
13 14 15 16 17 18 19
20 21 22 23 24 25 26
27 28 29 30      

Axborot-hisoblash markazining tezkor aloqa raqami (0-371) 202 03 02

Moliya vazirligi Axborot-hisoblash markazining "UzASBO va "DMBAT" dasturiy majmualari bo'yicha "Tezkor aloqasi"

Statistika

Hozir 405 mehmonlar va ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchi yo'q saytda

Arxiv

Ishonch telefonlariga bo'lgan qo'ng'iroqlarni baholash statistikasi

Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, sichqoncha bilan belgilab, administratorni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

© 2020 O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan olingan
ma'lumotlardan foydalanilganda O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining rasmiy veb sayti 
www.mf.uz ko‘rsatilishi shart. Saytni ishlab chiqish va qo'llab-quvvatlash Moliya vazirligi AHM tomonidan amalga oshiriladi

Our website is protected by DMC Firewall!