РУССКИЙ  |  O'ZBEKCHA  |  ENGLISH                          

       O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING 2013 YIL 8 NOYABRDAGI 304-SONLI “RESPUBLIKA SHAHARLARIDA VA TUMAN MARKAZLARIDA KOMMUNAL DRENAJ TIZIMI ISHLARINI YAXSHILASHGA DOIR QO‘SHIMCHA CHORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA”GI QARORI TASDIQLANGAN TADBIRLARI IJROSI BO’YICHA MA’LUMOT

20
Iyun 2016
3390 marta ko'rildi

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING 2013 YIL 8 NOYABRDAGI 304-SONLI “RESPUBLIKA SHAHARLARIDA VA TUMAN MARKAZLARIDA KOMMUNAL DRENAJ TIZIMI ISHLARINI YAXSHILASHGA DOIR QO‘SHIMCHA CHORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA”GI QARORI TASDIQLANGAN TADBIRLARI IJROSI BO’YICHA MA’LUMOT

Muhtaram Prezidentimiz, Islom Abdug‘aniyevich Karimovning bugungi kundagi odilona siyosati ostida, hususan “Sog‘lom ona va bola yili” davlat dasturi doirasida Respublika aholisi turmush darajasini oshirish, yashash uchun munosib turar joy, ijtimoiy-maishiy infratuzilmani yaratish, yangi turar joy binolarini qurish, zamonaviy yo‘llarni va muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish borasida izchil chora-tadbirlar ko‘rilmoqda.

Qonunchilikni takomillashtirish asosida obodonlashtirish ishlarini boshqarish samaradorligini oshirish, qo‘shimcha ish o‘rinlari tashkil etish, shaharlar va tumanlar obodonlashtirish boshqarmalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash hisobiga respublika shaharlari va aholi punktlarini obodonlashtirishga doir muhim chora-tadbirlar ko‘rilmoqda.

Bugungi kunda, mamlakatimizda ijtimoiy, transport va muhandislik infratuzilmasini rivojlantirish, shaharlarning arxitekturaviy-rejali qurilishini tubdan yangilash kompleks chora-tadbirlari dasturini belgilab beradigan normativ-xuquqiy xujjatlar bilan bir qatorda yerlarning meliorativ holatini yanada yaxshilash va sizot suvlar sathini pasaytirish tadbirlarini nazarda tutuvchi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Respublika shaharlarida va tuman markazlarida kommunal drenaj tizimi ishlarini yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori (08.11.2013 yil № 304) qabul qilingan.

Mazkur qaror, drenaj xo‘jaligi ob‘ektlari faoliyatini takomillashtirish yo‘li bilan aholi sog‘lig‘iga salbiy ta‘sir etuvchi omillarni kamaytirish, axoli turmush darajasini oshirish, respublikamiz shaxar va tumanlarda yer osti muhandislik kommunikatsiyalarini, ko‘p qavatli uylarning yer-to‘lalarini agressiv sizot suvlar ta‘siridan himoya qilish, ularni suv toshqinlaridan saqlash maqsadida ishlab chiqilgan. 

Ushbu qaror bilan tasdiqlangan Dasturlarga asosan, 2014-2017 yillar davomida hududiy Obodonlashtirish boshqarmalari balansida bo‘lgan 1 536 ta drenaj quduqlari va 1 431 km uzunlikdagi drenaj kollektorlarida mukammal ta‘mirlash ishlarini xamda 379 ta drenaj quduqlarini yangidan qurish tadbirlarini amalga oshirish ko‘zda tutilgan.

Vazirlar Mahkamasining mazkur Qarori bilan tasdiqlangan Dasturlar ijrosini ta‘minlash maqsadida, 2016 yil davlat byudjeti parametrlarida jami 15,2 mlrd.so‘m, jumladan, 318 ta tik quduqlarni mukammal ta‘mirlashga 11,1 mlrd.so‘m va 67,8 km ochiq/yopiq kollektorlarni mukammal ta‘mirlashga 4,0 mlrd.so‘m mablag‘ ajratilgan.

Mukammal ta‘mirlanadigan va yangidan quriladigan drenaj xo‘jaligi ob‘ektlarida bugungi kunda ma‘nan eskirgan nasos uskunalarini zamonaviy energo-tejamkor uskunalarga almashtirish yo‘li bilan yiliga o‘rta xisobda 1,1 mlrd.so‘m elektro-energiya xarajatlarini qisqartirishga erishiladi. Bu o‘z navbatida iqtisod qilingan mablag‘lar xisobidan shaxar va tumanlarda obodonlashtirish ishlari ko‘lamining kengayishiga imkoniyat yaratadi.
 

Oxirgi o'zgartirish Dushanba, 20 Iyun 2016 11:17

Izoh qoldiring

Make sure you enter the (*) required information where indicated. HTML code is not allowed.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

Ishonch telefoni bo'yicha murojaatlar statistikasi

Paris

Vazirlikka kelgan xatlar holatini ko'rish

Yangiliklar taqvimi

« Aprel 2020 »
Dush Sesh Chor Pay Jum Shan Yak
    1 2 3 4 5
6 7 8 9 10 11 12
13 14 15 16 17 18 19
20 21 22 23 24 25 26
27 28 29 30      

Axborot-hisoblash markazining tezkor aloqa raqami (0-371) 202 03 02

Moliya vazirligi Axborot-hisoblash markazining "UzASBO va "DMBAT" dasturiy majmualari bo'yicha "Tezkor aloqasi"

Statistika

Hozir birgina mehmon va ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchi yo'q saytda

Arxiv

Ishonch telefonlariga bo'lgan qo'ng'iroqlarni baholash statistikasi

Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, sichqoncha bilan belgilab, administratorni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

© 2020 O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan olingan
ma'lumotlardan foydalanilganda O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining rasmiy veb sayti 
www.mf.uz ko‘rsatilishi shart. Saytni ishlab chiqish va qo'llab-quvvatlash Moliya vazirligi AHM tomonidan amalga oshiriladi

DMC Firewall is developed by Dean Marshall Consultancy Ltd