РУССКИЙ  |  O'ZBEKCHA  |  ENGLISH                          

       O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi

RESPUBLIKA MILLIY AXBOROT-KOMMUNIKATSIYA TIZIMINI RIVOJLANISHI, "ELEKTRON HUKUMAT" TIZIMINI RIVOJLANTIRISH BORASIDA ERISHILGAN YUTUQLARI VA AKTNI RIVOJLANTIRISHGA QO'SHGAN HISSASI UCHUN MOLIY VAZIRLIGIGA “ELEKTRON HUKUMAT” MARKAZI TOMONIDAN MINNATDORCHILIK HAQIDA MA’LUMOT

04
Sen 2016
2552 marta ko'rildi

RESPUBLIKA MILLIY AXBOROT-KOMMUNIKATSIYA TIZIMINI RIVOJLANISHI, "ELEKTRON HUKUMAT" TIZIMINI RIVOJLANTIRISH BORASIDA ERISHILGAN YUTUQLARI VA AKTNI RIVOJLANTIRISHGA QO'SHGAN HISSASI UCHUN MOLIY VAZIRLIGIGA “ELEKTRON HUKUMAT” MARKAZI TOMONIDAN MINNATDORCHILIK HAQIDA MA’LUMOT

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yil 27 iyundagi “Oʻzbekiston Respublikasi Milliy axborot-kommunikatsiya tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 1989-son qaroriga muvrfiq “Elektron hukumat” axborot tizimlari va maʼlumotlar bazalarini yaratish, telekommunikatsiya infrastrukturasini yanada rivojlantirish boʻyicha ishlar olib borilmoqda.

Amalga oshirilayotgan ishlarning samarasi oʻlaroq, mamlakatimiz elektron hukumati xalqaro miqyosda eʼtirof etildi. Joriy yilning 30 iyulida eʼlon qilingan “Birlashgan millatlar tashkilotining elektron hukumat boʻyicha tadqiqoti” nomli hujjatda Oʻzbekiston 20 pogʻonaga koʻtarildi va 193 davlat orasida 80-oʻrinni egalladi. Ushbu hujjatga koʻra, Oʻzbekiston rivojlanish koʻrsatkichi yuqori boʻlgan oʻn davlatdan biri boʻlib, oʻrtacha rivojlanish indeksiga ega boʻlgan davlatlar guruhidan yuqori rivojlanish indeksiga ega davlatlar guruhiga kiritildi.

Hujjatda keltirilgan koʻrsatkichlardan biri – “elektron xizmatlar” indeksi boʻyicha Oʻzbekiston 47 – oʻrinni egalladi.

Hujjatni tayyorlovchilar va tadqiqotchilar tomonidan Oʻzbekistonda 2015 yilda ishga tushirilgan Ochiq maʼlumotlar portali ahamiyati alohida taʼkidlab oʻtildi va uning xalqaro indeksning koʻtarilishidagi dolzarb oʻrni belgilandi. Maʼlumki Portal Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 7 avgustdagi “Ochiq maʼlumotlar taqdim etilishi hisobga olingan holda internet tarmogʻida Oʻzbekiston Respublikasining hukumat portalini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 232-son qaroriga muvofiq ishga tushirilgan va bugungi kunga kelib unda 86 tashkilot tomonidan 1 270 ta ochiq maʼlumotlar toʻplamlari joylashtirilgan.

Shu munosabat bilan, Oʻzbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi huzuridagi “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazi mamlakatimizning ushbu muvaffaqiyati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligini tabriklab, “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirishda qoʻshgan hissasi uchun minnatdorchilik bildiradi.

Oxirgi o'zgartirish Yakshanba, 04 Sentyabr 2016 09:58

Izoh qoldiring

Make sure you enter the (*) required information where indicated. HTML code is not allowed.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

Ishonch telefoni bo'yicha murojaatlar statistikasi

Paris

Vazirlikka kelgan xatlar holatini ko'rish

Yangiliklar taqvimi

« Aprel 2020 »
Dush Sesh Chor Pay Jum Shan Yak
    1 2 3 4 5
6 7 8 9 10 11 12
13 14 15 16 17 18 19
20 21 22 23 24 25 26
27 28 29 30      

Axborot-hisoblash markazining tezkor aloqa raqami (0-371) 202 03 02

Moliya vazirligi Axborot-hisoblash markazining "UzASBO va "DMBAT" dasturiy majmualari bo'yicha "Tezkor aloqasi"

Statistika

Hozir 265 mehmonlar va ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchi yo'q saytda

Arxiv

Ishonch telefonlariga bo'lgan qo'ng'iroqlarni baholash statistikasi

Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, sichqoncha bilan belgilab, administratorni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

© 2020 O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan olingan
ma'lumotlardan foydalanilganda O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining rasmiy veb sayti 
www.mf.uz ko‘rsatilishi shart. Saytni ishlab chiqish va qo'llab-quvvatlash Moliya vazirligi AHM tomonidan amalga oshiriladi

Our website is protected by DMC Firewall!