Print this page
05
Dek 2018
1468 marta ko'rildi

FUQAROLAR UCHUN BYUDJET LOYIHASINING TAQDIMOTI AHBOROTNOMASI

Concrete

Moliya vazirligida Nodavlat notijorat tashkilotlari, tarmoq vazirliklari, Oliy taʼlim muassalari, professor oʻqituvchilari, Buyuk Britaniyaning Oʻzbekistondagi vakolatxonasining vakillari, BMTning Traqqiyot dasturi masʼul xodimlari ishtirokida Fuqarolar uchun byudjet axborot nashrining taqdimoti boʻlib oʻtdi.

Prezidentimizning byudjet jarayonining shaffofligi va ochiqligini taʼminlash yuzasidan bergan topshiriqlari hamda xalqaro moliya institutlarining tavsiyalaridan kelib chiqqan holda fuqarolarimizni byudjet sohasidagi savodxonligini oshirish maqsadida 2019 yil Davlat byudjeti loyihasi boʻyicha “Fuqarolar uchun byudjet” axborot nashri Moliya vazirligi tomonidan tayyorlandi va Sizlarga havola etilmoqda.

Concrete

Fuqarolar uchun byudjet loyihasi BMTning Traqqiyot dasturi bilan hamkorlikda Buyuk Britaniyaning Oʻzbekistondagi vakolatxonasining moliyaviy yordamida tayyorlangan. Fuqarolar uchun byudjet – bu Davlat byudjeti toʻgʻrisida, keng omma (barcha fuqarolar) uchun qulay va tushunarli tilda koʻrsatilgan maʼlumotlar toʻplamidir. Fuqarolar uchun byudjet loyihasida iqtisodiy termin va atamalardan iloji boricha kamroq foydalangan holda koʻproq, inforgrafikalar, misollar va tahliliy koʻrsatkichlardan foydalanib, fuqarolarga imkon qadar qoʻproq foydali maʼlumotlarni yetkazish maqsad etib belgilangan. Fuqarolar uchun byudjet loyihasi Buyuk Britaniya, Rossiya federatsiyasi, Norvegiya, Braziliya, Meksika va boshqa koʻplab yetakchi davlatlarda chop etiladi. Umuman aytganda, ushbu axborot nashri fuqarolarni Oʻzbekiston Respublikasi davlat byudjeti maʼlumotlari bilan toʻliqroq tanishtirishga yordam beradi. Shu bilan birga, Moliya vazirligi masʼul xodimlari va Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot dasturining Oʻzbekistondagi vakillari tomonidan Toshkent Moliya institutida va Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universitetining Toshkent filiallarida ham Fuqarolar uchun byudjet loyihasi taqdimoti boʻlib oʻtdi. Ushbu Fuqarolar uchun byudjet axborot nashri bilan barcha fuqarolarimiz Moliya vazirligining www.mf.uz elektron manzili orqali tanishishlari mumkin.

Concrete

Concrete

Concrete

Concrete

Concrete

Qoʻshimcha ravishda shuni maʼlum qilamizki, 2019 yilning 1 yanvaridan boshlab fuqarolar oʻzlarini qiziqtirgan Davlat byudjeti maʼlumotlarini onlayn tarzda olishlari uchun bugungi kunda moliya vazirligi tomonidan “Ochiq byudjet” sayti ishlab chiqilmoqda.
Quyidagi havola orqali Fuqarolar uchun byudjet bilan tanishishingiz mumkin
Prezentatsiya 

Sizning fikringiz

Oxirgi o'zgartirish Payshanba, 06 Dekabr 2018 20:37
DMC Firewall is a Joomla Security extension!