РУССКИЙ  |  O'ZBEKCHA  |  ENGLISH                          

       O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi

BYUDJET TASHKILOTI XODIMLARI UCHUN YANA BIR QULAYLIK

26
May 2016
5862 marta ko'rildi

BYUDJET TASHKILOTI XODIMLARI UCHUN YANA BIR QULAYLIK

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan byudjet tashkilotlarida buxgalterlik hisobini yuritish uchun ishlab chiqilgan “UzASBO” dasturiy majmuasi hozirgi kunda byudjet va byudjetdan mablag’ oluvchi tashkilotlar uchun yaqin hamkor bo’lib xizmat qilmoqda. Dasturiy majmua imkoniyatlari yil sayin ko’payib, tashkilot buxgalterlarining ish samaradorligi oshmoqda. 

G’aznachilik organlarining tegishli bo’linmalariga, byudjet va byudjetdan mablag’ oluvchi tashkilotlarning birlamchi va moliyaviy hisobot xujjatlarini dasturiy majmua orqali to’liq elektron tarzda yuborilishi va ma’lumot almashinuv xizmati yo’lga qo’yildi. O’zbekiston Respublikasining 2004 yil 29 apreldagi “Elektron xujjat aylanishi to’g’risida”gi qonuni va Vazirlar Mahkamasining 2010 yil 22 iyuldagi “Respublikada qog’ozni tejash va undan oqilona foydalanishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’grisida”gi 155-son qarori ijrosini ta’minlashning yorqin misoli sifatida aynan “UzASBO” dasturiy majmuasini ko’rsatish mumkin.
 

Joriy 2016 yilning may oyidan boshlab esa “UzASBO” dasturiy majmuasida yana bir xizmat turi joriy etildi. Endilikda byudjet tashkilotlarida ishlovchi xodimlar “UzASBO” dasturiy majmuasida hisoblangan ish haqi va boshqa to‘lovlar to‘g‘risida Telegram messenjeri orqali ma‘lumot olishlari mumkin. Ushbu xizmat turidan foydalanish uchun @OYLIK (ushbu qo’llanmani buyerdan ko’chirib olishingiz mumkin:  0.3MB)

Shuni ta’kidlab o’tish lozimki joriy yilning fevral oyida ham xuddi shunday xizmat turi SMS xabarnoma tariqasida ishga tushirilgan edi. Yuqoridagi ikki usulning ham to’liq ishlashini ta’minlash uchun byudjet tashkiloti buxgalteriyasida tashkilot xodimlarining mobil telefon raqamlari «UzASBO» dasturiy majmuasiga tegishli ravishda kiritib qo’yilgan bo’lishi kerak bo’ladi.

Oxirgi o'zgartirish Dushanba, 30 May 2016 10:49

Izoh qoldiring

Make sure you enter the (*) required information where indicated. HTML code is not allowed.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

Ishonch telefoni bo'yicha murojaatlar statistikasi

Paris

Vazirlikka kelgan xatlar holatini ko'rish

Yangiliklar taqvimi

« Aprel 2020 »
Dush Sesh Chor Pay Jum Shan Yak
    1 2 3 4 5
6 7 8 9 10 11 12
13 14 15 16 17 18 19
20 21 22 23 24 25 26
27 28 29 30      

Axborot-hisoblash markazining tezkor aloqa raqami (0-371) 202 03 02

Moliya vazirligi Axborot-hisoblash markazining "UzASBO va "DMBAT" dasturiy majmualari bo'yicha "Tezkor aloqasi"

Statistika

Hozir 273 mehmonlar va ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchi yo'q saytda

Arxiv

Ishonch telefonlariga bo'lgan qo'ng'iroqlarni baholash statistikasi

Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, sichqoncha bilan belgilab, administratorni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

© 2020 O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan olingan
ma'lumotlardan foydalanilganda O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining rasmiy veb sayti 
www.mf.uz ko‘rsatilishi shart. Saytni ishlab chiqish va qo'llab-quvvatlash Moliya vazirligi AHM tomonidan amalga oshiriladi

Our website is protected by DMC Firewall!