РУССКИЙ  |  O'ZBEKCHA  |  ENGLISH                          

       O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi

DAVLAT MOLIYAVIY NAZORATI BOSH BOSHQARMASI VA UNING HUDUDIY BOSHQARMALARI TOMONIDAN 2018 YILNING 3-CHORAGIDA BYUDJET TASHKILOTLARIDA O’TKAZILGAN NAZORAT TADBIRLARI NATIJALARI TO’G’RISIDA MA’LUMOT

08
Okt 2018
846 marta ko'rildi

DAVLAT MOLIYAVIY NAZORATI BOSH BOSHQARMASI VA UNING HUDUDIY BOSHQARMALARI TOMONIDAN 2018 YILNING 3-CHORAGIDA BYUDJET TASHKILOTLARIDA O’TKAZILGAN NAZORAT TADBIRLARI NATIJALARI TO’G’RISIDA MA’LUMOT

Davlat moliyaviy nazorati bosh boshqarmasi va uning hududiy boshqarmalari tomonidan 2018 yilning 3-choragida Hukumat va huquqni muhofaza qiluvchi organlarning topshiriqlari hamda jismoniy shaxslarning murojaatlari asosida byudjet tashkilotlarida jami 1 334 ta davlat moliyaviy nazorati tadbirlari o’tkazildi. 

O’tkazilgan nazorat tadbirlaridan 1 111 tasida moliyaviy intizomga rioya qilinmay sarflangan mablag’lar 16,6 mlrd.so’mni, shundan kamomad va o’zlashtirishlar 4,5 mlrd.so’mni, noqonuniy xarajatlar 12,1 mlrd.so’mni tashkil etdi.

Nazorat tadbirlarini o’tkazish jarayonida va uning natijalari yuzasidan berilgan ko’rsatmalarga asosan aniqlangan 11,2 mlrd.so’m miqdoridagi noto’g’ri sarflangan mablag’lar belgilangan tartibda tiklanishi ta’minlandi hamda 710 ta nazorat tadbirlari hujjatlari huquqiy baho berish uchun huquqni muhofaza qilish organlariga yuborildi.

Shuningdek, hisobot davrida byudjet intizomini buzgan byudjet tashkilotlarining 20 nafar rahbar va mansabdor shaxslari 13,9 mln.so’m miqdorida ma’muriy javobgarlikka tortildi.

Oxirgi o'zgartirish Dushanba, 08 Oktyabr 2018 11:50
Ushbu toifadagi boshqa materiallar: « PRESS-RELIZ DIQQAT E'LON ! »

Izoh qoldiring

Make sure you enter the (*) required information where indicated. HTML code is not allowed.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

Ishonch telefoni bo'yicha murojaatlar statistikasi

Paris

Vazirlikka kelgan xatlar holatini ko'rish

Yangiliklar taqvimi

« Dekabr 2019 »
Dush Sesh Chor Pay Jum Shan Yak
            1
2 3 4 5 6 7 8
9 10 11 12 13 14 15
16 17 18 19 20 21 22
23 24 25 26 27 28 29
30 31          

Axborot-hisoblash markazining tezkor aloqa raqami (0-371) 202 03 02

Moliya vazirligi Axborot-hisoblash markazining "UzASBO va "DMBAT" dasturiy majmualari bo'yicha "Tezkor aloqasi"

Statistika

Hozir 448 mehmonlar va ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchi yo'q saytda

Arxiv

Ishonch telefonlariga bo'lgan qo'ng'iroqlarni baholash statistikasi

Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, sichqoncha bilan belgilab, administratorni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

© 2019 O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan olingan
ma'lumotlardan foydalanilganda O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining rasmiy veb sayti 
www.mf.uz ko‘rsatilishi shart. Saytni ishlab chiqish va qo'llab-quvvatlash Moliya vazirligi AHM tomonidan amalga oshiriladi

Our website is protected by DMC Firewall!