РУССКИЙ  |  O'ZBEKCHA  |  ENGLISH                          

       O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi

Seshanba, 12 May 2020

Concrete

Bertelsmann Stiftung (Bertelsmann Stiftung) tashkiloti joriy yil may oyining ilk haftasida Transformasiya indeksining 2020 yil uchun hisobotini e'lon qildi. Hisobotga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi indeksning bir qator ko‘rsatkichlari bo‘yicha sezilarli darajada o‘sishni qayd etib, 2018 yilgi natijalarga nisbatan o‘z o‘rnini bir necha pog‘onalarga yuqorilashga erishdi. Jumladan, asosiy yutuqlar sifatida “Boshqaruv indeksi”ning 2018 yilgi natijaga nisbatan 9 pog‘onaga yuqorilagani, o‘z navbatida “Status indeksi”ning o‘rtacha 1 pog‘onaga yuqorilagani qayd etib o‘tildi.

 Izoh: Transformasiya indeksining 2018 yil uchun hisobotida jami 129 ta mamlakat, 2020 yil uchun hisobotida jami 137 ta mamlakat qamrab olingan.

Eng katta o‘sish “Boshqaruv indeksi” tarkibidagi “Xalqaro aloqalar” indikatorida qayd etilib, 2018 yilgi 3.3 balldan 5.3 ballga yuqorilagan. Bu borada Prezidentimiz boshchiligida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar natijasida ko‘p xorij agentliklari, rasmiylar, ekspertlar tomonidan mamlakatimizga bo‘lgan “ishonchi”ning yanada ortib borayotgani, qo‘shnichilik aloqalarining har jabhada yanada mustahkamlanayotganligi, mamlakatimizning investisiya muhiti tubdan yaxshilaganligi, xalqaro savdo, pul-kredit, soliq va boshqa tizimlaridagi keng ko‘lamli islohotlar yurtimizning xorijdagi o‘z imidjini qaytadan shakllantirishga xizmat qilmoqda.

“Prezident Sh.Mirziyoev tomonidan amalga oshirilayotgan misli ko‘rilmagan islohotlar nafaqat mamlakatda balki mintaqada ham siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy jihatlardan yangi muhit yaratmoqda” -mutaxassislar tomonidan alohida qayd etib o‘tildi.

 Shuningdek, “Siyosiy transformasiya” indikatorida 2018 yilda 129 ta mamlakat orasidan 3.17 ball bilan 115 o‘rinni egallagan bo‘lsak, 2020 yil hisobotga ko‘ra 137 ta mamlakat orasida 3.63 ballga yuqorilab, 105 o‘rinni qayd etdik. Jumladan, ekspertlar tomonidan “Qonun ustuvorligi”, “Demokratik institutlarning barqarorligi”, “Siyosiy va ijtimoiy integratsiya” hamda “Siyosiy ishtirok” sub-indikatorlarida sezilarli darajada yaxshilanishga erishilgani e'tirof etildi. Mazkur ijobiy o‘zgarishlar fonida yurtimizda qonunchilik, sud-huquq tizimlarida so‘ngi yillarda erishilgan yutuqlar, joylarda parlament nazoratining joriy etilishi, korrupsiyaga qarshi kurashishda olib borilayotgan izchil islohotlar muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

Ishonch telefoni bo'yicha murojaatlar statistikasi

Paris

Vazirlikka kelgan xatlar holatini ko'rish

Yangiliklar taqvimi

« May 2020 »
Dush Sesh Chor Pay Jum Shan Yak
        1 2 3
4 5 6 7 8 9 10
11 12 13 14 15 16 17
18 19 20 21 22 23 24
25 26 27 28 29 30 31

Axborot-hisoblash markazining tezkor aloqa raqami (0-371) 202 03 02

Moliya vazirligi Axborot-hisoblash markazining "UzASBO va "DMBAT" dasturiy majmualari bo'yicha "Tezkor aloqasi"

Statistika

Hozir 870 mehmonlar va ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchi yo'q saytda

Arxiv

Ishonch telefonlariga bo'lgan qo'ng'iroqlarni baholash statistikasi

Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, sichqoncha bilan belgilab, administratorni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

© 2020 O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan olingan
ma'lumotlardan foydalanilganda O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining rasmiy veb sayti 
www.mf.uz ko‘rsatilishi shart. Saytni ishlab chiqish va qo'llab-quvvatlash Moliya vazirligi AHM tomonidan amalga oshiriladi

Our website is protected by DMC Firewall!