РУССКИЙ  |  O'ZBEKCHA  |  ENGLISH                          

       O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi

Chorshanba, 11 Mart 2020

“World Justice Project” xalqaro fuqarolik jamiyati tashkiloti tomonidan yuritiladigan “Qonun ustuvorligi” indeksi bo‘yicha navbatdagi 2020 uchun hisobotini e'lon qildi. Hisobotga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi umumiy reytingda 0.47 ball bilan 92-o‘rinni egalladi.

O‘zbekiston Respublikasi “Qonun ustuvorligi” indeksining Tartib va xavfsizlik ko‘rsatkichida yillar davomida ijobiy natija ko‘rsatib kelmoqda (0,9 ball bilan dunyo mamlakatlari orasida 11-o‘rin). 2020 yilda mamlakatning eng katta o‘zgarishi Korrupsiyaning mavjud emasligi ko‘rsatkichida kuzatildi: 0.40 ball bilan 89-o‘rin (2019 yilda 0.38 ball bilan 95-o‘rin). 

Concrete

Moliya vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi hamda Qurilish vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 28 noyabrdagi PF-5886-son “Ipoteka krediti mexanizmlarini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq joriy etilgan yangi tartib doirasida 2020 yil uchun uy-joylarning hisoblangan qiymati belgilandi.

Uy-joylarning hisoblangan qiymatini aniqlash kvartira bir kvadrat metrining tegishli hududdagi o‘rtacha bozor qiymati hamda ikki va uch xonali kvartiralar maydonining eng kam me'yorlarini inobatga olgan holda, shuningdek 2019 yilda shahar va qishloq joylarida xususiy pudrat tashkilotlari tomonidan qurilgan uy-joylar narxlari asosida amalga oshirildi.

2020 yilda shahar va qishloq joylarida quriladigan ko‘p kvartirali uylardagi 2 va 3 (va undan yuqori) xonali kvartiralarning eng kam me'yori inobatga olgan holda uy-joylarning hisoblangan qiymati quyida keltirilgan jadvalda keltirilgan.

Bozor tamoyillariga asoslangan ipoteka kreditlari orqali aholini uy-joy bilan ta'minlashning yangi tartibning asosiy tamoyillari:

- ipoteka bozorini uzoq muddatli resurslar bilan ta'minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi pul mablag‘larini tijorat banklariga 15 yil muddatga bozor shartlari asosida joylashtiradi;

- banklarga ajratiladigan kredit mablag‘larining foiz stavkasi bozor tamoyillari asosida aniqlanadi;

- tijorat banklariga muvofiqlik mezonlari belgilanadi;

- muvofiqlik mezonlariga mos keladigan tijorat banklar bilan Bosh bitim imzolanadi va ularning ro‘yxati ommaviy axborot vositalarida e'lon qilinadi;

- qarz oluvchiga uy-joyning joylashgan joyi va maydonini mustaqil tanlash huquqi beriladi;

- uy-joyning chegaralangan maydoni va qiymati o‘rnatilmaydi;

- banklar tomonidan bitta qarz oluvchiga ajratiladigan ipoteka kreditining eng yuqori miqdori belgilanadi;

- Markaziy bankining asosiy stavkasi pasaytirilgan taqdirda, Moliya vazirligining kredit resurslari va tijorat banklarining ipoteka kreditlari bo‘yicha foiz stavkalar mutanosib ravishda kamayadi, oshirilgan taqdirda esa o‘zgarishsiz qoladi;

- birlamchi bozordagi sotib olinadigan kvartiraning qiymati uning hisoblangan qiymatidan oshib ketgan taqdirda, qiymatning qolgan qismi qarz oluvchi tomonidan o‘z mablag‘lari va boshqa qonunchilikda taqiqlanmagan manbalar hisobidan to‘lanadi;

- tadbirkorlik sub'ektlari uy-joylar loyihalarini buyurtmachi aralashuvisiz o‘zlari mustaqil tayyorlaydi;

- tadbirkorlik sub'ektlariga o‘z mablag‘lari (bank kreditlari) hisobidan qurilgan birlamchi bozordagi kvartiralarini aholiga ipoteka kreditlari orqali sotish imkoniyati beriladi;

- ko‘p qavatli uy-joylarning qurilishi tayyor holda topshirish shartlarida pudrat tashkilotlarinig o‘z mablag‘lari va bank kreditlari hisobiga amalga oshiriladi;

- past daromadli va uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj ayrim shaxslarga ipoteka krediti bo‘yicha dastlabki badal va (yoki) foizlarning bir qismini qoplash uchun byudjetdan subsidiyalar to‘lanadi;

- bir qarz oluvchiga ajratiladigan ipoteka kreditining va ayrim shaxslarga to‘lanadigan subsidiyalarning eng ko‘p miqdorini aniqlash maqsadida kvartira bir kvadrat metrining tegishli hududdagi o‘rtacha bozor qiymati hamda ikki va uch xonali kvartiralar maydonining eng kam me'yorlarini inobatga olgan holda uy-joylarning hisoblangan qiymati belgilanadi;

Concrete

Moliya vazirligi topshirig`iga binoan Axborot hisoblash markazi tomonidan O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining telegram ijtimoiy tarmog`idagi xotin qizlar maxsus boti yaratildi

Ushbu botda asosan xotin qizlarga oid yangiliklar, qonunchilik materiallari, statistika va qiziqarli faktlar yoritib boriladi. Bundan tashqari hududlar bo’yicha tashkilot yetakchilari haqida ham ma’lumot olishlari   mumkin.

Ushbu tashkilotga fuqorolarning shaxsiy takliflarni yuborish imkoniyati yaratilgan. Ushbu maxsus bot o‘zbek va rus tillarida ham ishlaydi.


Hozirda ushbu maxsus botni foydalanuvchilarga yanada qiziqroq va qulayroq qilish borasida ishlar olib borilmoqda.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

Ishonch telefoni bo'yicha murojaatlar statistikasi

Paris

Vazirlikka kelgan xatlar holatini ko'rish

Yangiliklar taqvimi

« Mart 2020 »
Dush Sesh Chor Pay Jum Shan Yak
            1
2 3 4 5 6 7 8
9 10 11 12 13 14 15
16 17 18 19 20 21 22
23 24 25 26 27 28 29
30 31          

Axborot-hisoblash markazining tezkor aloqa raqami (0-371) 202 03 02

Moliya vazirligi Axborot-hisoblash markazining "UzASBO va "DMBAT" dasturiy majmualari bo'yicha "Tezkor aloqasi"

Statistika

Hozir 567 mehmonlar va ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchi yo'q saytda

Arxiv

Ishonch telefonlariga bo'lgan qo'ng'iroqlarni baholash statistikasi

Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, sichqoncha bilan belgilab, administratorni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

© 2020 O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan olingan
ma'lumotlardan foydalanilganda O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining rasmiy veb sayti 
www.mf.uz ko‘rsatilishi shart. Saytni ishlab chiqish va qo'llab-quvvatlash Moliya vazirligi AHM tomonidan amalga oshiriladi

DMC Firewall is developed by Dean Marshall Consultancy Ltd