РУССКИЙ  |  O'ZBEKCHA  |  ENGLISH                          

       O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi

BYUDJETLARARO MUNOSABATLARNI TAKOMILLASHTIRISH MAVZUSI BO’YICHA XORIJIY EKSPERTLAR BILAN JAHON BANKI KO’MAGIDA VIDEOSELEKTOR O’TKAZILDI

25
Mart 2019
370 marta ko'rildi

BYUDJETLARARO MUNOSABATLARNI TAKOMILLASHTIRISH MAVZUSI BO’YICHA XORIJIY EKSPERTLAR BILAN JAHON BANKI KO’MAGIDA VIDEOSELEKTOR O’TKAZILDI

Jahon bankining O’zbekistondagi vakilligi tomonidan Moliya vazirligi bilan xamkorlikda byudjetlararo munosabatlarni tartibga solish mavzusida Jahon tajribasiga bag’ishlangan videokonferentsiya ko’rinishidagi seminar o’tkazildi.

Seminarda Jahon bankining bosh iqtisodchi Eskender Trushin, bosh ofisdan ishtirok etuvchi uch nafar mutaxassislar – Emiliya Skrok, Eva Korjich va Xorxe Martinez, Moliya vazirligidan Davlat byudjeti bosh boshqarmasi va Hududlar moliya bosh boshqarmasining mutaxassislari ishtirok etishdi.

Dastlab, xorijiy ekspertlarga respublikamizda amalda bo’lgan byudjetlararo munosabatlar tizimi hamda so’ngi yillarda amalga oshirilgan o’zgarishlar to’g’risida ma’lumot berildi. 

Xorijiy ekspertlar mamlakatimizda byudjetlararo munosabatlarni takomillashtirishda erishilgan yutuqlar, jumladan mahalliy hokimliklarning vakolatlarni oshirish, mahalliy byudjetlarning xarajat majburiyatlarini aniqlashtirish hamda mahalliy soliqlarni belgilash bo’yicha amalga oshirilgan ishlarga ijobiy munosabat bildirishdi.

Ekspertlar tomonidan rivojlangan davlat amaliyotida keng qo’llanilayotgan byudjetlararo munosabatlarni tartibga solish tizimi bo’yicha amaliy misollar bilan batafsil tushuntirishlar berish bilan birga O’zbekiston Respublikasida byudjetlararo munosabatlarni takomillashtirish bo’yicha quyidagi 6 ta yo’nalishga e’tibor berish lozimligi to’g’risida taklif va mulohazalari bildirildi.

Birinchidan, mamlakatimiz byudjet tizimida qo’llanilayotgan respublika va mahalliy byudjetlar o’rtasida daromadlarning turlari bo’yicha ajratmalar miqdori hududlar bo’yicha bir xil bo’lishi lozimligi tavsiya qilishdi.

Ikkinchidan, daromadlarni respublika byudjeti hamda mahalliy byudjetlar o’rtasida taqsimlashda er qa’ridan foydalanganlik uchun hamda qo’shilgan qiymat solig’ini respublika byudjetida qoldirish maqsadga muvofiqligini aytib o’tdilar. Buni ekspertlar quyidagicha izohlashdi:
er osti foydali qazilma boyliklari hamda boshqa tabiiy zahiralar hududlar bo’yicha teng taqsimlanmaganligi hamda tabiiy resurslardan respublikaning barcha fuqarolari foydalanish huquqini tengligi;

qo’shilgan qiymat solig’i doimiy xarakterga ega bo’lmaganligi hamda asosan yirik soliq to’lovchilardan tushushini inobatga olib, uning biron bir sabab bilan ma’lum bir davrda tushmay qolishi mahalliy byudjetning daromadlariga keskin ta’sir etib, xarajatlarning to’xtab qolishiga
sabab  bo’lishi;

soliq tushumlarini respublika va mahalliy byudjetlar o’rtasida taqsimlashda mahalliy byudjetlarning barqarorligini ta’minlash maqsadida soliqlarning teng taqimslashdan tashqari iqtisodiy samaradorlik mezoniga, ya’ni soliq solish bazasiga hamda soliq yig’uvchanlikka ta’sir ko’rsatish imkoniyatini ham hisobga olish zarur.

Qo’shilgan qiymat solig’ini hususiyatlariga to’xtaladigan bo’lsak, ushbu soliqdan tushumlar davlatning vakolatiga kiruvchi umumdavlat iqtisodiy siyosatga bog’liq. Xususan korxonalarda hisoblangan QQS miqdoridan sotib olingan tovar (xizmatlar) uchun to’langan QQS miqdoriga kamayishi, shuningdek, nol stavkada soliqqa tortilganda tovar aylanmasi (tovarlarni eksport qilganda)ga hisoblangan QQS miqdori va hisoblangan umumiy QQS miqdori orasidagi farqni soliq to’lovchiga qaytarishni ko’zda tutuvchi mexanizm -  mahalliy byudjet daromadlariga sezilarli ta’sir ko’rsatishi mumkin.

Misol uchun, nol stavkani qo’llaganlik tufayli ortiqcha hisoblangan QQS miqdori Davlat byudjeti daromadlari hisobidan soliq to’lovchiga qaytariladi. Ushbu holatda ortiqcha to’lovlarni mahalliy byudjet hisobidan qaytarish uning daromadlarining keskin kamayishiga olib keladi va natijada rejalashtirilgan xarajatlar (oylik maoshlarni to’lash, oziq-ovqat va dori vositalari bilan ta’minlash) ni o’z vaqtida moliyalashtirish bilan bog’liq muammolarni keltirib chiqaradi.

Ayrim davlatlar qo’shilgan qiymat solig’ining bir qismini hududlarning aholi soni yoki hududiy ichki mahsulot hajmiga qarab qayta taqsimlab berish amaliyotini joriy etgan.

Uchinchidan, ayrim mahalliy soliq turlari (mol-mulk solig’i, er solig’i va boshqalar) bo’yicha stavkalar miqdorini belgilashni mahalliy davlat hokimiyat organlari vakolatiga berilishi maqsadga muvofiq. Bunda ular uchun ma’lum bir oraliqlar belgilab beriladi.

To’rtinchidan, hududlardagi byudjetdan mablag’ oluvchi tashkilotlarda ishlovchi xodimlar mehnatiga to’lanadigan ish haqi, pensiya, stipendiya va ijtimoiy nafaqalar miqdorlari bir-biridan farq qilmasligini (alohida iqlim sharoitiga yoki uzoqligi bilan bog’liq holda farq qilishi mumkin) ta’minlash talab etiladi.

Beshinchidan, jahon tajribasida hududlarda investitsion xarajatlarni amalga oshirishda mahalliy byudjetlarga ichki qarzlarni jalb qilishga ruxsat berish amaliyoti joriy etilgan. Biroq bunday holatda mahalliy byudjetlarning qarz olish chegaraviy miqdorlarini qonun bilan belgilash lozimligi aytib o’tildi.

Oltinchidan, maqsadli tranfertlarni mahalliy byudjet xarajatlarining aniq yo’nalishlari (misol uchun umumta’lim muassasalari o’quvchilarni o’qitish va boshqalar) bo’yicha belgilash amaliyotiga o’tish tavsiya etildi. 

Videokonferensiya muddati qisqa bo’lganligi (2 soat) sababli tomonlar byudjetlararo munosabatlarni takomillashtirish masalasida yana muloqot qilish to’g’risida kelishib olishdi.
 

Izoh qoldiring

Make sure you enter the (*) required information where indicated. HTML code is not allowed.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

Ishonch telefoni bo'yicha murojaatlar statistikasi

O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ishonch telefoni orqali 2019 yil I chorak davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlarni ko'rib chiqish yuzasidan ma'lumot

Paris

Vazirlikka kelgan xatlar holatini ko'rish

Yangiliklar taqvimi

« Sentyabr 2019 »
Dush Sesh Chor Pay Jum Shan Yak
            1
2 3 4 5 6 7 8
9 10 11 12 13 14 15
16 17 18 19 20 21 22
23 24 25 26 27 28 29
30            

Axborot-hisoblash markazining tezkor aloqa raqami (0-371) 239 15 62

Moliya vazirligi Axborot-hisoblash markazining "UzASBO va "DMBAT" dasturiy majmualari bo'yicha "Tezkor aloqasi"

Statistika

Hozir 510 mehmonlar va ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchi yo'q saytda

Arxiv

Ishonch telefonlariga bo'lgan qo'ng'iroqlarni baholash statistikasi

Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, sichqoncha bilan belgilab, administratorni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

© 2019 O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan olingan
ma'lumotlardan foydalanilganda O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining rasmiy veb sayti 
www.mf.uz ko‘rsatilishi shart. Saytni ishlab chiqish va qo'llab-quvvatlash Moliya vazirligi AHM tomonidan amalga oshiriladi

Our website is protected by DMC Firewall!