РУССКИЙ  |  O'ZBEKCHA  |  ENGLISH                          

       O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi

BYUDJETLARARO MUNOSABATLARNI ISLOH ETISH BO'YICHA AMALGA OSHIRILGAN CHORA-TADBIRLARNING NATIJALARI VA RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI

30
Apr 2018
497 marta ko'rildi

BYUDJETLARARO MUNOSABATLARNI ISLOH ETISH BO'YICHA AMALGA OSHIRILGAN CHORA-TADBIRLARNING NATIJALARI VA RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI

2017-2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirish boʻyicha Harakatlar strategiyasiga muvofiq hamda mahalliy byudjetlarning daromadlari bazasini tubdan mustahkamlash, yuqori turuvchi byudjetlar ajratmalariga qaramligini qisqartirish, uy-joy-kommunal, transport- kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmani modernizatsiyalash va texnik yangilash boʻyicha strategik muhim investitsiya loyihalarni amalga oshirishni soʻzsiz taʼminlash yuzasidan mahalliy davlat hokimiyati organlarining mustaqil ish olib borishi va masʼuliyatini oshirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 iyundagi Mahalliy byudjetlarni shakllantirishda joylardagi davlat hokimiyati organlarining vakolatlarini kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5075-sonli farmoni qabul qilindi.
Mazkur Farmonga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining  2017 yil  7 iyundagi “Mahalliy davlat hokimiyati organlarining byudjet vakolatlarini kengaytirish va mahalliy byudjet daromadlarini shakllantirishdagi masʼuliyatini oshirish toʻgʻrisida”gi PQ-3042-sonli qarori qabul qilingan.

Ushbu qonunchilik hujjatlariga muvofiq 2017 yilning 1 iyulidan  31 dekabriga qadar Toshkent shahri va uning tumanlarida mahalliy byudjetlarning daromad bazasini kengaytirish va xarajatlarini maqbullashtirishda ularning manfaatdorligini oshirishni, aholining real daromadlarini, turmush darajasini va sifatini oshirish maqsadida hududlarni kompleks rivojlantirishni barqaror moliyalashtirishni hamda markazdan moliyalashtirishni keskin qisqartirishni taʼminlaydigan mahalliy davlat hokimiyati organlarining byudjet vakolatlari va majburiyatlarini belgilashning zamonaviy mexanizmlarini joriy etishni koʻzda tutuvchi tajriba tartibi amalga kiritildi.
Toshkent shahrida mahalliy byudjetlar daromadlar bazasini mustahkamlash va yuqori byudjet ajratmalariga bogʻliqliqni qisqartirish asosida mahalliy davlat hokimiyati organlari mustaqilligi va masʼulliyatini oshirish maqsadida oʻtkazilgan ijobiy tajriba natijasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 29 dekabrdagi PQ-3454-sonli qarorida quyidagilar belgilab berildi:
Birinchidan, tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlari boʻyicha qatʼiy belgilangan soliq, jismoniy shaxslarning mulk soligʻi, jismoniy shaxslardan olinadigan yer soligʻi, ayrim turdagi tovarlarning chakana savdosi huquqi uchun hamda ayrim turdagi xizmatlarni koʻrsatish huquqi uchun yigʻimlar, bozorlardan tushadigan daromadlar boʻyicha tushumlar toʻla hajmda tumanlar va shaharlarning byudjetlariga oʻtkazilishi;
Ikkinchidan, yagona yer soligʻidan, yuridik shaxslarning yer soligʻidan, yuridik shaxslarning mol-mulkidan olinadigan soliqdan, yagona soliq toʻlovi ajratmalaridan, benzin, dizelь yonilgʻisi va gaz isteʼmoli soligʻidan, abonent raqamidan foydalanganlik uchun tegishli qismi tushumlarini byudjetlar oʻrtasida taqsimlanishi;
Uchinchidan, jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq koʻchmas mulkning qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadigan kadastr qiymatidan kelib chiqqan holda hisoblanishi belgilandi hamda bu orqali jismoniy shaxslar mol-mulki yalpi xatlovdan oʻtkazilishi, mol-mulk obʼektlari toʻliq soliq tortishga qamrab olinishi hisobiga mazkur manba boʻyicha byudjetga tushumlarni koʻpaytirishga erishiladi;
Toʻrtinchidan, mahalliy davlat hokimiyati organlariga mintaqaning va faoliyatni amalga oshirish joyining xususiyatlarini hisobga olgan holda jismoniy shaxslarning mol-mulkidan olinadigan soliq va jismoniy shaxslarning yer soligʻi boʻyicha belgilangan stavkalarga nisbatan 0,7 dan 1,3 gacha pasaytiriluvchi va oshiriluvchi koeffitsiyentlar oʻrnatish huquqi berildi.
Byudjetlararo munosabatlarni takomillashtirish boʻyicha:
a) shahar va tumanlar byudjetidan moliyalashtiriladigan tibbiyot va taʼlim muassasalarining ish haqi va yagona ijtimoiy toʻlovi boʻyicha xarajatlariga maqsadli byudjet transfertlari ajratish.
b) ichki avtomobil yoʻllarni taʼmirlash xarajatlari Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar byudjetidan tuman va shaharlar byudjetlariga oʻtkazish;
v) moliya yili mobaynida iqtisodiy, ijtimoiy-madaniy va boshqa sohalardagi qoʻshimcha, koʻzda tutilmagan xarajatlarni oʻz vaqtida va uzluksiz moliyalashtirishni taʼminlash uchun tegishli byudjetlar sarf-xarajatlarining umumiy hajmidan 
1 foizi miqdorida tuman va shaharlar hokimliklarining zaxira jamgʻarmalarini shakllantirish;
g) byudjet mablagʻlarini samarali rejalashtirish, ulardan foydalanish natijadorligini oshirish hamda byudjetlararo munosabatlarni takomillashtirishga yoʻnaltirilgan tadbirlarni amalga oshirish.
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan hududlarning moliyaviy mustaqilligini oshirish maqsadida koʻrilgan chora-tadbirlar natijasida  2018 yil 1-chorakda mahalliy byudjetlarda 873,3 mlrd.soʻm yoki oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 5,6 baravar koʻp qoʻshimcha manba shakllanilishi taʼminlandi.
Bu esa birinchi navbatda birinchi darajali toʻlovlarni hamda Hukumat qarorlari va bayonlarida koʻzda tutilgan aholiga qulay yashash sharoitlari yaratishga yoʻnaltirilgan tadbirlarni kafolatlangan moliyalashtirish manbalari bilan taʼminladi. 
 

Izoh qoldiring

Make sure you enter the (*) required information where indicated. HTML code is not allowed.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

Ishonch telefoni bo'yicha murojaatlar statistikasi

O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ishonch telefoni orqali 2019 yil I chorak davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlarni ko'rib chiqish yuzasidan ma'lumot

Paris

Vazirlikka kelgan xatlar holatini ko'rish

Yangiliklar taqvimi

« Oktyabr 2019 »
Dush Sesh Chor Pay Jum Shan Yak
  1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31      

Axborot-hisoblash markazining tezkor aloqa raqami (0-371) 239 15 62

Moliya vazirligi Axborot-hisoblash markazining "UzASBO va "DMBAT" dasturiy majmualari bo'yicha "Tezkor aloqasi"

Statistika

Hozir birgina mehmon va ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchi yo'q saytda

Arxiv

Ishonch telefonlariga bo'lgan qo'ng'iroqlarni baholash statistikasi

Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, sichqoncha bilan belgilab, administratorni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

© 2019 O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan olingan
ma'lumotlardan foydalanilganda O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining rasmiy veb sayti 
www.mf.uz ko‘rsatilishi shart. Saytni ishlab chiqish va qo'llab-quvvatlash Moliya vazirligi AHM tomonidan amalga oshiriladi

DMC Firewall is developed by Dean Marshall Consultancy Ltd