РУССКИЙ  |  O'ZBEKCHA  |  ENGLISH                          

       O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi

BYUDJET TASHKILOTLARI UCHUN YANGI INTERAKTIV XIZMATLAR ISHGA TUSHIRILDI

25
Yan 2019
500 marta ko'rildi

BYUDJET TASHKILOTLARI UCHUN YANGI INTERAKTIV XIZMATLAR ISHGA TUSHIRILDI


Davlat byudjeti bosh boshqarmasi Axborot hisoblash markazi bilan birgalikda Davlat byudjeti ijrosi jarayonini yanada avtomatlashtirish, byudjet tashkilotlari va moliya organlari o’rtasidagi elektron hujjatlar almashuvini ta’minlash va qog’oz shakldagi hujjatlardan bosqichma-bosqich voz kechish yuzasidan quyidagi ishlarni amalga oshirmoqda.

1.    “UzASBO” dasturiy majmuada byudjet tashkilotlari tomonidan xarajatlar smetalarini elektron shaklda shakllantirish va moliya organlariga taqdim etish moduli ishga tushirildi. 

2019 yil uchun vaqtinchalik xarajatlar smetalari byudjet tashkilotlari tomonidan elektron shaklda tasdiqlanib, moliya organlarida ro’yxatdan o’tkazildi. Bunda ushbu jarayon tashkilotlarning moliya organlariga kelmasdan to’liq elektron aloqa orqali amalga oshirildi.

Bunda Dasturning o’zi avtomatlashgan tarzda vaqtinchalik xarajatlar smetalarida nazarda tutiladigan mablag’lar miqdorini Byudjet kodeksining 104 moddasiga muvofiq o’tgan moliya yilining oxirgi choragidagi byudjetdan ajratiladigan mablag’lar miqdoridan ortib ketmasligini nazorat qiladi.

Natijada moliya organlari tomonidan xarajatlar smetasini dasturiy majmuaga kiritish (15-20 minut), tashkilotlarning moliya organlariga kelib ketishi va boshqa jarayonlar qisqardi.

2019 yilgi doimiy xarajatlar smetalari ham shu tartib asosida elektron shaklda shakllantirish va ro’yxatdan o’tkaziladi.

2.    “UzASBO” dasturiy majmuasida byudjet tashkilotlarining set, shtat va kontingentlari bo’yicha rejasi va uning bajarilishi to’g’risidagi hisobotlarni elektron shaklda moliya organlariga taqdim etishni ta’minlovchi yangi modul ishlab chiqildi.

Bunda, yaratilgan dasturda set, shtat va kontingent to’g’risidagi ko’rsatkchilar avtomatik tarzda jamlanishi hamda pul mablag’lari oqimi to’g’risidagi hisobot ko’rsatkichlari bilan taqqoslanishi natijasida mehnat sarfi va har yili yuzaga keladigan xatoliklar keskin qisqaradi.

2018 yil uchun hisobotlar ushbu dastur yordamida haqiqiy ko’rsatkichlar asosida shakllantiriladi va tashkilotlarning moliya organlariga kelib hisobot topshirishiga ehtiyoj qolmaydi.

3.    Byudjet tashkilotlarining shtatlar jadvallarini shakllantirish, tasdiqlash hamda moliya organlaridan ro’yxatdan o’tkazish jarayonini avtomatlashtirish bo’yicha ham maxsus modul ishlab chiqildi.

Shtat jadvalini tuzishda qog’oz shakldagi normativlardan voz kechiladi hamda shtat birliklari lavozimlarning klassifikatori asosida shakllanadi. Buning natijasida tasdiqlash jarayonida tashkilotlar tomonidan ortiqcha rejalashtirish va hisob-kitoblar bo’yicha yo’l qo’yiladigan xatoliklar qisqaradi.

Birinchi navbatda joriy yilning 1 fevraliga qadar Moliya vazirligining shtat jadvali “UzASBO” dasturiy majmuasida elektron shaklda tasdiqlanishi ta’minlanadi.

Dastlabki bosqichda maktabgacha ta’lim muassasalari, umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari hamda qishloq vrachlik punktlarining shtatlar jadvallarini (jami byudjet tashkilotlarining 60 foizi) elektron shaklda ro’yxatdan o’tkazish imkoni yaratildi.

Buning natijasida bir xil turdagi tashkilotlarda ishlovchi xodimlarning mehnatga haq to’lash razryadlari va ustamalar miqdorlari bir xillashtirib, ortiqcha to’lovlar hajmi kamayadi. 

Dasturiy majmuada byudjet tashkilotlardagi shtat birliklarini to’ldirilishi va bo’sh o’rinlar to’g’risidagi ma’lumotlar onlayn rejimda kuzatish imkoniyati yaratiladi.

Ma’lumot uchun: Adliya vazirligidan 8.11.2008 yilda 2634-2-son bilan ro’yxatdan o’tgan Moliya vazirining 130-son buyrug’iga asosan byudjet tashkilotlari tomonidan xarajatlar smetalari va shtatlar jadvalini elektron tarzda yuborish to’g’risida huquqiy asoslar kiritilgan.

Izoh qoldiring

Make sure you enter the (*) required information where indicated. HTML code is not allowed.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

Ishonch telefoni bo'yicha murojaatlar statistikasi

Paris

Vazirlikka kelgan xatlar holatini ko'rish

Yangiliklar taqvimi

« Dekabr 2019 »
Dush Sesh Chor Pay Jum Shan Yak
            1
2 3 4 5 6 7 8
9 10 11 12 13 14 15
16 17 18 19 20 21 22
23 24 25 26 27 28 29
30 31          

Axborot-hisoblash markazining tezkor aloqa raqami (0-371) 202 03 02

Moliya vazirligi Axborot-hisoblash markazining "UzASBO va "DMBAT" dasturiy majmualari bo'yicha "Tezkor aloqasi"

Statistika

Hozir birgina mehmon va ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchi yo'q saytda

Arxiv

Ishonch telefonlariga bo'lgan qo'ng'iroqlarni baholash statistikasi

Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, sichqoncha bilan belgilab, administratorni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

© 2019 O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan olingan
ma'lumotlardan foydalanilganda O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining rasmiy veb sayti 
www.mf.uz ko‘rsatilishi shart. Saytni ishlab chiqish va qo'llab-quvvatlash Moliya vazirligi AHM tomonidan amalga oshiriladi

DMC Firewall is developed by Dean Marshall Consultancy Ltd