Print this page
28
Mart 2019
311 marta ko'rildi

BYUDJET-SOLIQ SOXASIDA SHAFFOFLIKNI OSHIRISHDA TEXNIK KO’MAK BO’YICHA XALQARO VALYUTA JAMG’ARMASINING TASHRIFI

Concrete

Joriy yilning 25 martidan O’zbekistan Respublikasi Moliya vazirligida byudjet-soliq soxasida shafoflikni oshirish va davlat moliyaviy statistikasini taqdim qilinishini takomillashtirish bo’yicha texnik ko’mak doirasida Xalqaro valyuta jamg’armasining (byudjet masalalri bo’yicha boshqarmasi)  A. Sayeg boshchiligidagi missiyasi bilan uchrashuv bo’lib o’tdi. Missiya tashrif joriy yilning 5 apreliga qadar davom etadi.

Xalqaro valyuta jamg’armasining mazkur missiyasi byudjet jarayonining shafofligi va ochiqligini oshirish, byudjet ma’lumotlarining axoli, xorijiy investorlar va boshqa manfaatdor sub’ektlar uchun  qulayligini ta’minlash xamda byudjet jarayonida fuqarolar ishtirokini oshirish borasida 2018 yildagi isloxotlarning uzviy davomidir.

Concrete

Tashrif davomida, Xalqaro valyuta fondining eksertlari davlat moliyasini boshqarish tizimini takomillashtirishning ustivor yo’nalishlari, uzoq va qisqa istiqbollari  borasidagi rejalari, tavsiyalarini muxokama qilish yuzasidan birqancha vazirlik va iodralarining vakillari bilan uchrashadilar.

Bundan tashqari, xalqaro ekspertlarning vazirlik va idoralar, byudjet mablag’lari taqsimlovchilari, davlat korxonalari va boshqa birqancha tashkilotlar vakillari uchun davlat moliyaviy statistikasini takomillashtirish va byudjet ochiqligini ta’minlash,  byudjet mablag’lari oluvchilari tamonidan taqdim qilinadigan hisobotlarni taqdim qilish tartibi borasida rejalashtirilayotgan o’zgarishlarni yoritilishi nazarda tutilgan seminar bo’lib o’tishi ko’zlangan.
 

Concrete

Shu bilan birga tashrif doirasida O’zbekistan Respublikasi Bank-moliya akademiyasi tinglovchilari uchun master-klass bo’lib o’tishi rejalashtirilgan.

 

DMC Firewall is developed by Dean Marshall Consultancy Ltd