Print this page
03
Dek 2018
1764 marta ko'rildi

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI GʻAZNACHILIGI HAMDA OSIYO TARAQQIYOT BANKI VAKILLARI ISHTIROKIDA OʻZBEKISTONDA ICHKI AUDIT TIZIMINI YANADA RIVOJLANTIRISH BOʻYICHA DAVRA SUHBATI BOʻLIB OʻTDI.

Concrete

Bugungi kunda, mamlakatimizda xalqaro moliya institutlari, hususiy sektor va ilm ahli bilan hamkorlikda davlat moliyasini boshqarish tizimini isloh qilish, ayniqsa davlat mablagʻlaridan unumli foydalanish va uning nazoratini jahon standartlari talablariga mos ravishda yoʻlga qoʻyish boʻyicha bir qancha chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Concrete

Ushbu chora-tadbirlardan biri sifatida Osiyo taraqqiyot Bankning eksperti Devid Soyyer bilan Moliya vazirligi Gʻaznachiligi hodimlar oʻrtasida ichki audit va moliyaviy nazoratni tartibga solish maqsadida “Ichki auditni davlat boshqaruvi amaliyotiga tadbiq etish” mavzusida davra suxbati boʻlib oʻtdi. 

Boʻlib oʻtgan davra suhbatida, xorijiy mamlakatlarning ichki audit sohasidagi ilgʻor tajribalaridan foydalangan holda ichki audit sohasidagi xalqaro standartlar va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat moliyaviy nazorati toʻgʻrisidagi meʼyoriy huquqiy hujjatlarning talab va printsiplaridan kelib chiqib, byudjet mablagʻlarini sarflanishidagi turli xatarlar va suisteʼmolchiliklarni oldini olinishidagi nazorat funktsiyasini takomillashtirish yuzasidan tizimli ravishda amalga oshiriladigan vazifalar belgilab olindi.

Oxirgi o'zgartirish Dushanba, 03 Dekabr 2018 15:44
DMC Firewall is developed by Dean Marshall Consultancy Ltd