РУССКИЙ  |  O'ZBEKCHA  |  ENGLISH                          

       O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi

Moliya vazirligida elektron hukumatning tadbiq etilishi loyiha va jarayonlarning raqamlashtirilishi

Diana Gardanova
21
May 2020
243 marta ko'rildi

Moliya vazirligida elektron hukumatning tadbiq etilishi loyiha va jarayonlarning raqamlashtirilishi

Joriy yilning 15-may kuni O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi tomonidan tashkillashtirilgan Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi bo'lib o'tdi.

Ushbu konferensiyada moliya vaziri o’rinbosari Odilbek Isakov "Moliya vazirligida loyiha va jarayonlarning raqamlashtirilishi" taqdimoti bilan ishtirok etdi.

Taqdimot davomida Moliya vazirligi tizimida qo'llaniladigan turli dasturlar haqida so’z yuritildi.

Budjet tashkilotlari tomonidan ishlatiladigan UzASBO dasturiy ta’minoti,  G’aznachilik bo’limi tomonidan ishlatiladigan “Davlat moliyasini boshqarish axborot tizimi” va bank muassalari tomonidan “Bank mijoz” axborot tizimini ishlatilishi  tufayli Budjet tizimi tashkilotlarining 2020 yil 1 yanvardan boshlab oylik ish haqi to’lo’vlarini avtomatlashtirilgan holda amalga oshirilib kelmoqda.

Hozirgi kunda, Davlat xizmatlarini ko‘rsatish jarayonini yengillashtirish va ortiqcha qog‘ozbozlikni yo‘qotish masalalariga katta va jiddiy e'tibor qaratilmoqda, shu borada Moliya vazirligi G’aznachiligida qog’oz bilan ish yuritish imkon qadar minimallashtirilgan va  kelajakda yanada ish jarayonini soddalashtiradigan va takomillashtiradigan tizim ustida ish olib borilmoqda.  

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi har moliya yilida 500 dan ziyod Davlat ichki va tashqi qarziga xizmat ko‘rsatadi. Shuning uchun, O‘zbekiston Respublikasida Davlat qarzining hisobi va hisobotini yuritish, uni samarali boshqarish hamda ushbu tizimni raqamlashtirish maqsadida dunyoning 60 ga yaqin rivojlanayotgan davlatlarida keng qo‘llaniladigan “BMT Savdo va taraqqiyot konferensiyasi” (UNCTAD)ning “Qarzni boshqarish va moliyaviy tahlil tizimi” (DMFAS – debt management and financial analysis system) Dasturiy majmuasi ishga tushirildi.

Dalat xaridlari jarayonini yanada takomillashtirish, muqobil elektron savdo maydonchalarini tashkil etish Operatorlar o‘rtasida raqobat muhitini yaratish orqali, ularning xizmati sifatini oshirish maqsadida Evropa tiklanish va taraqqiyot banki yordamida  “Davlat xaridlari Markaziy axborot portali” joriy etilmoqda. Budget tashkilotlari va davlat ulushi 50%dan ortiq korxona va banklarni davlat xaridlari tizimi bilan to’liq qamrab olish, savdo jarayonlariga tabrikkorlik sub’ektlarini keng jalb qilish, sohada shaffoflikni oshirish hamda korrupsiyon holatlarning oldini uchun yagona elektron tsiklni joriy etish ishlari olib borilmoqda. Bunda davlat xaridlari sub’ektlari mahsulotlar va xizmatlarni xarid qilish uchun e’lon joylayshtirishdan boshlab, shartnomalar bo’yicha to’lovni amalga oshirish jarayoni to’liq yagona tsiklda amalga oshirish ko’zda tutilgan.

Undan tashqari, yaqin orada “O’zbekiston Respublikasi xalqaro reytinglarda” yagona portali ishga tushirilishi rejalashtirilmoqda. Ushbu portal orqali O‘zbekistonning ustuvor xalqaro reyting va indekslardagi natijalari, Xalqaro reyting va indekslar bo‘yicha tadqiqot materiallar to’g’risida ma’lumotga ega bolish imkoniyati mavjud bo’ladi. Shu bilan birga, davlat boshqaruv organlari hamda boshqa mutassadi tashkilotlar tomonidam xalqaro reyting va indekslarni yuksaltirish uchun tadiqlangan chora-tadbirlarining ijrosi electron ravishda, shaffof kuzatilib boriladi.

Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligida elektron hujjatlar aylanish tizimi “Ijro intizomini nazorat qilishning yagona tizimi – mf.ijro.uz” yaratilgan va bugungi kunda undan samarali foydalanilmoqda. Dastur interfeysi foydalanuvchilarga qulay bo‘lishi uchun 3 ta tilda (o‘zbek, rus va ingliz) faoliyat yuritilishi bilan birga, unda ko’plab yangi qulayliklar integratsiya etilgan. Jumladan:

  • Dastur foydalanuvchilarining ijro intizomiga rioya qilishini nazorat qilish funksiyasi yanada kuchaytirilgan.
  • Dastur foydalanuvchilariga nazoratda turgan hujjatlar to‘g‘risidagi ma'lumotlar foydalanuvchining telefon raqamiga SMS tarzida yuborilmoqda.
  • Dastur “ijro.gov.uz” dasturi platformasida yaratilganligi bois, undagi barcha topshiriqlarni ko‘rish va ijrosini ta'minlash imkoniyati majud.
  • Dasturda vazirlikdan chiquvchi barcha hujjatlarni elektron raqamli imzo orqali imzolash imkoniyati yaratildi va hozirda unda samarali foydalanilmoqda.

Hozirda 25 ga yaqin tashkilotlarda ushbu tizim yo‘lga qo‘yilgan va bu o’z navbatida vazirlik va idoralar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri elektron hujjat aylanishi yo‘lga qo‘yish imkoniyatini beradi.

To'liq taqdimot moliya vazirligi veb-sayti va Telegram kanalida taqdim etilgan.

Taqdimotni ko'chirib olish: PDF 1.7MB

Oxirgi o'zgartirish Payshanba, 21 May 2020 15:35

Izoh qoldiring

Make sure you enter the (*) required information where indicated. HTML code is not allowed.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

Ishonch telefoni bo'yicha murojaatlar statistikasi

Paris

Vazirlikka kelgan xatlar holatini ko'rish

Yangiliklar taqvimi

« Iyun 2020 »
Dush Sesh Chor Pay Jum Shan Yak
1 2 3 4 5 6 7
8 9 10 11 12 13 14
15 16 17 18 19 20 21
22 23 24 25 26 27 28
29 30          

Axborot-hisoblash markazining tezkor aloqa raqami (0-371) 202 03 02

Moliya vazirligi Axborot-hisoblash markazining "UzASBO va "DMBAT" dasturiy majmualari bo'yicha "Tezkor aloqasi"

Statistika

Hozir 248 mehmonlar va ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchi yo'q saytda

Arxiv

Ishonch telefonlariga bo'lgan qo'ng'iroqlarni baholash statistikasi

Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, sichqoncha bilan belgilab, administratorni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

© 2020 O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan olingan
ma'lumotlardan foydalanilganda O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining rasmiy veb sayti 
www.mf.uz ko‘rsatilishi shart. Saytni ishlab chiqish va qo'llab-quvvatlash Moliya vazirligi AHM tomonidan amalga oshiriladi

DMC Firewall is developed by Dean Marshall Consultancy Ltd