РУССКИЙ  |  O'ZBEKCHA  |  ENGLISH                          

       O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi

Sug’urta bozoridagi joriy holat va 2020 yilning I choragi natijalari

Diana Gardanova
19
May 2020
265 marta ko'rildi

Sug’urta bozoridagi joriy holat va 2020 yilning I choragi natijalari

Concrete

Sug’urta xizmatlari iqtisodiyotni turli moliyaviy xatarlardan himoya qiluvchi vositalardan biri bo’lib hisoblanadi. Shu sababli ham sug’urta sohasi iqtisodiyotning ajralmas qismi desak mubolag’a bo’lmaydi. 

Sohaga oid tahliliy axborotlarni hamda sug’urta bozoridagi joriy holat va 2020 yilning I choragi natijalari yuzasidan ma’lumotlarni keng jamoatchilikka etkazish maqsadida, O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Sug’urta bozorini rivojlantirish agentligi tomonidan davra suhbati tashkillashtirildi.

2019 yil I chorak yakuni bo’yicha sug’urta mukofotlari hajmi yalpi ichki mahsulotning 0,5 foizini, aholi jon boshiga sug’urta mukofotlari 14,7 ming so’mni tashkil qildi. 

Bugungi kunda O’zbekiston Respublikasi sug’urta bozorida 36 ta sug’urtalovchi, shundan 28 tasi umumiy sug’urta tarmog’ida va 8 tasi hayotni sug’urta qilish tamog’ida, shuningdek 5 sug’urta brokeri, 5 aktuar tashkilot hamda 22 assistans, adjaster, syurveyer kompaniyalari faoliyat ko’rsatib kelmoqda.

Sug’urta kompaniyalari ma’lumotlariga muvofiq 2020 yil I choragi mobaynida 503,1 mlrd. so’m sug’urta mukofoti yig’ildi. 

Sug’urtalovchilarning yalpi ustav kapitallari 782,4 mlrd. so’mga (o’sish - 138 foiz) va iqtisodiyotga kiritilgan investitsiyalar hajmi 2 834,9 mlrd. so’mga (o’sish - 137 foiz) etgan. Investitsiyalarning 55 foizi bank depozitlariga, 30 foizi aktsiyalarga va qolgan qismi boshqa qimmatli qog’ozlarga joylashtirilgan. Amaldagi shartnomalar soni 7,0 mln. donani tashkil qildi.

2020 yil I chorak davomida jami 176,9 mlrd. so’m miqdorida sug’urta to’lovlari amalga oshirilgan bo’lib, shundan 141,2 mlrd. so’m ixtiyoriy sug’urta turlari va 35,8 mlrd. so’m majburiy sug’urta turlari bo’yicha to’langan.

Concrete

Hisobot davrida sug’urta bo’limlari soni – 1 773 taga etdi. Sug’urtalovchilar shtatida 6,6 ming xodim va 8,9 mingta sug’urta agenti faoliyat ko’rsatmoqda.

Shu bilan birga, yurtimizda sug’urta bozori tarkibiy qismlarining nomutanosibligini ko’rish mumkin, ya’ni ixtiyoriy sug’urta turlari 82 foizni, majburiy turlar esa 18 foizni tashkil etmoqda.

Rivojlangan mamlakatlarda majburiy sug’urtaning ulushi 50 foizdan iborat. 

Concrete

Bugungi kunda respublikamizda 36 ta sug’urta kompaniyasi mavjud bo’lib, sug’urta bozorida jami xizmatlarining 45 foizi dastlabki 5 ta, 69 foizi esa 10 ta kompaniya ulushiga to’g’ri keladi.

Bu esa sug’urta bozori salohiyatining to’liq ishga solinmayotganidan darak beradi. 

Bundan tashqari, boshqa davlatlarda hayotni sug’urtalash hissasi 50 foizni tashkil qilsa, bizda u bor yo’g’i 16 foizni tashkil qiladi. 

Dunyo sug’urta bozorida sug’urtalovchilar tomonidan 1000 dan ziyod turdagi sug’urta xizmatlari ko’rsatiladi va ularning 300 tasi hayotni sug’urtalashga qaratilgan bo’lib ular sug’urtalanuvchilarning talab va istaklarini inobatga olgan. Bizning mamlakatimizda esa ko’plab turdagi, masalan, moliyaviy institutlar majburiyatlari, direktorlar va menejerlarning aktsiyadorlar oldidagi majburiyatlari sug’urtasi kabilar yo’lga qo’yilmagan.

Tahlillarga qaraganda, bu sohada nafaqat respublikamiz, balki boshqa davlatlar uchun ham xos bo’lgan qator muammolar bor. Bular, asosan, sug’urta kompaniyalari, sug’urtalanuvchilar o’rtasida samarali aloqalarning yo’qligi, mijoz so’rovlariga kechikib munosabat bildirish tufayli xizmat natijadorligining pastligi bilan izohlandi.

Sug’urta bozorining jo’g’rofiy jihatdan yuqori kontsentratsiyalashgani ham muammolardan biri bo’lib turibdi. Sug’urta mukofotlarining asosiy ulushi – qariyb 66 foizi Toshkent shahri va Toshkent viloyati hissasiga to’g’ri keladi.

Hayotni sug’urta qilish tarmog’ida hamda majburiy sug’urta turlari bo’yicha amalga oshirilgan to’lovlarni inobatga olinmaganda umumiy sug’urta tarmog’ida zararlilik darajasi bor yo’g’i 9 foizni tashkil qilganligi bu ixtiyoriy sug’urta turlari bo’yicha deyarli to’lovlar bo’lmaganligini ko’rsatadi.

Shu bilan birga, deyarli barcha hayot sug’urta kompaniyalari sug’urta mukofotlari tushumlarining o’tgan yilgi darajasini ham ta’minlay olmaganlar.

Moliya vazirligiga sug’urta kompaniyalari mijozlaridan kelib tushgan shikoyatlarning aksariyat qismi to’lovlar yuzasidan bo’lib, shikoyatlar vazirlik tomonidan ko’rib chiqilgandan so’ng sug’urta kompaniyalari tomonidan 4,5 mlrd. so’m miqdorida sug’urta to’lovlari amalga oshirilgan.

Aholining aksariyat qismi sug’urta va sug’urta turlari haqida xabardor emasliklari, sug’urta kompaniyalari tomonidan yildan yilga bir xil tadbirlarni amalga oshirilishi, reklama xarajatlari past darajada qolayotganligi holatni o’zgartirish uchun etarli emasligi ta’kidlandi.

Yig’ilishda joriy yilning Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo viloyatlarida kuchli shamol va yomg’ir natijasida hamda joriy yilning 1 mayida Sirdaryo viloyati “Sardoba” suv ombori to’g’onidan suv toshishi natijasida aholining ko’plab uy-joylariga, issiqxonalarga, qishloq ho’jaligiga, iqtisodiyotning ko’plab infratuzilmalariga katta zararlar etkanligi va bunday xolatda sug’urta kompaniyalari sug’urta to’lovlarini qisqa muddatlarda amalga oshirishlari yuzasidan ko’rsatmalar berildi. Shu borada amalga oshirilgan va oshirilayotgan ishlar to’g’risida Sug’urta bozorini rivojlantirish agentligi o’zini hisobotini berdi.

Jumladan, Sirdaryo viloyatining Oq oltin, Mirzaobod va Sardoba tumanlarida jami 1383 ta sug’urta sug’urta shartnomalari imzolangan bo’lib, shulardan 839 tasi mol-mulk sug’urtasiga to’g’ri keladi.

Tadbirkorlik sub’ektlari bilan imzolangan 365 ta sug’urta shartnomasi imzolangan bo’lib, zararlangan mulklar bo’yicha 882,5 mln.so’m sug’urta to’lovlari qisqa muddatlarda to’lab berildi.

Aholi bilan tuzilgan 474 ta sug’urta shartnomalaridan 212 tasi aholi yashash uylari hisoblanadi. Ularning barchasiga zarar etgan bo’lib, sug’urta kompaniyalar tomonidan sug’urta to’lovlarini amalga oshirish bo’yicha ishlar olib borilmoqda. Hozirgi kunga qadar 78,9 mln.so’m sug’urta to’lovlari aholiga to’lab berilgan bo’lsa, yana 2,5 mlrd.so’mlik sug’urta to’lovlari arizalar kelib tushgan. 

Concrete

Shu o’rinda aholini ham o’z mol-mulkiga e’tiborliroq bo’lishga va uni har xil ofatlardan himoya qilishga chaqirgan bo’lar edik. Sirdaryodagi ofat natijasida 4351 ta uy-joylarga jiddiy shikast etgan bo’lsa, ta’kidlab o’tilganidek faqatgina 212 ta uy-joy sug’urtalangan.

Buxoro viloyatida sodir bo’lgan tabiiy ofat oqibatida viloyatning Olot va Qorako’l, shuningdek, Qashqadaryo, Navoiy va Samarqand viloyatlarining ayrim hududlari ko’plab uy-joylar, issiqxonalar va boshqa mulklar zarar ko’rgan.

Mazkur hududlarda 30 mingga yaqin sug’urta shartnomalari imzolangan. Bugungi kunga qadar talofat etgan sug’urta ob’ektlari bo’yicha 4,5 mlrd.so’m miqdoridagi sug’urta qoplamalarini to’lab berilgan. Bu bora ishlar davom ettirilmoqda.

Muhokamalar davomida ushbu sohada asosan sug’urta kompaniyalari va sug’urtalanuvchilar o’rtasida samarali aloqalarning yaxshi yo’lga qo’yilishi, mijoz so’rovlariga o’z vaqtida munosabat bildirilishi xizmat natijadorligini ta’minlanishi ta’kidlandi, shu jumladan respublikada sug’urta xizmatlari turlarini ko’paytirishga qaratilgan keng masalalarga katta e’tibor berildi.

 

Oxirgi o'zgartirish Seshanba, 19 May 2020 10:03

Izoh qoldiring

Make sure you enter the (*) required information where indicated. HTML code is not allowed.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

Ishonch telefoni bo'yicha murojaatlar statistikasi

Paris

Vazirlikka kelgan xatlar holatini ko'rish

Yangiliklar taqvimi

« May 2020 »
Dush Sesh Chor Pay Jum Shan Yak
        1 2 3
4 5 6 7 8 9 10
11 12 13 14 15 16 17
18 19 20 21 22 23 24
25 26 27 28 29 30 31

Axborot-hisoblash markazining tezkor aloqa raqami (0-371) 202 03 02

Moliya vazirligi Axborot-hisoblash markazining "UzASBO va "DMBAT" dasturiy majmualari bo'yicha "Tezkor aloqasi"

Statistika

Hozir 256 mehmonlar va ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchi yo'q saytda

Arxiv

Ishonch telefonlariga bo'lgan qo'ng'iroqlarni baholash statistikasi

Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, sichqoncha bilan belgilab, administratorni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

© 2020 O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan olingan
ma'lumotlardan foydalanilganda O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining rasmiy veb sayti 
www.mf.uz ko‘rsatilishi shart. Saytni ishlab chiqish va qo'llab-quvvatlash Moliya vazirligi AHM tomonidan amalga oshiriladi

DMC Firewall is developed by Dean Marshall Consultancy Ltd