РУССКИЙ  |  O'ZBEKCHA  |  ENGLISH                          

       O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi

Moliya vazirligining navbatdagi hujjat loyihasiga munosabati

Diana Gardanova
15
May 2020
327 marta ko'rildi

Moliya vazirligining navbatdagi hujjat loyihasiga munosabati

Concrete

Davlat xaridlarida ochiqlik va shaffoflikni, raqobat va xolislikni, asoslanganlikni, moliyaviy mablag’lardan foydalanishning oqilonaligi, tejamkorligi va samaradorligini ta’minlash davr talabi.

Moliya vazirligiga2020 yil 7 may kuni O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiningfarmoyishi loyihasi kelishish uchun kelib tushdi.

Mazkur farmoyish loyihasida O’zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash maqsadida “Land Cruiser 200” rusumli avtomashinasi xaridini istisno tariqasida tanlovlarsiz, to’g’ridan-to’g’ri shartnoma asosida amalga oshirish vazifasi yuklatilmoqda.

O’zbekiston Respublikasining “Davlat xaridlari to’g’risida”gi Qonunining maqsadi davlat xaridlari sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat. Qonunning 4-12-moddalarida davlat xaridlarining asosiy printsiplari belgilangan bo’lib, mazkur printsiplar davlat xaridlari jarayonining barcha bosqichlarida qo’llanilishi kerak.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 13 avgustdagi PF-5780-sonli Farmonning 27-bandida vazirlik va idoralar, shuningdek, xo’jalik boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining davlat xaridlarini amalga oshirishda istisno tarzida to’g’ridan-to’g’ri shartnomalar tuzish huquqini berishni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash va O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish taqiqlangan.

Farmoyish loyihasida to’g’ridan-to’g’ri shartnoma asosida davlat xaridini amalga oshirish bo’yicha kiritilgan norma davlat xaridlari to’g’risidagi qonunhujjatlari talablariga zid bo’lganligi sababli, shuningdek davlat xaridlarini ochiqlik va shaffoflik, raqobat va xolislik, moliyaviy mablag’lardan foydalanishning oqilonaligi, tejamkorligi va samaradorligi kabi printsiplarga tayangan holda amalga oshirilishini ta’minlash maqsadida ushbu normani chiqarib tashlash bo’yicha Moliya vazirligining taklifi bildirildi.

Oxirgi o'zgartirish Juma, 15 May 2020 11:52

Izoh qoldiring

Make sure you enter the (*) required information where indicated. HTML code is not allowed.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

Ishonch telefoni bo'yicha murojaatlar statistikasi

Paris

Vazirlikka kelgan xatlar holatini ko'rish

Yangiliklar taqvimi

« Iyun 2020 »
Dush Sesh Chor Pay Jum Shan Yak
1 2 3 4 5 6 7
8 9 10 11 12 13 14
15 16 17 18 19 20 21
22 23 24 25 26 27 28
29 30          

Axborot-hisoblash markazining tezkor aloqa raqami (0-371) 202 03 02

Moliya vazirligi Axborot-hisoblash markazining "UzASBO va "DMBAT" dasturiy majmualari bo'yicha "Tezkor aloqasi"

Statistika

Hozir 311 mehmonlar va ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchi yo'q saytda

Arxiv

Ishonch telefonlariga bo'lgan qo'ng'iroqlarni baholash statistikasi

Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, sichqoncha bilan belgilab, administratorni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

© 2020 O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan olingan
ma'lumotlardan foydalanilganda O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining rasmiy veb sayti 
www.mf.uz ko‘rsatilishi shart. Saytni ishlab chiqish va qo'llab-quvvatlash Moliya vazirligi AHM tomonidan amalga oshiriladi

DMC Firewall is a Joomla Security extension!