РУССКИЙ  |  O'ZBEKCHA  |  ENGLISH                          

       O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi

MAQSAD: DAVLAT XARIDLARI SOHASIDA ShAFFOFLIK VA RAQOBATNI TAʹMINLASH

Chief administrator
08
May 2020
339 marta ko'rildi

MAQSAD: DAVLAT XARIDLARI SOHASIDA ShAFFOFLIK VA RAQOBATNI TAʹMINLASH

 2018 yil 9 aprelda O‘zbekiston Respublikasining “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi Qonuni qabul qilingan bo‘lib, uning maqsadi davlat xaridlari sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iboratdir. Qonunning qabul qilinishi davlat xaridlarini samarali amalga oshirish milliy tizimi huquqiy asosining zaminini yaratdi.

 Qonunda davlat xaridlarining asosiy printsiplari, tartibi va turlari belgilab berilgan. Ushbu qonunga muvofiq, davlat buyurtmachilari davlat xaridlarini ochiqlik va shaffoflik, tortishuv va xolislik (xarid qilish tartib-taomillari ishtirokchilari uchun teng imkoniyatlarni ta’minlash), mutanosiblik, davlat xaridlari tizimining yagonaligi va yaxlitligi hamda korruptsiyaga yo‘l qo‘ymaslik printsiplariga asoslangan holda amalga oshirishlari kerak.

 Biroq, bugungi kunda vazirlik va idoralar, shuningdek, xo‘jalik boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan davlat xaridlari to‘g‘risidagi qonun talablariga muvofiq bo‘lmagan xarid qilish tartib-taomillarini amalga oshirish turlarini belgilash bo‘yicha davlat buyurtmachilariga istisno tarzidagi mutlaq huquqni berishni nazarda tutuvchi normativ-xuquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish va kelishish uchun taqdim qilish bo‘yicha ko‘plab holatlar mavjud.

 Bunday holatlarni oldini olish maqsadida Moliya vazirligi tashabbusi bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil

 13 avgustdagi PF-5780-sonli farmoniga davlat xaridlari to‘g‘risidagi qonuniga muvofiq bo‘lmagan Vazirlar Mahkamasining topshiriqlarini, shuningdek, davlat xaridlarini amalga oshirishda istisno tarzida to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar tuzish huquqini berishni nazarda tutuvchi normativ-xuquqiy hujjatlar loyihalarini Vazirlar Mahkamasiga kiritish amaliyotini taqiqlash bo‘yicha norma kiritilgan.

 Shunga qaramay, 2019 yil davomida Moliya vazirligiga davlat xaridlari to‘g‘risidagi qonun talablariga muvofiq bo‘lmagan to‘g‘ridan-to‘g‘ri, shuningdek, eng yaxshi takliflarni tanlash orqali shartnomalarni tuzish kabi istisno tartibini nazarda tutuvchi yuzdan ortiq normativ-xuquqiy hujjatlar loyihalari kelishish uchun kelib tushgan. Joriy yilning to‘rt oyi davomida esa 19 ta shunday loyiha kelib tushdi. Moliya vazirligi tomonidan mazkur sohada raqobat va shaffolikni ta’minlash maqsadida davlat xaridlari to‘g‘risidagi qonunga muvofiq bo‘lmagan barcha loyihalar yuzasidan e’tirozlar va takliflar bildirilgan.

 Moliya vazirligi ayrim sub’ektlarga istisno tarzida mutlaq huquqni beruvchi va davlat xaridlari sohasidagi qonunchilikka muvofiq bo‘lmagan normalarni nazarda tutuvchi normativ-xuquqiy hujjatlar loyihalarini tanqidiy ko‘rib chiqishda davom etadi.

Izoh qoldiring

Make sure you enter the (*) required information where indicated. HTML code is not allowed.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

Ishonch telefoni bo'yicha murojaatlar statistikasi

Paris

Vazirlikka kelgan xatlar holatini ko'rish

Yangiliklar taqvimi

« May 2020 »
Dush Sesh Chor Pay Jum Shan Yak
        1 2 3
4 5 6 7 8 9 10
11 12 13 14 15 16 17
18 19 20 21 22 23 24
25 26 27 28 29 30 31

Axborot-hisoblash markazining tezkor aloqa raqami (0-371) 202 03 02

Moliya vazirligi Axborot-hisoblash markazining "UzASBO va "DMBAT" dasturiy majmualari bo'yicha "Tezkor aloqasi"

Statistika

Hozir 376 mehmonlar va ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchi yo'q saytda

Arxiv

Ishonch telefonlariga bo'lgan qo'ng'iroqlarni baholash statistikasi

Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, sichqoncha bilan belgilab, administratorni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

© 2020 O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan olingan
ma'lumotlardan foydalanilganda O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining rasmiy veb sayti 
www.mf.uz ko‘rsatilishi shart. Saytni ishlab chiqish va qo'llab-quvvatlash Moliya vazirligi AHM tomonidan amalga oshiriladi

DMC Firewall is developed by Dean Marshall Consultancy Ltd