РУССКИЙ  |  O'ZBEKCHA  |  ENGLISH                          

       O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi

JAHON BANKI O‘ZBEKISTONGA KORONAVIRUS OQIBATLARINI BARTARAF ETISH UCHUN QO‘SHIMCHA MOLIYAVIY KO‘MAK TAQDIM ETADI

Chief administrator
01
May 2020
580 marta ko'rildi

JAHON BANKI O‘ZBEKISTONGA KORONAVIRUS OQIBATLARINI BARTARAF ETISH UCHUN QO‘SHIMCHA MOLIYAVIY KO‘MAK TAQDIM ETADI

VASHINGTON, 2020- y. 30- aprel – Jahon Bankining direktorlar Kengashi taraqqiyot siyosatini qo‘llab-quvvatlash operatsiyasi doirasida O‘zbekistonga qo‘shimcha 200 million dollar taqdim etish haqidagi qarorni tasdiqladi. Ushbu mablag‘ koronavirus (COVID-19) pandemiyasining aholi salomatligi, uning ijtimoiy farovonligi va mamlakat iqtisodiyotiga ta’siri oqibatlarini bartaraf etishga qaratilgan hukumat chora-tadbirlarini amalga oshirishga yo‘naltiriladi. Soliq tushumlarining keskin qisqarishi va hukumatning inqirozga qarshi kurash dasturi doirasida davlat harajatlarining kutilmaganda oshib ketishi sharoitida mazkur moliyaviy ko‘mak davlat budjetini qo‘shimcha mablag‘ bilan ta’minlaydi.

O‘zbekiston koronavirusning mamlakatda tarqalishini cheklash maqsadida sog‘liqni saqlash sohasida zaruriy choralar va ijtimoiy masofalanishni puxta rejalashtirib, amalga oshirdi. Biroq boshqa mamlakatlarda kuzatilgani singari, jahon iqtisodiyotidagi o‘sish sur’atlarining pasayishi va karantin cheklovlarining salbiy oqibatlari fuqarolar va xususiy sektorga kuchli ta’sir qildi. Mazkur ta’sirni bartaraf etish maqsadida hukumat sog‘liqni saqlash tizimini moliyalashtirishni kuchaytirish, aholi zaif qatlamlarining ijtimoiy himoyasi va biznesni himoyalash bo‘yicha chora-tadbirlarni kengaytirishga, shuningdek, 2017-2021 yillarga mo‘ljallangan dastur doirasida amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar natijasini saqlab qolishga yo‘naltirilgan inqirozga qarshi choralar majmuasini qabul qildi.

«Jahon banki tomonidan taqdim etilayotgan qo‘shimcha moliyaviy resurslar O‘zbekiston hukumatining pandemiya tarqalishining oldini olish hamda uning aholi va milliy iqtisodiyotga ta’sirini pasaytirishga yo‘naltirilgan inqirozga qarshi dasturini amalga oshirishga ko‘maklashadi», - deya ta’kidlaydi Jahon bankining O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Hideki Mori.

Ushbu ko‘mak Jahon banki direktorlar Kengashi tomonidan 2019- yil iyun oyida O‘zbekistondagi iqtisodiy islohotlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida ma’qullangan 500 million dollarlik taraqqiyot siyosatini qo’llab-quvvatlash operatsiyasi (TSQO) bilan bog’liqdir. TSQO doirasida qo‘shimcha moliyaviy ko‘mak ajratish zaruriyati hukumat tomonidan pandemiya boshlangunga qadar ushbu operatsiya jadal sur’atlarda amalga oshirib kelinayotgan paytda koronavirus pandemiyasi keltirib chiqargan iqtisodiy inqiroz natijasida davlat budjetida kutilmagan tanqislikning yuzaga kelishi bilan asoslandi.

Mazkur moliyaviy ko‘mak Jahon banki va taraqqiyot sohasidagi boshqa xalqaro hamkorlarning muvofiqlashtirilgan javoblari doirasida shu turdagi ko‘makning dastlabki qismi bo‘lib, u inqirozga qarshi chora-tadbirlarni amalga oshirish va mamlakatda 2017- yildan buyon amalga oshirib kelinayotgan ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlar natijalarini saqlab qolishga qaratilgan.

Yuqorida keltirib o‘tilgan 200 million dollar joriy yilning 24- aprelida Jahon banki tomonidan ma’qullangan 95 million dollar miqdoridagi mablag’ga qo‘shimcha sifatida ajratiladi. Ta’kidlash joizki, ushbu mablag’lar O‘zbekistonda sog’liqni saqlash milliy tizimi faoliyatini takomillashtirish va koronavirus pandemiyasining oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha hukumatning tezkor choralari doirasida ijtimoiy himoyani kuchaytirishga mo‘ljallangan.

Jahon banki guruhining dunyodagi koronavirus pandemiyasiga javobi

Jahon banki guruhi (JBG) – rivojlanayotgan mamlakatlar uchun eng yirik moliyalashtirish va bilim manbalaridan biri bo‘lib, u ushbu mamlakatlarga pandemiyaga qarshi kurashish samaradorligini oshirishga yordam beradigan keng ko‘lamli va tezkor harakatlarni amalga oshirmoqda. Biz infeksiya tarqalishi va sog‘liqni saqlash tizimi faoliyati nazoratini yaxshilashga, xususiy sektorning o‘z ishini davom ettirishi va ish o‘rinlarini saqlab qolishiga ko‘mak bermoqdamiz. Kelgusi 15 oy ichida JBGga a’zo davlatlarga aholining kambag‘al va ijtimoiy zaif qatlamlarini himoya qilish, biznesni qo‘llab-quvvatlash va o‘z iqtisodiyotini tiklashga ko‘maklashish uchun 160 milliard dollar miqdoridagi mablag‘ yo‘naltiriladi. Mazkur maqsadlarga erishish uchun, jumladan, Xalqaro taraqqiyot assotsiatsiyasi (XTA – JBG tarkibidagi tashkilot) tomonidan grant va kreditlar ko‘rinishida imtiyozli shartlarda taqdim etiladigan 50 milliard dollar miqdoridagi qo‘shimcha moliyaviy manbalar ham ajratiladi.

Izoh qoldiring

Make sure you enter the (*) required information where indicated. HTML code is not allowed.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

Ishonch telefoni bo'yicha murojaatlar statistikasi

Paris

Vazirlikka kelgan xatlar holatini ko'rish

Yangiliklar taqvimi

« May 2020 »
Dush Sesh Chor Pay Jum Shan Yak
        1 2 3
4 5 6 7 8 9 10
11 12 13 14 15 16 17
18 19 20 21 22 23 24
25 26 27 28 29 30 31

Axborot-hisoblash markazining tezkor aloqa raqami (0-371) 202 03 02

Moliya vazirligi Axborot-hisoblash markazining "UzASBO va "DMBAT" dasturiy majmualari bo'yicha "Tezkor aloqasi"

Statistika

Hozir 294 mehmonlar va ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchi yo'q saytda

Arxiv

Ishonch telefonlariga bo'lgan qo'ng'iroqlarni baholash statistikasi

Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, sichqoncha bilan belgilab, administratorni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

© 2020 O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan olingan
ma'lumotlardan foydalanilganda O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining rasmiy veb sayti 
www.mf.uz ko‘rsatilishi shart. Saytni ishlab chiqish va qo'llab-quvvatlash Moliya vazirligi AHM tomonidan amalga oshiriladi

DMC Firewall is a Joomla Security extension!