РУССКИЙ  |  O'ZBEKCHA  |  ENGLISH                          

       O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi

O'ZBEKISTON VA JAHON BANKI: VAQT BILAN SINALGAN HAMKORLIK

Chief administrator
27
Apr 2020
530 marta ko'rildi

O'ZBEKISTON VA JAHON BANKI: VAQT BILAN SINALGAN HAMKORLIK

Concrete

Avval xabar qilinganidek, 20 aprel kuni O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni bilan Jahon bankining Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasi bo'yicha Vitse-prezidenti Siril Myuller yuqori darajadagi davlat mukofoti "Do'stlik" ordeni bilan taqdirlandi. Bu uning kasbiy faoliyati va, eng avvalo, mamlakatimiz va yirik xalqaro moliya instituti o'rtasidagi hamkorlikni sezilarli darajada mustahkamlaganining e'tirofiga aylandi.

O'zbekiston 1992 yilning sentyabridan Jahon bankiga a'zo bo'ldi, shu vaqtning o'zida Toshkentda tashkilotning vakolatxonasi ochildi. Ammo aynan so'ngi yillarda o'zaro munosabatlar sifat jihatdan boshqa darajaga ko'tarildi va Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan amalga oshirilgan tub o'zgarishlar ila yangi tarkib bilan to'ldirildi. Jahon bankining O'zbekiston Respublikasi bilan 2016–2020 yillarga mo'ljallangan hamkorlik strategiyasi muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda, buning natijasida 2019 yilda Jahon bankining mamlakatimizdagi dasturi mintaqadagi kuchli uchlikka kirdi.

Concrete

O'sha yilning o'zida qabul qilingan O'zbekistonda 2019-2021 yillarda tarkibiy islohotlarning asosiy yo'nalishlarining "Yo'l xaritasi" Jahon banki ko'magida tayyorlandi. Makroiqtisodiy barqarorlik va bozor munosabatlariga jadal o'tish uning ustuvor yo'nalishlaridan biridir. O'zgartirishlar ayniqsa zarur bo'lgan sohalar sifatida energetika, qishloq xo'jaligi, moliya sektori, raqobat va tadbirkorlikni rivojlantirish, savdo va transport, urbanizatsiya, makrofiskal siyosat, mehnat bozori va inson kapitali sohalari belgilandi.

 

Bularning barchasi Jahon bankining respublikadagi keng investitsiya portfelidan dalolat beradi. Aprel oyiga kelib, umumiy moliyaviy yordam hajmi 5 722 million AQSh dollarini tashkil etdi. Agar ilgari 1 527 million dollarlik 20 ta loyiha amalga oshirilgan bo'lsa, hozir esa 25 tasi amalga oshirilmoqda va ularga kiritilgan sarmoyalar 2,7 baravarga o'sib - 4,195 million dollarga etdi. Ular orasida:

 

- 5 ta qishloq xo'jaligi sohasidagi loyihalar (1 100 million dollar);

- 3 ta iqtisodiyot va moliya sohasida (1033 million dollar);

- 3 ta energika sohasida (614 million dollar);

- 3 ta ta'lim sohasida (166 million dollar);

- 2 ta suv resurslarini boshqarish bo'yicha (359 million dollar);

- 2 ta yo'l-transport sohasida (271 million dollar);

- 2 ta sog'liqni saqlash sohasida (241 million dollar);

- 2 ta suv ta'minoti va kanalizatsiya yo'nalishlari bo' yicha (241 million dollar);

- 1ta shahar infratuzilmasini rivojlantirish uchun (100 million dollar);

- 1 ta ijtimoiy sohada (50 million dollar);

- 1 ta “Elektron hukumat” loyihasi doirasida kadastr bo'yicha (20 million dollar).

Concrete

O'tgan yilning o'zida Jahon banki 1056,8 million dollarlik yana 7 loyihani ma'qulladi. Masalan, Jahon banki (100 million) va Osiyo infratuzilma investitsiyalari banki (88 million) ishtirokidagi “Obod qishloqlar” dasturi. U 2024 yil oxiriga qadar tanlangan 300 aholi punktlarida asosiy infratuzilmani yaxshilash va mahalliy hokimiyat organlari faoliyatini rivojlantirishga qaratilgan. Bu suv ta'minoti, kanalizatsiya, elektrlashtirish va energiya samaradorligi, ijtimoiy obyektlarni, yo'llar va ko'priklarni tiklashni ko'zda tutadi.

Qiymati 200 million dollarlik "Farg'ona vodiysida tadbirkorlikni rivojlantirish" loyihasi ham ta'kidlashga loyiq. U 2025 yilgacha uchta viloyatning barcha 39 ta tumanini qamrab oladi hamda biznes-inkubatsiya va murabbiylik, klasterlar yaratish, texnologiyalarni sinash va ilgari surish, shuningdek, kredit berish mexanizmlaridan foydalanashni nazarda tutafi. Bu tadbirkorlik faoliyatini kengaytirishga va yangi ish o'rinlarini yaratishga yordam beradi.

 

73,8 million dollar – bu "Bolalarning erta rivojlanishini takomillashtirish" loyihasining budjeti va mamlakat rahbariyatining ta'limga ko'rsatayotgan e'tiborining yaqqol namunasidir. Uning vazifalari 1 million o'quvchiga mo'ljallangan maktabgacha ta'lim muassasalarining infratuzilmasi va moddiy-texnik bazasini yaxshilash, o'qitishning ushbu bosqichi sifatini muntazam ravishda baholab borish, keyinchalik qishloq va olis hududlardagi bolalar uchun bilim olishni ta'minlaydigan davlat-xususiy sheriklik va muqobil modellarni joriy etishdan iborat.

Shu bilan birga, 2024 yilgacha mo'ljallangan "Ijtimoiy himoya tizimini kuchaytirish" loyihasi ham mavjud. Uning doirasida, kam ta'minlanganlarni qo'llab-quvvatlash samaradorligini oshirish uchun 50 million dollar yo'naltiriladi. Ushbu maqsadda yagona ijtimoiy reestr yaratilinadi, ixtisoslashtirilgan xizmatlar ko'rsatish va imtiyozlarni tayinlash jarayonlarini takomillashtiriladi, shuningdek ish bilan ta'minlashga ko'maklashish markazlarining ish sifati yaxshilnadi. Yana 33 million dollar "O'zbekistonning institutsional salohiyatini oshirish" loyihasiga yo'naltirildi, bu davlat moliyaviy boshqaruvi va islohotlarni optimallashtirish, korporativ sektorning bozor faoliyati uchun sharoitlarni yaxshilash mexanizmlarini yaxshilashga qaratilgan.

Joriy yil Jahon bankining Direktorlar kengashi yana ikkita yirik loyihani ma'qulladi. Birinchisi, 2020-2026 yillarga mo'ljallangan "Qishloq xo'jaligini modernizatsiya qilish va raqobatbardoshligini oshirish". Buning qiymati bizning tomonlarning iltimosiga binoan 200 milliondan 500 million dollargacha oshdi. Bu O'zbekiston Respublikasi qishloq xo'jaligini rivojlantirishning 2020-2030 yillarga mo'ljallangan strategiyasini amalga oshirish uchun muhim hisoblanadi, zero soha YaIMning qariyb 30 foizini va eksport tushumining 25 foizini ta'minlaydi. Ushbu tashabbus bozorga yo'naltirilgan qishloq xo'jaligiga o'tishni tezlashtiradi, ishlab chiqarish va savdo zanjirini yaxshilash bo'yicha ishlarning samaradorligini oshiradi. Urug'chilik va ixtisoslashtirilgan ilmiy-tadqiqot institutlarining amaliy tadqiqotlarini qo'llab-quvvatlash, yerlarning unumdorligini va fitosanitariya xavfsizligini oshirish, Buxoro va Xorazm viloyatlarida dehqonlarga kreditlar ajratish va agrologistik markazlarini tashkil etish bo'yicha chora-tadbirlar belgilandi. Bularning barchasi mahalliy mahsulotlarning sifati va assortimentiga yaxshi ta'sir qiladi va ularni ichki va tashqi bozorda kengayishini ta'minlaydi.

 

Yarim milliondan ortiq mamlakat aholisi ikkinchi yangi loyiha - "Suv ​​ta'minoti xizmatlarini rivojlantirish va institutsional qo'llab-quvvatlash dasturi" ning natijalarini his etadilar. Bu 239 million dollarlik xarajatlarni ko'zda tutadi. Ushbu mablag'lar Qoraqalpog'istonning uch shahri - Nukus, Taxiatosh va Xo'jaylida tozalash inshootlarini modernizatsiya qilishga, Kattaqo'rg'on va Sirdaryo viloyatidagi suv ta'minoti va kanalizatsiya tarmoqlarini rekonstruktsiya qilish va kengaytirishga yo'naltiriladi. Iste'molni hisobi bo'yicha dasturlar joriy qilinib, qimmatli manba yo'qotishlarini kamaytiradi.

Shu oyning boshida Jahon banki O'zbekistonning koronavirus pandemiyasi oqibatlariga qarshi kurashish va uning ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatga ta'sirini yumshatish, shuningdek, aholiga va qator sohalarga, ayniqsa tadbirkorlik va agrar sektorga yordam berishni qo'llab-quvvatlashini ma'lum qildi. Sog'liqni saqlash, ijtimoiy himoya va boshqa maqsadlarga 1,2 milliard dollar ajratish masalasi ustuvor masala sifatida hal qilinmoqda.

Jahon banki respublikaga investitsiyalarni jalb qilish, budjet, soliq va bank siyosati, qonunchilikni modernizatsiya qilish va boshqa sohalarda maslahatlar beradi. Xususan, 2018-2019 yillarda fuqaro aviatsiyasini o'zgartirish maqsadida bunday xizmatlar ko'rsatildi. Shunga o'xshash yangi shartnoma hukumat bilan 2020 yil yanvar oyida imzolandi.

 

Loyihalarni amalga oshirish va hamkorlikni kengaytirish masalalari Jahon banki delegatsiyalarining muntazam tashriflari mobaynida muhokama qilinadi. Doimiy ravishda Prezident, Vazirlar Mahkamasi  va parlament a'zolari bilan uchrashuvlar o'tkazilmoqda. Bunday yuqori darajadagi so'nggi muzokaralar yanvar oyida bo'lib o'tdi. Va endi videokonferentsiyalar orqali aloqa davom etmoqda.

Jahon banki ekspertlarining fikriga ko'ra, kelasi yil iqtisodiyotning tez tiklanishini va so'nggi besh yil ichida eng yaxshi 6,5% ga o'sishi kuzatiladi. Jahon banki kabi ishonchli xalqaro sheriklar tomonidan qo'llab-quvvatlanadigan islohotlarni davom ettirish - oldinga siljishning kaliti hisoblanadi.

Oxirgi o'zgartirish Dushanba, 27 Aprel 2020 19:17

Izoh qoldiring

Make sure you enter the (*) required information where indicated. HTML code is not allowed.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

Ishonch telefoni bo'yicha murojaatlar statistikasi

Paris

Vazirlikka kelgan xatlar holatini ko'rish

Yangiliklar taqvimi

« May 2020 »
Dush Sesh Chor Pay Jum Shan Yak
        1 2 3
4 5 6 7 8 9 10
11 12 13 14 15 16 17
18 19 20 21 22 23 24
25 26 27 28 29 30 31

Axborot-hisoblash markazining tezkor aloqa raqami (0-371) 202 03 02

Moliya vazirligi Axborot-hisoblash markazining "UzASBO va "DMBAT" dasturiy majmualari bo'yicha "Tezkor aloqasi"

Statistika

Hozir 274 mehmonlar va ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchi yo'q saytda

Arxiv

Ishonch telefonlariga bo'lgan qo'ng'iroqlarni baholash statistikasi

Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, sichqoncha bilan belgilab, administratorni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

© 2020 O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan olingan
ma'lumotlardan foydalanilganda O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining rasmiy veb sayti 
www.mf.uz ko‘rsatilishi shart. Saytni ishlab chiqish va qo'llab-quvvatlash Moliya vazirligi AHM tomonidan amalga oshiriladi

DMC Firewall is a Joomla Security extension!