РУССКИЙ  |  O'ZBEKCHA  |  ENGLISH                          

       O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi

TENDER VA TANLOV SAVDOLARINI ELEKTRON TARZDA O‘TKAZISH TARTIBINING MASOFAVIY TAQDIMOTI

Chief administrator
25
Apr 2020
566 marta ko'rildi

TENDER VA TANLOV SAVDOLARINI ELEKTRON TARZDA O‘TKAZISH TARTIBINING MASOFAVIY TAQDIMOTI

Concrete

 Keng raqobat – taraqqiyot garovidir. 

 Tadbirkorlarning keng qamrovini ta’minlash imkoniyatini yaratish maqsadida, xabaringiz bor Moliya vazirligining tegishli buyruqlari bilan “Xarid qilish tartib-taomillarini tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi hamda “Maxsus axborot portali operatorining davlat xaridlarini tashkil etish hamda o‘tkazish borasidagi faoliyati to‘g‘risida”gi nizomlarga tender va tanlov savdolarini elektron tarzda amalga oshirishni ko‘zda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilib, Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan edi.

 Mazkur hujjatlarda belgilangan jarayonlarni amaliyotga joriy etish maqsadida joriy yilning 22-23 aprel kunlari maxsus axborot portali operatorlari tomonidandavlat xaridlari ishtirokchilari, xususan yirik byudjet va korporativ buyurtmachilar, strategik ahamiyatga ega xo‘jalik jamiyatlari va korxonalari, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari, shuningdek, Jahon banki va Osiyo taraqqiyot banki vakillari ishtirokida elektron tenderlar va tanlovlar o‘tkazish bo‘yicha raqamli platformalarning ishlash mexanizmi taqdimoti o‘tkazildi.

 Dastlab 22 aprel kuni O‘zbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasi tomonidan tender va tanlovni elektron tarzda o‘tkazish bo‘yicha yaratilgan yangi raqamli platformaning ishlash tartibi namoyish qilindi.

Concrete

 Davlat xaridlari bo‘yicha maxsus axborot portali operatori vazifasi O‘zbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasi tomonidan amalga oshirilib kelinmoqda, shuningdek, ushbu sohada raqobat muhitini shakllantirish maqsadida endilikda bir necha operatorlarni jalb qilish ishlari olib borilmoqda. “XT – XARID TEXNOLOGIYALARI” qo‘shma korxonasishular jumlasidan bo‘lib, 23 aprel kuni “XT – XARID TEXNOLOGIYALARI” qo‘shma korxonasi tomonidan yaratilgan mexanizm namoyishi o‘tkazildi va keng muhokama qilindi.

Concrete

 Taqdimot so‘ngida videoaloqa ishtirokchilari tomonidan o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilindi va ushbu savollarga tegishli mutaxassislar tomonidan batafsil tushunchalar va amaliy tavsiyalar berildi.

 

 

Oxirgi o'zgartirish Shanba, 25 Aprel 2020 17:26

Izoh qoldiring

Make sure you enter the (*) required information where indicated. HTML code is not allowed.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

Ishonch telefoni bo'yicha murojaatlar statistikasi

Paris

Vazirlikka kelgan xatlar holatini ko'rish

Yangiliklar taqvimi

« May 2020 »
Dush Sesh Chor Pay Jum Shan Yak
        1 2 3
4 5 6 7 8 9 10
11 12 13 14 15 16 17
18 19 20 21 22 23 24
25 26 27 28 29 30 31

Axborot-hisoblash markazining tezkor aloqa raqami (0-371) 202 03 02

Moliya vazirligi Axborot-hisoblash markazining "UzASBO va "DMBAT" dasturiy majmualari bo'yicha "Tezkor aloqasi"

Statistika

Hozir 453 mehmonlar va ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchi yo'q saytda

Arxiv

Ishonch telefonlariga bo'lgan qo'ng'iroqlarni baholash statistikasi

Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, sichqoncha bilan belgilab, administratorni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

© 2020 O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan olingan
ma'lumotlardan foydalanilganda O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining rasmiy veb sayti 
www.mf.uz ko‘rsatilishi shart. Saytni ishlab chiqish va qo'llab-quvvatlash Moliya vazirligi AHM tomonidan amalga oshiriladi

Our website is protected by DMC Firewall!