РУССКИЙ  |  O'ZBEKCHA  |  ENGLISH                          

       O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi

KORONAVIRUS PANDEMIYASI DAVRIDA SUV TA’MINOTI KORXONALARINI QO'LLAB QUVVATLASH MAQSADIDA AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLAR

Chief administrator
23
Apr 2020
613 marta ko'rildi

KORONAVIRUS PANDEMIYASI DAVRIDA SUV TA’MINOTI KORXONALARINI QO'LLAB QUVVATLASH MAQSADIDA AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLAR

Joriy yilning 15 martidan boshlab koronavirusga qarshi kurashish hamda uning oldini olish bo‘yicha yurtimizda joriy etilgan karantin davrida respublikadagi barcha ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan korxona va tashkilotlar singari suv ta’minoti korxonalari xam kuchaytirilgan ish rejimiga o‘tkazilgan holda faoliyat yuritishmoqda.
Buning natijasida yurtimizdagi barcha iste’molchilar, shu jumladan aholi uzluksiz ravishda ichimlik suvi bilan ta’minlanib kelinmoqda.

Shuningdek, Hukumatimiz tomonidan karantin sharoitida iste’molchilarga engilliklar yaratish maqsadida, ko‘rsatilgan ichimlik va oqava suv ta’minoti xizmatlari uchun o‘z vaqtida amalga oshirilmagan to‘lovlarga nisbatan penyalar hisoblanmaslik, qarzdor iste’molchilar bo‘yicha sudlarga da’vo arizalari kiritmaslik hamda iste’molchilarni tarmoqlardan uzib quymaslik bo‘yicha mutasaddi vazirlik va idorlarga tegishli topshiriqlar berildi.

Mamlakatimizda joriy qilingan karantin davrida aksariyat korxonalar, tashkilotlar va byudjet muassasalari faoliyatining vaqtincha to‘xtatilganligi hamda aholining o‘z uylarida o‘zini o‘zi izolyatsiyalash tartibining joriy qilinganligi – o‘z navbatida yuridik tashkilotlarning suv iste’moli kamayishiga hamda aholining ichimlik suviga bo‘lgan extiyojining oshishiga olib keldi.

 (Ma’lumot uchun: Karantin e’lon qilingan kunga qadar ko‘rsatilgan ichimlik va oqava suv xizmatlari uchun respublika bo‘yicha o‘rtacha bir kunlik tushum - 3,1 mlrd.so‘mni tashkil qilgan bo‘lsa, bugungi kunda ushbu ko‘rsatkich 10 barobarga kamayib 0,3 mlrd. so‘mni tashkil etmoqda).

Bu kabi holatlar o‘z navbatida, suv ta’minoti korxonalarining karantin davrida moliyaviy barqaror faoliyat yuritishlariga o‘zining salbiy ta’sirini ko‘rsatgan holda, korxona xodimlarining ish haqi to‘lovlari, suvni tozalash uchun kerakli bo‘lgan kimyoviy reagentlarni xarid qilish, Hukumat kafolati ostida jalb qilingan kreditlarni qaytarish, byudjet va davlat maqsadli jamg‘armalar oldidagi to‘lovlar, elektr-energiyasi hamda yuzaga kelgan avariyaviy holatlarni bartaraf etish uchun zaruriy materiallar, yoqilg‘i moylash mahsulotlarini xarid qilish bilan bog‘liq birinchi darajali to‘lovlarning o‘z vaqtida va to‘liq amalga oshirilmasligiga olib kelmoqda.

Shu munosabat bilan, karantin sharoitida suv ta’minoti korxonalari moliyaviy ahvolining yomonlashuvini oldini olish, epidemiya oqibatlarini yumshatish maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tashabbusi bilan, Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi bilan birgalikda suv ta’minoti korxonalarining birinchi darajalari to‘lovlari uchun talab qilinadigan mablag‘lar miqdori o‘rganib chiqildi hamda karantin davrida suv ta’minoti sohasini Davlat tomonidan moliyaviy qo‘llab quvvatlash bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga tegishli takliflar kiritildi.

Moliya vazirligi va Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi bilan birgalikda suv ta’minoti korxonalarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash yuzasidan bildirilgan takliflariga asosan, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining maxsus topshirig‘i asosida Inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan jami 61,4 mlrd. so‘m mablag‘lar suv ta’minoti korxonalarining ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlari hamda birinchi darajali xarajatlarini (kimyoviy reagentlar, yoqilg‘i moylash materiallari) qoplash uchun foizsiz ssuda sifatida ajratildi.

Mamlakatimizda e’lon qilingan karantin sharoitida aholiga sifatli ichimlik va oqava suv ta’minoti xizmatlari uzluksiz ravishda ko‘rsatilishi o‘ta dolzarb masala ekanligini inobatga olib, davlatimiz kommunal soha, hususan, ichimlik suv ta’minoti xizmatlariga qaratilayotgan bu kabi e’tibori natijasida ichimlik suvi ta’minoti xizmatlari Davlat tomonidan kafolatlangan ravishda uzluksiz ko‘rsatilishi ta’minlanadi.

Izoh qoldiring

Make sure you enter the (*) required information where indicated. HTML code is not allowed.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

Ishonch telefoni bo'yicha murojaatlar statistikasi

Paris

Vazirlikka kelgan xatlar holatini ko'rish

Yangiliklar taqvimi

« Iyun 2020 »
Dush Sesh Chor Pay Jum Shan Yak
1 2 3 4 5 6 7
8 9 10 11 12 13 14
15 16 17 18 19 20 21
22 23 24 25 26 27 28
29 30          

Axborot-hisoblash markazining tezkor aloqa raqami (0-371) 202 03 02

Moliya vazirligi Axborot-hisoblash markazining "UzASBO va "DMBAT" dasturiy majmualari bo'yicha "Tezkor aloqasi"

Statistika

Hozir 376 mehmonlar va ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchi yo'q saytda

Arxiv

Ishonch telefonlariga bo'lgan qo'ng'iroqlarni baholash statistikasi

Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, sichqoncha bilan belgilab, administratorni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

© 2020 O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan olingan
ma'lumotlardan foydalanilganda O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining rasmiy veb sayti 
www.mf.uz ko‘rsatilishi shart. Saytni ishlab chiqish va qo'llab-quvvatlash Moliya vazirligi AHM tomonidan amalga oshiriladi

DMC Firewall is developed by Dean Marshall Consultancy Ltd