РУССКИЙ  |  O'ZBEKCHA  |  ENGLISH                          

       O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi

ELEKTRON DAVLAT XARIDLARI - OCHIQLIK VA SHAFFOFLIK GAROVI

Chief administrator
23
Apr 2020
583 marta ko'rildi

ELEKTRON DAVLAT XARIDLARI - OCHIQLIK VA SHAFFOFLIK GAROVI

Davlat xaridlari tizimini doimiy ravishda takomillashtirib borish, davlat xaridlarini amalga oshirish jarayonlariga zamonaviy axborot texnologiyalarini keng joriy etish orqali inson omili aralashuvini kamaytirish bugungi kunda soxadagi eng dolzarb masalalardan biri hisoblanadi.

 Shu munosabat bilan davlat xaridlari soxasidagi vakolatli organ sifatida Moliya vazirligi tashabbusi bilan davlat xaridlariga oid bir qator me’yoriy hujjatlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

 Xususan:

 I. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil

 15 apreldagi PQ-4678-son qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

 Ushbu qaror bilan kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarning asosiy maqsadi davlat xaridlari tizimini yanada takomillashtirish, davlat buyurtmachilarining mas’uliyatini oshirish, investitsiya loyihalarini samarali va o‘z vaqtida amalga oshirishni ta’minlash, shuningdek, byurokratik to‘siqlarni qisqartirishga qaratilgan (kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar bilan https://lex.uz/docs/4789204 havola orqali tanishish mumkin).

 II. Moliya vazirligining 2020 yil 24 fevraldagi 7-sonli buyrug‘i bilan “Xarid qilish tartib-taomillarini tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi nizomga, 8-sonli buyrug‘i bilan “Maxsus axborot portali operatorining davlat xaridlarini tashkil etish hamda o‘tkazish borasidagi faoliyati to‘g‘risida”gi nizomga tender va tanlov savdolarini elektron tarzda amalga oshirishni ko‘zda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi va Adliya vazirligida 2020 yil 13 aprelda 3016-3 va 3015-2 sonlar bilan davlat ro‘yxatdan o‘tkazildi (kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar bilan (https://lex.uz/pdfs/4791838 va https://lex.uz/docs/4789467 havolalar orqali tanishish mumkin). 

 

Izoh qoldiring

Make sure you enter the (*) required information where indicated. HTML code is not allowed.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

Ishonch telefoni bo'yicha murojaatlar statistikasi

Paris

Vazirlikka kelgan xatlar holatini ko'rish

Yangiliklar taqvimi

« Iyun 2020 »
Dush Sesh Chor Pay Jum Shan Yak
1 2 3 4 5 6 7
8 9 10 11 12 13 14
15 16 17 18 19 20 21
22 23 24 25 26 27 28
29 30          

Axborot-hisoblash markazining tezkor aloqa raqami (0-371) 202 03 02

Moliya vazirligi Axborot-hisoblash markazining "UzASBO va "DMBAT" dasturiy majmualari bo'yicha "Tezkor aloqasi"

Statistika

Hozir 263 mehmonlar va ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchi yo'q saytda

Arxiv

Ishonch telefonlariga bo'lgan qo'ng'iroqlarni baholash statistikasi

Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, sichqoncha bilan belgilab, administratorni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

© 2020 O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan olingan
ma'lumotlardan foydalanilganda O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining rasmiy veb sayti 
www.mf.uz ko‘rsatilishi shart. Saytni ishlab chiqish va qo'llab-quvvatlash Moliya vazirligi AHM tomonidan amalga oshiriladi

Our website is protected by DMC Firewall!