РУССКИЙ  |  O'ZBEKCHA  |  ENGLISH                          

       O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi

O‘ZBEKISTON “JAHON MATBUOT ERKINLIGI” INDEKSIDA 4 POG‘ONA YUQORILADI

Chief administrator
22
Apr 2020
466 marta ko'rildi

O‘ZBEKISTON “JAHON MATBUOT ERKINLIGI” INDEKSIDA 4 POG‘ONA YUQORILADI

Concrete

 “Chegarasiz muhbirlar” (Reporters Without Borders) tashkiloti tomonidan yuritiladigan “Jahon matbuot erkinligi” indeksining 2020 yil uchun hisobotida O‘zbekiston 180 ta mamlakat orasidan 156 o‘rinni egalladi. 

 Norvegiya matbuot erkinligi borasida etakchilikni ketma-ket to‘rt yildan buyon saqlab kelmoqda. Yuqori 5 talik davlatlar qatorida Finlyandiya, Daniya, Shvetsiya va Gollandiya davlatlari o‘rin egalladi. O‘rta Osiyoda O‘zbekiston qo‘shni davlatlarga nisbatan o‘z o‘rnini yuqoriroq ko‘tarishga erishib, ilk marotaba Qozog‘istonni quvib o‘tdi.

 Mazkur natija bilan o‘tgan yilgi o‘ringa nisbatan 4 pog‘ona yuqorilashga erishgan bo‘lsada, mamlakatimiz so‘z erkinligi bilan bog‘liq vaziyat hamon «murakkab» bo‘lgan davlatlar qatorida qolmoqda.

 Shunga qaramasdan, O‘zbekiston so‘nggi uch yil ichida indeksda sezilarli o‘sishni qayd etib kelmoqda. Jumladan, 2018 yilda 4 pog‘onaga (169 o‘rindan 165 o‘ringa), 2019 yilda 5 pog‘onaga (165 dan 160 o‘ringa), 2020 yilda 4 pog‘onaga yuqorilashga erishdi. Bunda, mamlakatimizda axborot va ommaviy kommunikatsiyalarni yanada rivojlantirish, matbuot va so‘z erkinligini mustahkamlash, jurnalist va OAV vakillariing huquqlarini himoya qilish, ularning erkin, mustaqil faoliyat yuritishini qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar muhim rol kasb etmoqda.

O‘rta Osiyo mamlakatlari “Jahon matbuot erkinligi” indeksida

Concrete

 Hisobotga ko‘ra, mamlakatda “iliqlik” jarayoni davom etayotgani, jumladan bir qator veb-saytlarga nisbatan avval joriy qilingan ta’qiqlarning bekor qilingani, OAVni ro‘yhatga olish jarayonlarining soddalashtirilgani, siyosiy voqea va jarayonlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirga uzatish hamda korruptsiya, majburiy mehnat kabi nozik mavzularni yoritish yo‘lga qo‘yilganligi kabi holatlar alohida qayd etib o‘tilgan.

 Shuningdek, yuqori darajadagi hokimiyat vakillarini tanqid qilish hamon mumkin emasligi, tsenzura va o‘z-o‘zini tsenzura qilish hanuzgacha mavjud bo‘lib, hokimiyatlar OAV ustidan nazoratni sezilarli darajada ushlab turganligi, blogerlarga nisbatan tahdidlar saqlanib qolayotganligi kabi jihatlar mamlakatning so‘z erkinligi borasida bosib o‘tishi lozim bo‘lgan yo‘lning hamon uzoqligi ta’kidlanmoqda.

Oxirgi o'zgartirish Chorshanba, 22 Aprel 2020 03:15

Izoh qoldiring

Make sure you enter the (*) required information where indicated. HTML code is not allowed.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

Ishonch telefoni bo'yicha murojaatlar statistikasi

Paris

Vazirlikka kelgan xatlar holatini ko'rish

Yangiliklar taqvimi

« May 2020 »
Dush Sesh Chor Pay Jum Shan Yak
        1 2 3
4 5 6 7 8 9 10
11 12 13 14 15 16 17
18 19 20 21 22 23 24
25 26 27 28 29 30 31

Axborot-hisoblash markazining tezkor aloqa raqami (0-371) 202 03 02

Moliya vazirligi Axborot-hisoblash markazining "UzASBO va "DMBAT" dasturiy majmualari bo'yicha "Tezkor aloqasi"

Statistika

Hozir 283 mehmonlar va ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchi yo'q saytda

Arxiv

Ishonch telefonlariga bo'lgan qo'ng'iroqlarni baholash statistikasi

Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, sichqoncha bilan belgilab, administratorni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

© 2020 O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan olingan
ma'lumotlardan foydalanilganda O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining rasmiy veb sayti 
www.mf.uz ko‘rsatilishi shart. Saytni ishlab chiqish va qo'llab-quvvatlash Moliya vazirligi AHM tomonidan amalga oshiriladi

Our website is protected by DMC Firewall!