РУССКИЙ  |  O'ZBEKCHA  |  ENGLISH                          

       O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi

MOLIYA VAZIRLIGI VA MARKAZIY BANK XORIJIY INVESTORLAR, XALQARO MOLIYA TASHKILOTLARI VA EKSPORT KREDIT AGENTLIKLARI BILAN TELEKONFERENTSIYA O‘TKAZDI

Chief administrator
17
Apr 2020
412 marta ko'rildi

MOLIYA VAZIRLIGI VA MARKAZIY BANK XORIJIY INVESTORLAR, XALQARO MOLIYA TASHKILOTLARI VA EKSPORT KREDIT AGENTLIKLARI BILAN TELEKONFERENTSIYA O‘TKAZDI

 Koronavirus (COVID-19) pandemiyasi tufayli vujudga kelgan global iqtisodiy va moliyaviy inqiroz sharoitida xorijiy investorlar, xalqaro moliya tashkilotlari va eksport kredit agentliklari bilan yo‘lga qo‘yilgan aloqalar barqarorligi va davomiyligini saqlab turish muhim ahamiyat kasb etadi. 

 Joriy yilning 16 aprelь kuni O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Markaziy bank tomonidan global inqirozning respublikamizga  salbiy oqibatlarini yumshatish bo‘yicha amalga oshirilayotgan choralarga bag‘ishlangan telekonferentsiya o‘tkazildi. 

 Yevroosiyo mintaqasida suveren emitentlar tomonidan birinchilardan bo‘lib tashkil qilingan tadbirda 150 dan ziyod xorijiy investorlar, xalqaro moliya tashkilotlari, global investitsiya banklari va eksport kredit agentliklari vakillari ishtirok etdilar. 

 Ma’lumot uchun: Ushbu telekonferentsiyada “Abu Dhabi Investment Authority”, “AIG Investments”, “AXA Investments,  Blackrock”, “Fidelity”, “Eaton Vance” kabi yirik xalqaro investitsion kompaniyalar, “Citigroup”, “JP Morgan”, “Merrill Lynch”, Gazprombank, “Deutsche Bank”, “Raiffeisen Bank International” kabi yirik investitsiya banklari hamda Osiyo taraqqiyot banki, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, Xalqaro moliya korporatsiyasi, “KfW”, “Export-Import Bank of China” kabi xalqaro moliya tashkilotlari qatnashdilar.

 Telekonferentsiya davomida O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hamda Markaziy banki vakillari tomonidan global inqirozning mamlakat iqtisodiyoti va moliyaviy tizimiga bevosita va bilvosita ta’siri, inflyatsion va fiskal balans kutilmalaridagi o‘zgarishlar, inqirozga qarshi kurash borasida davlat tomonidan ko‘rilayotgan iqtisodiy va ijtimoiy choralar bo‘yicha ma’lumot berildi. 

 Xususan, Davlatimiz Rahbarining koronavirus pandemiyasining iqtisodiyotga ta’sirini yumshatish hamda makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlashga qaratilgan Farmon va qarorlari, iqtisodiyot tarmoqlarini qo‘llab-quvvatlash va aholini ijtimoiy himoya qilish bo‘yicha chora-tadbirlar telekonferentsiya qatnashchilari tomonidan juda ijobiy qabul qilindi.

 Shu bilan birga, investorlarning global inqiroz davrida O‘zbekistonning makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari, fiskal choralar hamda inqirozga qarshi kurash jamg‘armasining moliyalashtirilish manbalari, global inqirozning to‘lov balansi, milliy valyuta, inflyatsiya va bank tizimiga ta’siri va boshqa savollariga javob berildi.

 Qayd etish joizki, ko‘plab noaniqlik va iqtisodiy xatarlar yuzaga kelayotgan bir vaqtda faol ravishda kerakli ma’lumotlarni taqdim qilish hamda mavjud savollarga javob berish uchun keng imkoniyat yaratgan mazkur telekonferentsiya xalqaro hamkorlar tomonidan yuksak e’tirof etildi. 

 Natijada, O‘zbekiston Respublikasiga qo‘shimcha moliyaviy resurslarni ajratish bo‘yicha takliflar kelib tushmoqda. Jumladan, telekonferentsiyada qatnashgan moliyaviy tashkilotlarning biridan O‘zbekiston Respublikasi korxonalariga asosiy vositalar uchun (fixed assets loan) hamda aylanma mablag‘lari uchun kredit (working capital loan) berish mumkinligi haqida taklif keldi.

 Shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasi xalqaro suveren obligatsiyalarning ikkilamchi bozordagi kotirovkalarining nisbatan barqarorligi xalqaro investorlar tomonidan yurtimizning makro-iqtisodiy barqarorligiga ishonch belgisi hisoblanib, kelajakda ushbu moliyalashtirish manbai respublikamiz emitentlari uchun ochiqligidan darak beradi.

 

Oxirgi o'zgartirish Juma, 17 Aprel 2020 22:35

Izoh qoldiring

Make sure you enter the (*) required information where indicated. HTML code is not allowed.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

Ishonch telefoni bo'yicha murojaatlar statistikasi

Paris

Vazirlikka kelgan xatlar holatini ko'rish

Yangiliklar taqvimi

« May 2020 »
Dush Sesh Chor Pay Jum Shan Yak
        1 2 3
4 5 6 7 8 9 10
11 12 13 14 15 16 17
18 19 20 21 22 23 24
25 26 27 28 29 30 31

Axborot-hisoblash markazining tezkor aloqa raqami (0-371) 202 03 02

Moliya vazirligi Axborot-hisoblash markazining "UzASBO va "DMBAT" dasturiy majmualari bo'yicha "Tezkor aloqasi"

Statistika

Hozir 367 mehmonlar va ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchi yo'q saytda

Arxiv

Ishonch telefonlariga bo'lgan qo'ng'iroqlarni baholash statistikasi

Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, sichqoncha bilan belgilab, administratorni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

© 2020 O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan olingan
ma'lumotlardan foydalanilganda O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining rasmiy veb sayti 
www.mf.uz ko‘rsatilishi shart. Saytni ishlab chiqish va qo'llab-quvvatlash Moliya vazirligi AHM tomonidan amalga oshiriladi

Our website is protected by DMC Firewall!