РУССКИЙ  |  O'ZBEKCHA  |  ENGLISH                          

       O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi

KORONAVIRUS INFEKTSIYASI TARQALISHIGA QARSHI KURASHISH TADBIRLARIGA JALB QILINADIGAN TIBBIYOT, SANITARIYA-EPIDEMIOLOGIK VA BOSHQA XODIMLARGA QO‘SHIMCHA RAG‘BATLANTIRISH TO‘LOVLARI TO‘LANISHI HAQIDA MA’LUMOT

Chief administrator
15
Apr 2020
450 marta ko'rildi

KORONAVIRUS INFEKTSIYASI TARQALISHIGA QARSHI KURASHISH TADBIRLARIGA JALB QILINADIGAN TIBBIYOT, SANITARIYA-EPIDEMIOLOGIK VA BOSHQA XODIMLARGA QO‘SHIMCHA RAG‘BATLANTIRISH TO‘LOVLARI TO‘LANISHI HAQIDA MA’LUMOT

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Koronavirus pandemiyasi va global inqiroz holatlarining iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy ta’sirini yumshatish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2020 yil 19 martdagi PF-5969-son Farmoni bilan tibbiyot, sanitariya-epidemiologik va boshqa xodimlar koronavirus infektsiyasi tarqalishiga qarshi kurashish tadbirlariga jalb qilinadigan davrda ularning oylik lavozim maoshiga 6 foiz miqdorida har kunlik qo‘shimcha to‘lovlar joriy qilindi.

 Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Koronavirus infektsiyasi tarqalishiga qarshi kurashishga jalb qilingan tibbiyot va sanitariya-epidemiologiya xizmati xodimlarini qo‘llab-quvvatlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2020 yil 26 martdagi PQ-4652-son qarori bilan koronavirus infektsiyasidan zararlangan bemorlar bilan muloqotga kirishadigan, zararlangan bemorlar joylashtirilgan ob’ektlarda hamda koronavirus infektsiyasini aniqlash laboratoriyalarida faoliyat olib borayotgan tibbiyot, sanitariya-epidemiologiya xizmati va boshqa xodimlarga har 14 kunlik faoliyat davri uchun quyidagi miqdorlarda (soliqlardan tashqari) maxsus qo‘shimcha rag‘batlantirish to‘lovi belgilandi:

 vrach xodimlarga, vrach-laborantlarga — 25 mln.so‘m;

 o‘rta tibbiyot xodimlariga, hamshira-laborantlarga — 15 mln.so‘m;

 kichik tibbiyot xodimlariga — 10 mln.so‘m;

 boshqa xodimlarga — 5 mln.so‘m.

 Prezidentimizning ushbu Farmon va qarori ijrosini ta’minlash maqsadida koronavirusga qarshi kurashish tadbirlari uchun, shu jumladan tibbiyot xodimlariga qo‘shimcha to‘lovlari uchun 2020 yilning 23 mart kuni Moliya vazirligi qoshidagi Inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazlarining har biriga dastlabki ravishda 5,0 mlrd.so‘mdan, jami 70,0 mlrd.so‘m ajratildi.

 Shu o‘rinda aytib o‘tish zarurki, ushbu mablag‘lardan foydalanish tartibi bo‘yicha 2020 yilning 23 mart kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlariga O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Sog‘liqni saqlash vazirligining qo‘shma xati jo‘natildi va unda hududiy Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazlari orqali tibbiyot va boshqa xodimlarga 6 foizli har kunlik qo‘shimcha to‘lovlarni to‘lash tartibi ko‘rsatib o‘tildi.

 Bundan tashqari, 2020 yilning 27 mart kuni Toshkent viloyati sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markaziga, uning talabnomasiga asosan, qo‘shimcha ravishda 8,5 mlrd.so‘m hamda 7 aprel kuni Andijon, Namangan, Farg‘ona va sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazlari talabnomalariga asosan har biriga qo‘shimcha 5,0 mlrd.so‘mdan ajratildi.

 Ushbu mablag‘lar hisobidan joriy yilning 14 apreliga qadar hududiy Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazlari tomonidan Respublika bo‘yicha: 

 2 263 ta xodimga, shu jumladan 396 ta vrachga, 801 ta o‘rta tibbiyot, 615 ta kichik tibbiyot va 451 ta boshqa xodimlarga jami 2 981 mln.so‘m 6 foizli har kunlik qo‘shimcha to‘lovlar to‘lanishi;

 424 ta xodimga, shu jumladan 92 ta vrachga, 164 ta o‘rta tibbiyot, 128 ta kichik tibbiyot va 40 ta boshqa xodimlarga har 14 kunlik faoliyat davri uchun 7 877,4 mln.so‘m (har bir xodimga 5 mln.so‘mdan 25 mln.so‘mgacha) maxsus qo‘shimcha rag‘batlantirish to‘lovi to‘lanishi ta’minlandi.

 Ma’lumotlarga ko‘ra, 2020 yilning 15 aprel holatiga hududiy sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazlarining g‘azna hisobvaraqlarida yuridik majburiyatlar bilan band qilinmagan 38,0 mlrd.so‘m zaxira mablag‘lari mavjud.

 Shu bilan birga, koronavirusga qarshi kurashish tadbirlarida qatnashayotgan tibbiyot, sanitariya-epidemiologiya xizmati va boshqa xodimlarga Prezidentimiz Farmoni va qarori bilan belgilangan qo‘shimcha to‘lovlar uchun barcha zarur mablag‘lar Moliya vazirligi tomonidan Inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasidan o‘z vaqtida va to‘liq ajratilib kelinayotganligini ma’lum qilamiz.

 

 

 O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi

 

Oxirgi o'zgartirish Payshanba, 16 Aprel 2020 13:27

Izoh qoldiring

Make sure you enter the (*) required information where indicated. HTML code is not allowed.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

Ishonch telefoni bo'yicha murojaatlar statistikasi

Paris

Vazirlikka kelgan xatlar holatini ko'rish

Yangiliklar taqvimi

« Iyun 2020 »
Dush Sesh Chor Pay Jum Shan Yak
1 2 3 4 5 6 7
8 9 10 11 12 13 14
15 16 17 18 19 20 21
22 23 24 25 26 27 28
29 30          

Axborot-hisoblash markazining tezkor aloqa raqami (0-371) 202 03 02

Moliya vazirligi Axborot-hisoblash markazining "UzASBO va "DMBAT" dasturiy majmualari bo'yicha "Tezkor aloqasi"

Statistika

Hozir 356 mehmonlar va ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchi yo'q saytda

Arxiv

Ishonch telefonlariga bo'lgan qo'ng'iroqlarni baholash statistikasi

Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, sichqoncha bilan belgilab, administratorni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

© 2020 O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan olingan
ma'lumotlardan foydalanilganda O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining rasmiy veb sayti 
www.mf.uz ko‘rsatilishi shart. Saytni ishlab chiqish va qo'llab-quvvatlash Moliya vazirligi AHM tomonidan amalga oshiriladi

DMC Firewall is a Joomla Security extension!