РУССКИЙ  |  O'ZBEKCHA  |  ENGLISH                          

       O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi

ANTISEPTIK VOSITALARI NARXLARINI BARQARORLIGINI TA'MINLASH BO‘YICHA QO‘SHIMCHA CHORA-TADBIRLAR

Chief administrator
15
Apr 2020
605 marta ko'rildi

ANTISEPTIK VOSITALARI NARXLARINI BARQARORLIGINI TA'MINLASH BO‘YICHA QO‘SHIMCHA CHORA-TADBIRLAR

Koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish davrida aholini ijtimoiy himoya qilishni kuchaytirish va iqtisodiyot tarmoqlari faoliyat ko‘rsatishining barqarorligini ta'minlash yuzasidan Moliya vazirligi tomonidan zarur chora tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Birinchi navbatda, iste'mol etil spirti ishlab chiqarishini barqarorligini ta'minlash hamda boshqa turdagi mahsulotlar ishlab chiqarish uchun etil spirtini yetarli miqdorda taqsimlash ustidan nazorat kuchaytirilgan.

Bundan tashqari, antiseptik vositalariga bo‘lgan talab yuqoriligi sababli ularni taqchiligiga yo‘l qo‘ymaslik choralari ko‘rilmoqda.

Karantin davrida alkogol ishlab chiqaruvchilari tomonidan foydalanilmayotgan ishlab chiqarish quvvatlaridan samarali foydalanish maqsadida, ishlab chiqaruvchi korxonalarga antiseptik vositalar ishlab chiqarish tavsiyasi berildi.

Buning natijasida, joriy yilning 14 aprelidan boshlab, birinchi alkogol mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxona antiseptik vositalari ishlab chiqarishga moslashtirildi.

“Farovon” MChJ tomonidan gigiyena va muvofiqlik sertifikatlariga muvofiq arzonlashtirilgan narxlardagi antiseptik vositalarning kunlik ishlab chiqarish quvvati 44 000 ming donani tashkil etishini ma'lum qilamiz.

Ushbu yo‘nalishda amalga oshirilayotgan vazifalardan ko‘zlangan asosiy maqsad antiseptik vositalarini chakana savdosida narxlarni barqarorligini ta'minlash hisoblanadi.

 

Izoh qoldiring

Make sure you enter the (*) required information where indicated. HTML code is not allowed.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

Ishonch telefoni bo'yicha murojaatlar statistikasi

Paris

Vazirlikka kelgan xatlar holatini ko'rish

Yangiliklar taqvimi

« Iyun 2020 »
Dush Sesh Chor Pay Jum Shan Yak
1 2 3 4 5 6 7
8 9 10 11 12 13 14
15 16 17 18 19 20 21
22 23 24 25 26 27 28
29 30          

Axborot-hisoblash markazining tezkor aloqa raqami (0-371) 202 03 02

Moliya vazirligi Axborot-hisoblash markazining "UzASBO va "DMBAT" dasturiy majmualari bo'yicha "Tezkor aloqasi"

Statistika

Hozir birgina mehmon va ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchi yo'q saytda

Arxiv

Ishonch telefonlariga bo'lgan qo'ng'iroqlarni baholash statistikasi

Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, sichqoncha bilan belgilab, administratorni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

© 2020 O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan olingan
ma'lumotlardan foydalanilganda O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining rasmiy veb sayti 
www.mf.uz ko‘rsatilishi shart. Saytni ishlab chiqish va qo'llab-quvvatlash Moliya vazirligi AHM tomonidan amalga oshiriladi

DMC Firewall is a Joomla Security extension!