РУССКИЙ  |  O'ZBEKCHA  |  ENGLISH                          

       O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGIDA HUJJATLARNI IMZOLASHDA ELEKTRON RAQAMLI IMZOLARDAN FOYDALANISH YO‘LGA QO‘YILDI

Chief administrator
15
Apr 2020
546 marta ko'rildi

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGIDA HUJJATLARNI IMZOLASHDA ELEKTRON RAQAMLI IMZOLARDAN FOYDALANISH YO‘LGA QO‘YILDI

Ma’lumki mamlakatimizda 2020-yil-“Ilm ma’rifat va raqamli iqtisodiyot yili” deb e’lon qilindi. O‘z navbatida bugungi kunning asosiy talablaridan biri bu barcha sohaga axborot texnologiyalarini keng tadbiq qilishdir. Bu esa ishni tez va qulay bajarishga ham olib keladi.

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi eng ko‘p hujjat keladigan vazirliklardan biri hisoblanadi. Vazirlikka bir kunda o‘rtacha 500 ga yaqin hujjat kirim qilinadi.

Ularning har birini nazorat qilish, ijrosini ta’minlash jarayonlarni tez, oson va sifatli amalga oshirish, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-oktabrdagi “Davlat organlari va tashkilotlarida ijro intizomini yanada mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3962-sonli qarori va 2017-yil 9-avgustdagi “Yagona idoralararo elektron ijro nazorati tizimini joriy etish to‘g‘risida”gi  F-5017-son farmoyishi hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-maydagi 47-sonli Rayosat majlisining bayoni ijrosini ta’minlash maqsadida 2018-yilda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligida “UNICON-SOFT” MChJ bilan hamkorlikda “Ijro intizomini nazorat qilishning yagona tizimi - mf.ijro.uz” dasturiy ta’minoti joriy etilgan edi.

Hozirda mazkur “mf.ijro.uz” dasturiy ta’minotidan vazirlik tizimidagi barcha tashkilotlar tomonidan jami 5000 ga yaqin xodimlar samarali foydalanmoqda.

Ayniqsa bugungi koronovirus pandemiyasi sababli e’lon qilingan karantin davrida uyda qolib, mazkur dastur orqali masofaviy ishlash anchayin qulayliklarni olib keldi desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

Qolaversa, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri tomonidan 2020-yilning 10-mart kuni tasdiqlangan 08/1-4092-sonli “Davlat organlari va tashkilotlarida hisobot va hujjat aylanishini yuritishning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi”dagi topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida mazkur dasturda yana bir qulaylik yo‘lga qo‘yilgani ish jarayonining tezlashuviga va to‘liq elektronlashishiga olib keladi. Endi Moliya vazirligi rahbariyati tomonidan chiquvchi hujjatlarga imzolar elektron tartibda ya’ni elektron raqamli imzo orqali amalga oshiriladi va “e-xat” dasturiga ulangan barcha tashkilotlarga hujjatlar elektron ko’rinishda yuboriladi.

Elektron imzo – bu shaxsni tasdiqlash, shuningdek hujjatjarda keltirilgan ma’lumotlarni ishonchliligi va holatini elektron imzosi bor shaxs tomonidan tasdiqlanishidir.

Huquqiy jihatdan, elektron hujjatdagi raqamli imzo muayyan shartlar asosida qog‘oz hujjatdagi imzoga tengdir.

Ta’kidlash joizki, axborot texnologiyalaridan keng foydalangan holda elektron tartibda ish olib borish, o‘z navbatida ortiqcha qog‘ozbozlikning sezilarli darajada kamayishiga hamda ish unumdorligining oshishiga sabab bo‘ladi.

Izoh qoldiring

Make sure you enter the (*) required information where indicated. HTML code is not allowed.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

Ishonch telefoni bo'yicha murojaatlar statistikasi

Paris

Vazirlikka kelgan xatlar holatini ko'rish

Yangiliklar taqvimi

« Iyun 2020 »
Dush Sesh Chor Pay Jum Shan Yak
1 2 3 4 5 6 7
8 9 10 11 12 13 14
15 16 17 18 19 20 21
22 23 24 25 26 27 28
29 30          

Axborot-hisoblash markazining tezkor aloqa raqami (0-371) 202 03 02

Moliya vazirligi Axborot-hisoblash markazining "UzASBO va "DMBAT" dasturiy majmualari bo'yicha "Tezkor aloqasi"

Statistika

Hozir 373 mehmonlar va ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchi yo'q saytda

Arxiv

Ishonch telefonlariga bo'lgan qo'ng'iroqlarni baholash statistikasi

Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, sichqoncha bilan belgilab, administratorni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

© 2020 O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan olingan
ma'lumotlardan foydalanilganda O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining rasmiy veb sayti 
www.mf.uz ko‘rsatilishi shart. Saytni ishlab chiqish va qo'llab-quvvatlash Moliya vazirligi AHM tomonidan amalga oshiriladi

DMC Firewall is a Joomla Security extension!