РУССКИЙ  |  O'ZBEKCHA  |  ENGLISH                          

       O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi

“FITCH RATINGS” XALQARO REYTING AGENTLIGI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING UZOQ MUDDATLI KREDIT REYTING KO‘RSATKICHINI “VV-” (BARQAROR) DARAJADA TASDIQLADI

Chief administrator
13
Apr 2020
452 marta ko'rildi

“FITCH RATINGS” XALQARO REYTING AGENTLIGI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING UZOQ MUDDATLI KREDIT REYTING KO‘RSATKICHINI “VV-” (BARQAROR) DARAJADA TASDIQLADI

 2020 yilning 10 aprel kuni “Fitch Ratings” xalqaro reyting agentligi O‘zbekiston Respublikasining suveren kredit reytingi bo‘yicha navbatdagi hisobotini e’lon qildi. Unga ko‘ra, mamlakatimiz suveren kredit reytingi “VV-” (“Barqaror” prognozi) darajasida saqlab qolindi. 

 Ma’lumot uchun. COVID-19 pandemiyasining iqtisodiyotga salbiy ta’siri tufayli Agentlik bir necha suveren kredit reytinglarni yoki prognozlarni pasaytirdi. O‘tgan haftaning o‘zida, Janubiy Afrika Respublikasi, Kolumbiya, O‘mon Sultonligi hamda Nigeriya Federal Respublikasining reytinglari  pasaytirildi. 

 “Fitch Ratings”ning ta’kidlashicha, COVID-19  pandemiyasi tufayli yuzaga kelgan global inqiroz sharoitlarida O‘zekiston reytingining saqlab qolinishiga asosiy omillar mamlakatimizda mustahkam tashqi va fiskal zaxiralarning mavjudligi, diversifikatsiyalangan tovarlar eksporti bazasi hamda tashqi moliyaviy manbalardan foydalanish imkoniyatlari hisoblanadi. 

 Agentlik fikriga ko‘ra, mazkur omillar O‘zbekistonning global inqiroz holatlarining iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy ta’sirini yumshatish bo‘yicha choralarni moliyalashtirish, iqtisodiy o‘sishni qo‘llab-quvvatlash hamda joriy operatsiyalar hisobi defitsitining yuqoriligi va davlat qarzining oshishi bilan bog‘liq qisqa muddatli xatarlarni yumshatishga xizmat qiladi.

 Shu bilan birga, “Fitch Ratings” Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoev boshchiligida 2017 yilda boshlangan islohotlar, jumladan makroiqtisodiy barqarorlik va iqtisodiy o‘sish istiqbollarini yaxshilash, iqtisodiyotda davlatning rolini kamaytirish hamda institutsional va boshqaruv sohalaridagi zaif tomonlarni bartaraf etishga qaratilgan islohotlar izchil amalga oshiriladi deb hisoblaydi. 

  Garchi joriy yilda “Fitch Ratings” tomonidan iqtisodiy o‘sish prognozi 2%ga tushirilgan bo‘lsa-da, O‘zbekistonning inqirozga qarshi kurash choralari, investitsiya loyihalarining davomiy moliyalashtirilishi hamda asosiy savdo hamkorlarining tiklanishi kelgusi yilda yuqori iqtisodiy o‘sish sur’atlarini (2021 yil uchun prognoz 6,8%) ta’minlashi alohida ta’kidlandi.

 COVID-19  pandemiyasiga qarshi kurashish, aholi bandligi, ijtimoiy to‘lovlarning amalga oshirilishi, iqtisodiy va investitsiyaviy faollikni qo‘llab-quvvatlash maqsadida Moliya vazirligi huzurida 

 Inqirozga qarshi kurash jamg‘armasining (1 mlrd. AQSh dollari hajmida) tashkil etilganligi hamda Hukumat tomonidan maqsadli va vaqtinchalik soliq imtiyozlari, tegishli sektorlarning kredit to‘lovlarini kechiktirish imtiyozlarining (3 mlrd. AQSh dollari hajmida) taqdim etilishi alohida ta’kidlandi. 

 Shuningdek, agentlik tomonidan davlat tashqi qarzini jalb etishning yillik yuqori chegarasining joriy etilgani va Hukumatning davlat qarzining (Hukumat nomidan va uning kafolati ostidagi qarz) maksimal miqdorini yalpi ichki mahsulotga (YaIM) nisbatan 50 % etib belgilash bo‘yicha rejalarining davlat qarzining o‘sishini kamaytirishga qaratilgani qayd etildi.

 Institutsional islohotlarning bosqichma-bosqich amalga oshirilayotganligi korruptsiyaga qarshi kurashish va qonun ustuvorligi sohalarining rivojlanishi, boshqaruv standartlarining yaxshilanishiga olib kelib, bu “Transparency International” tashkiloti tomonidan yuritiladigan Korruptsiyani qabul qilish indeksi va “World Justice Project” tomonidan yuritiladigan Qonun ustuvorligi indeksida mamlakatimizning o‘rni yaxshilanishida aks etganligi hamda 2020 yilda Jahon bankining Biznes yuritish indeksida 76-o‘rindan 69-o‘ringa ko‘tarilganligi alohida e’tibor qaratildi. 

 Quyida “Fitch Ratings” tomonidan reyting ko‘rsatkichlariga ta’sir qiluvchi asosiy omillar keltirilgan.

 Mamlakatimiz kredit reytingiga ijobiy ta’sir etuvchi asosiy omillar:

 § Makroiqtisodiy barqarorlikni oshiruvchi va davlat qarzining o‘sishini sekinlashtiruvchi siyosatning asoslarini kuchaytirish; 

 § Tarkibiy ko‘rsatkichlar, ya’ni aholi jon boshiga YaIM 

 va institutsional omillarni sezilarli darajada yaxshilash;

 §  Davlat moliyaviy balansini sezilarli darajada mustahkamlash; 

 

 Mamlakatimiz kredit reytingiga salbiy ta’sir etuvchi asosiy omillar:

 § Olib borilayotgan islohotlardan chetlashish, makroiqtisodiy muvozanatning buzilishiga hamda makroiqtisodiy barqarorlik uchun xatarlarni oshiradigan nomuvofiq choralar yoki harakatlar;

 § COVID-19 koronavirus pandemiyasining YaIMning o‘rta muddatli o‘sishi yoki davlat moliyasiga o‘ta kuchli salbiy ta’sir ko‘rsatishi;  

 § Valyuta zaxiralarining pasayishi yoki tashqi qarz majburiyatlarining keskin o‘sishi. 

 To‘liq hisobot: https://www.fitchratings.com/research/sovereigns/fitch-affirms-uzbekistan-at-bb-outlook-stable-10-04-2020

 

Izoh qoldiring

Make sure you enter the (*) required information where indicated. HTML code is not allowed.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

Ishonch telefoni bo'yicha murojaatlar statistikasi

Paris

Vazirlikka kelgan xatlar holatini ko'rish

Yangiliklar taqvimi

« May 2020 »
Dush Sesh Chor Pay Jum Shan Yak
        1 2 3
4 5 6 7 8 9 10
11 12 13 14 15 16 17
18 19 20 21 22 23 24
25 26 27 28 29 30 31

Axborot-hisoblash markazining tezkor aloqa raqami (0-371) 202 03 02

Moliya vazirligi Axborot-hisoblash markazining "UzASBO va "DMBAT" dasturiy majmualari bo'yicha "Tezkor aloqasi"

Statistika

Hozir 368 mehmonlar va ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchi yo'q saytda

Arxiv

Ishonch telefonlariga bo'lgan qo'ng'iroqlarni baholash statistikasi

Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, sichqoncha bilan belgilab, administratorni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

© 2020 O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan olingan
ma'lumotlardan foydalanilganda O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining rasmiy veb sayti 
www.mf.uz ko‘rsatilishi shart. Saytni ishlab chiqish va qo'llab-quvvatlash Moliya vazirligi AHM tomonidan amalga oshiriladi

DMC Firewall is developed by Dean Marshall Consultancy Ltd