РУССКИЙ  |  O'ZBEKCHA  |  ENGLISH                          

       O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI DAVLAT XARIDLARIDA ELEKTRON TENDERLAR VA TANLOVLAR O’TKAZISH BO’YICHA RAQAMLI PLATFORMANI ISHGA TUSHIRMOQDA

Chief administrator
13
Apr 2020
652 marta ko'rildi

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI DAVLAT XARIDLARIDA ELEKTRON TENDERLAR VA TANLOVLAR O’TKAZISH BO’YICHA RAQAMLI PLATFORMANI ISHGA TUSHIRMOQDA

…raqamli iqtisodiyotga faol o‘tish – kelgusi 5 yildagi eng ustuvor vazifalarimizdan biri bo‘ladi.

Raqamli texnologiyalar…meni juda qattiq tashvishga soladigan va bezovta qiladigan eng og‘ir illat – korrupsiya balosini yo‘qotishda ham ular samarali vositadir.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning 2020 yil 24 yanvardagi Oliy Majlisga Murojaatnomasi

Bugungi kunda Respublikamizda davlat moliyaviy sohasida keng miqyosda islohotlar amalga oshirilmoqda. Davlat xaridlari tizimi ular orasida eng muhim yo’nalishlardan biri hisoblanadi.

Davlat xaridlari nafaqat iqtisodiy boshqaruv vositasi, balki biznesni rivojlantirishning va investitsiyalarni jalb qilishning hamda budjet mablag’laridan foydalanishning oshkoraligini ta’minlash va korrupsiyaga qarshi kurashishning muhim omilidir.

Davlat buyurtmalari mablag’larining maqsadli sarflanishini va ulardan foydalanish samaradorligini oshirish, davlat xaridlarida yangi raqamli texnologiyalarni tadbiq qilish yo’li bilan tadbirkorlik subyektlarini kengroq jalb etish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 5 dekabrdagi № PQ-4544 sonli “Davlat xaridlari tizimini yanada takomillashtirish va davlat xaridlari jarayoniga tadbirkorlik sub’ektlarini keng jalb qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq 2020 yilning aprelidan boshlab davlat xaridlari sohasida tender va savdo tanlovlari tartibotini elektron shaklga o’tkazish nazarda tutilgan.

Prezident qarori ijrosini o’z vaqtida ta’minlash, davlat xaridlari sohasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini tadbiq etish, davlat elektron xaridlari operatorlari o’rtasida raqobat muhitini oshirish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Axborot hisoblash markazi tomonidan budjet va korporativ xaridlar bo’yicha elektron tender (tanlov) o’tkazish yuzasidan axborot tizimi ishlab chiqildi.

Mazkur elektron tizim o’zining xorijdagi analoglaridan qolishmaydi, xatto jarayonlarni avtomatlashtirish ko’rsatkichlari bo’yicha ularning aksariyatidan ustun ekanligini namoyish etadi, hamda tender va savdo tanlovlarini uzoq masofalardan turib o’tkazish imkonini beradi. Bu ayniqsa koronavirus COVID-19 epidemiyasi tarqalgan sharoitda juda dolzarb sanaladi.

Respublika qonunchiligiga muvofiq tizim tanlovga va tenderga asoslangan savdolarning ball usulida va arzon narxlash metodida o’tkazilishini ta’minlaydi. Buyurtmachilarga jahonda tan olingan baholash usullarining ikkitadan bittasini mustaqil tanlash, davogarlarning takliflarini baholaydigan mezonlarni aniqlash, bu mezonlarning ahamiyatini belgilash (ulardan har qaysisi buyurtmachilar uchun u yoki bu ko’rsatkichning muhimligiga bog’liq holda turli miqdordagi ballar berishi mumkin) imkoni beriladi. Miqdor ko’rsatkichlariga asoslangan me’zonlar (mutaxassislarning soni, bozordagi ish staji, narxi, yetkazib berish muddati va boshqalar) tizim yordamida mustaqil avtomatik rejimda, inson omillarini jalb qilmagan holda baholanadi. Sifat (ekspert) mezonlari “Onlayn” rejimda ishlay oladigan tanlov (tender) komissiyasi a’zolari tomonidan baholanadi.

Tizimni ishlab chiqishda savdo jarayonining ochiqligini hamda raqobatni ta’minlash, korrupsiyaga qarshi kurashish, manfaatlar to’qnashuvi va boshqa shu kabi huquqbuzarliklarning oldini olish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Ma’lumot uchun. Mazkur elektron tanlov va tender tiziming joriy etilishi biznes yuritish (Doing Business) sharoitlar ko’rsatkichlarini yaxshilashga hamda OESR xalqaro tashkilotining korrupsiyaga qarshi kurash bo’yicha Istanbul harakatlar rejasi doirasidagi tavfsiyalardan birini bajarishga imkon beradi.

Hozirgi vaqtda Moliya vazirligi tomonidan barcha budjet korporativ buyurtmachilarda tender va tanlov savdolarini bosqichma-boshqich elektron shaklga o’tkazish jadvali ishlab chiqilmoqda.

         Ma'lumot uchun: Moliya vazirligi XT - XARID TEXNOLOGIYALARI qo'shma korxonasi va O'zbekiston Respublikasi tovar-xom ashyo birjasi bilan elektron savdolarni o'tkazish va davlat xaridlarini amalga oshirishda, shuningdek xorijiy tajribani o'rganish va elektron xaridlarni yanada takomillashtirishda Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki bilan yaqindan hamkorlik qilmoqda.

Izoh qoldiring

Make sure you enter the (*) required information where indicated. HTML code is not allowed.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

Ishonch telefoni bo'yicha murojaatlar statistikasi

Paris

Vazirlikka kelgan xatlar holatini ko'rish

Yangiliklar taqvimi

« May 2020 »
Dush Sesh Chor Pay Jum Shan Yak
        1 2 3
4 5 6 7 8 9 10
11 12 13 14 15 16 17
18 19 20 21 22 23 24
25 26 27 28 29 30 31

Axborot-hisoblash markazining tezkor aloqa raqami (0-371) 202 03 02

Moliya vazirligi Axborot-hisoblash markazining "UzASBO va "DMBAT" dasturiy majmualari bo'yicha "Tezkor aloqasi"

Statistika

Hozir 236 mehmonlar va ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchi yo'q saytda

Arxiv

Ishonch telefonlariga bo'lgan qo'ng'iroqlarni baholash statistikasi

Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, sichqoncha bilan belgilab, administratorni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

© 2020 O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan olingan
ma'lumotlardan foydalanilganda O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining rasmiy veb sayti 
www.mf.uz ko‘rsatilishi shart. Saytni ishlab chiqish va qo'llab-quvvatlash Moliya vazirligi AHM tomonidan amalga oshiriladi

DMC Firewall is a Joomla Security extension!